Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги термиз давлат университети
Download 163.4 Kb.
|
1-ma\'ruza (4) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarash jarayonining vazifasi.
Ipning asosiy xossalari.
Ip-bu yigirish korxonalaridan olingan mahsulot. Ip quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Tarash jarayonining vazifasi. Paxtani tarash mashinalarida quyidagi ishlar bajariladi: - toladagi paxtani mayda bo‘lakchalarga, elementar tolalarga ajratib, to-lalarni tarash; - paxta tolalarini yopishqoq xas-cho‘p va nuqsonlardan tozalash, kalta tolalarning bir qismini tarab tashlash. - paxta qatlamini ancha yupqalashtirish, tolalarning uchlarini bir-oz to‘g‘rilash va ularni qisman bir-biriga paralellash; - taralgan va tozalangan toladan sifatli pilta tayyorlash va uni idishga taxlash. 1. Tolalarni tarash-paxtani mayda bo‘lakchalarga va elementar tolalarga ajratish. Tarash mashinasining ishchi a’zolari ignali sirt, lenta yoki metall, arrali lenta bilan qoplangan, ikkala sirtning ignalari ham bir-biriga qarama-qarshi egilgan va shu tomonga qarab xarakat qilishi natijasida taraladi. Ignali sirtlarni-garnitura deb ham ataladi. Dastlabki ishlash jarayonida tayyorlangan tolalar toylangan holda to’qimachilik korxonalarida qayta ishlanib tegishli mahsulotlarga aylantiriladi. Keltirilgan tolalardan sifatiga ko’ra yigirish korxonalarida ip yigiriladi, ipdan turli gazlamalar, trikotaj matolar, buyumlar, tikuvchilik iplari, noto’qima matolr ishlab chiqariladi. Yigirilgan ip nisbatan kalta to’qimachilik tolalaridan buramlar berish orqali ularning ilashuvchanligi tufayli bir-biri bilan birlashgan ma’lum mustahkamlikka ega bo’lgan egiluvchan uzunligi cheksiz fizik jismdir. Uning uzunligi o’ralgan naycha yoki kalavalar o’lchammlariga bog’liq. Ipni yigirish uchun tolalar rostlanishi, parallel joylanishi va bir-biriga nisbatan siljigan bo’lishi, hamda ularga buramlar berib pishitib naychalarga o’ralgan bo’lishi kerak. Ipning sifati uni hosil qiluvchi tolalar xossalariga, yigirish usullariga va ipning vazifasiga bog’lq. Tolalar buralishi hisobiga ma’lum burchak ostida ip o’qi atrofida bir-biriga yopishib uning pishshiqligini orttiradi. 4.1-rasmda tolalarning ipda joylanishi (a) va uning tashqi ko’rinishi (b) ko’rsatilgan. Iplar turlari tola tarkibiga bog’liq, ular paxta ipi, jun ipi, ipak ipi, zig’ir ipi, viskoza ipi va har xil tolalar arlashmasidan yigirilgan iplar bo’lishi mumkin. Iplar yo’g’onligi bo’yicha uch guruhga ajratiladi: o’rtacha (chiziqli uzunligi 11-30 teks), ingichka (ch\z 11 teksdan kam) va yo’g’on iplar (ch\z 30 teksdan katta). Iplar tayyorlash usullari bo’yicha ham bir-biridan farqlanadi. Download 163.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling