Zbekiston respublikasi navoiy kon-metallurgiya kombinati
Download 14.16 Kb.
|
2 5256037344548492656 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Metallurgiya" kafedrasi mudiri: Azimov O.A. Kimyo-metallurgiya fakulteti dekani: Doniyarov N.A.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI Kimyo-metallurgiya fakulteti "Metallurgiya" yo'nalishining 5a-19 Met guruhi talabasi 2001-yilda tug'ilgan, millati o'zbek Murtozayeva Mohinabonu Mansur-qiziga TAVSIYANOMA Murtozayeva Mohinabonu Mansur-qizi 2016-yilda Navoiy shahar konchilik kollejiga sinov testi asosida o'qishga qabul qilindi. Ushbu kollejni 2019-yilda imtiyozli diplomga tugatib, Navoiy davlat konchilik instituti "Metallurgiya" ta'lim yo'nalishiga o'qishga qabul qilindi. Murtozayeva Mohinabonu Mansur-qizi institutning iqtidorli talabalaridan hisoblanib, jamoadagi eng tirishqoq, harakatchan, faol va ilm olishni oliy maqsad deb bilgan talabalardan biridir. Uning fikr doirasi va dunyoqarashi kengligi bilan tengdoshlaridan ajralib turadi. Institut miqyosida o'tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda, mutaxassislik fanlaridan ma'ruza tezislari bilan qatnashadi, iqtidorli yoshlar konferensiyalarida, yoshlar forumlarida, viloyatda o'tkaziladigan ko'plab ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Viloyat va shahar doirasida o'tkazilayotgan tanlovlarda o'zining ilmiy, ma'naviy va tarbiyaviy maqolalari bilan ishtirok etadigan izlanuvchan, hayotga va jamiyatga teran nigoh bilan qaray oladigan, shuning barobarida oila a'zolari, ustozlari, do'stlari hurmati va e'tiborini qozona olgan yoshlardan hisoblanadi. Bugungi kunda u iqtidorli talaba sifatida o'qishi va namunali xulqi bilan keng jamoatchilik e'tiboriga sazovor bo'lgan talabalardan hisoblanadi. Murtozayeva Mohinabonu Mansur-qizi institutda o'qish davrigacha turli xil sohalarda o'z qiziqishi tufayli qator tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan. 2020-yil mart oyida institutda o'tkazilgan fan olimpiadasida "Kimyo" fanidan ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni egallagan. 2020-yil 11-martda institutda fakultetlar o'rtasida matematika fanidan o'tkazilgan viktorinada faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan taqdirlangan. 2020-yil 30-mayda Professor Raxim Sodiqovich Tillayev xotirasiga bag'ishlangan respublika online "Kimyo" olimpiadasida ishtirok etganli uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2020-yil 21-sentyabrda "Imom Abu Mansur al-Moturidiy - kalom ilmining sultoni" nomli online konferensiyasida o'z ma'ruza nutqi bilan ishtirok etgan. 2020-yil 29-noyabrda chet tillari fan oyligi munosabati bilan o'tkazilgan "Qizlar olimpiadasi"da rus tili fani bo'yicha muvaffaqiyatli ishtiroki uchun sertifikat bilan mukofotlangan. 2020-yil Navoiy davlat konchilik institutida o'tkazilgan "Yangicha O'zbekiston, yangicha dunyoqarash" nomli tadbirida notiqlik klubi a'zosi sifatida faol ishtirok etgan. 2020-yil 6-dekabrda O'zbekiston milliy universiteti "Kimyo" fakulteti hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan online tarzda o'tkazilgan "Yosh kimyogarlar olimpiadasi"da faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2020-yil 22-dekabrda "ZOOM" platformasi orqali bo'lib o'tgan "International diplomats in Uzbekistan" online konferensiyasida tashabbuskor ishtiroki uchun sertifikat hamda tavsiyanomalar bilan mufokotlangan. 2021-yil institutda tashkil etilgan "Kitobxonlik" musobaqasida zukko va topqirligi tufayli tashakkurnoma bilan taqdirlangan. 2020-2021 o'quv yilida oliy ta'lim muassasasi miqyosida o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinida faol ishtirok etgan. 2021-yil Navoiy davlat konchilik institutining "Konchilik" fakulteti tomonidan tashkil etilgan "Yosh kitobxon 2021" tanlovining fevral oyi bosqichida 1-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2021-yil Navoiy davlat konchilik institutining Xotin-qizlar maslahat kengashi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba qizlar o'rtasida o'tkazilgan "O'zbegim qizlari" ko'rik tanlovida munosib ishtirok etib "Eng zo'r bilimdon qiz" nominatsiyasi g'olibasi bo'lgan. 2021-yil Navoiy davlat konchilik institutining "Konchilik" fakulteti tomonidan tashkil etilgan "Yosh kitobxon 2021" tanlovining mart oyi bosqichida 2-darajali diplom bilan taqdirlangan. 2021-yil aprel oyida Navoiy davlat konchilik institutida o'tkazilgan talabalar fan olimpiadasida "Foydali qazilmalarni boyitish" fanidan ishtirok etib, faxrli 2-o'rinni egallagan. 2021-yil 3-iyunda bo'lib o'tgan respublika miqyosida o'tkazilgan talabalar fan olimpiadasida "Foydali qazilmalarni boyitish" fanidan faol ishtirok etib, faxrli 3-o'ringa sazovor bo'ldi. 2021-yil noyabr oyida bo'lib o'tgan "Yil talabasi 2021" tanlovining institut bosqichida "Yilning eng faol bilimdoni" nominatsiyasi bo'yicha faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi. 2021-yil dekabr oyida tashkil etilgan "O'zbekiston Yoshlar Forumi-2021" haftaligi doirasida oliy ta'lim muassasalardagi talaba yoshlar o'rtasida o'tkazilgan "Munozara" turnirida faol ishtirok etib 3-o'rinni egallaganligi uchun diplom bilan taqdirlanadi. 2022-yil fevral oyida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va OLIYGOH.UZ ta'lim platformasi hamkorligida Respublika miqyosida tashkil etilgan REGISTON STIPENDIYASI tanlovida faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil mart oyida Respublika miqyosida bo'lib o'tgan "Global Leaders Week" konferensiyasida muvaffaqqiyatli ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil mart oyida o'tkazilgan "Zamon Youth Forum"da faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil aprel oyida tashkil etilgan Navoiy Davlat Konchilik Instituti Zakovat klubi hamda Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich Tashkiloti Kengashi tomonidan o'tkazilgan zakovat intellektual o'yini bo'yicha "Rektor Kubogi"da ishtirok etib jamoaviy faxrli 1-o'rinni egallab kubok sovrindori bõlgan. 2022-yil aprel bo'lib o'tgan"Ekologik Nur" Respublika Ekologiyachilar forumida o'zining loyihalari bilan Navoiy viloyati nomidan faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil aprel oyida o'tkazilgan"Buyuk Kelajak Yoshlar Marafoni"da o'zining intiluvchanligi, jonkuyarligi va faolligi bilan barchaga o'rnak bo'lganligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi. 2022-yil Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkazilgan Respublika fan olimpiadasining institut bosqichida "Foydali qazilmalarni boyitish" fanidan faxrli 3-o'rinni egallaganligi uchun diplom bilan taqdirlanadi. 2022-yil Respublika miqyosida tashkil etilgan "iBook.uz stipendiyasi" tanlovida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi. Murtozayeva Mohinabonu "Yoshlar ittifoqi"ning faol a'zosi va u institutning jamoat ishlarida, sport musobaqalarida, ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etadi. Bundan tashqari Murtozayeva Mohinabonu institut "Yoshlar ittifoqi" Boshlang'ich tashkilot tomonidan o'tkazilgan barcha tadbir va loyihalarni yuqori saviyada o'tkazishda o'zining faolligi jonkuyarligi va tashabbuskorligi bilan ishtirok etib kelmoqda. Kimyo-metallurgiya fakulteti dekanati Murtozayeva Mohinabonuning nomzodini ta'lim olish jarayonida iste'dodini va iqtidorini, kelajakda o'zi tanlagan soha bo'yicha yetuk mutaxassis kadr bo'lib yetishishiga, ta'limning yanada taraqqiy etishiga, mustaqil O'zbekistonimizning ravnaqi va kelajagi uchun o'zining munosib hissasini qo'shishini inobatga olib, "Registon stipendiyasi" tanloviga nomzod sifatida tavsiya etadi. "Metallurgiya" kafedrasi mudiri: Azimov O.A. Kimyo-metallurgiya fakulteti dekani: Doniyarov N.A. Download 14.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling