Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги термиз давлат университети
Download 163.4 Kb.
|
1-ma\'ruza (4) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy tolalarni yigirish texnologik jarayoni.
- Nazorat savollari
Yigirish sistemalari. Yigirish fabrikalarida iplarni yigirishdan avval tollarni aralashtirish, titib tozalash, tarash, rostlash, ingichkalashtirish kabi tayyorlash jarayonidan o’tkaziladi. Har xil tolalar kelib chiqishi, fizik-mehanik xossalari, geometric xususiyatlatiga ko’ra turli usullar va turli texnologik jarayonlardan o’tkaziladi.
Saralana tuzish Tozalash Titish-savash-aralashtirish piltalash Tarash Yigirish Pilik ishlab chiqarish Ularni barchasi uchun yigirishning umumiy sxemasini quyidagich ifodalash mumkin: Yigirishda foydalanadigan texnologik jihozlar ketma-ketligi majmuasini odatda yigirish sistemalari deb ataladi. Mashinalarning turlari, jarayonlarning mohiyati, tolalarning sifati bo’yicha paxtani yigirish tolalar massasini tarash usullariga mos ravishda uch xil:
bulardan eng kam tarqalgani oddiy tarash sistemasi bo’lib o’rta tolaali paxtadan o’rtacha yo’g’onlikdagi iplar yigiriladi. Bu iplardan turli gazlamalar olinadi. Qayta tarash sistemasi oddiy tarash yigirsh sistemasidan farqli bo’lib taralgan paxta piltalari birlashtirib ikkinchi marta qayta tarash mashinasida kalta tolalar va o’rta mayday nuqsonlar ajratib tashlanadi. Bu sistemada uzun tolali paxtadan ingichka va silliq iplar yigiriladi. Qayta tarash iplari yuqori sifatli bo’lib tikuvchilik iplari ishlab chiqarishga va yupqa, nafis gazlamalar olishda ishlatiladi. Apparat yigirish sistemasi bo’yicha nisbatan past navli paxta va yigirish chiqindilaridan yumshoq, xo’rpaygan yo’g’on iplar olinadi. Tabiiy tolalarni yigirish texnologik jarayoni. Tabiiy tolalarni yigirish bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi. Tolalarni yigirish fabrikalarida qayta ishlashning birinchi bosqichi tola qatlamlari zichligini kamaytirish , titish va aralashtirish, yirik xas-cho’p, nuqsonlardan tozalash, hamda tola massasini tarash mashinalariga uzatishdan iborat. Ikkinchi o’tim-tarash jarayoni bo’lib bunda titish-savash agregatida ajratilmay qolgan xas-cho’plarning ko’p qismi va kalta tolalar ajratilib pilta olinadi. Keyingi bosqich tolalarni rastlash, ularni paralellashtirish, tolalar tutami hosil qilish bilan bog’liq tolalar turiga qarab texnoligik jihozlar tanlanadi. Yigirishning yakuniy bosqichida nisbatan ingichka piliklar yanada ingichkalashtirilib buramlar berish bilan pishitiladi va naycgalarga o’raladi. Yigirish sistemasiga muvofiq bosqichlar, texnologik jihozlar o’zgaradi. Nazorat savollari: 1.Yigirilgan ipning tarifi qanaqa? 2.Kalta to’qimachilik tolalari qanday qilib ipga aylantiriladi? 3.Yigirilgan iplarning qanday turlarini bilasiz? 4.Yigirish sistemasi deganda nimani tushinasiz? 5.Oddiy tarash sistemasida yigirilgan iplar qanday maqsadlarda foydalaniladi? 6.Qayta tarash sistemasida yigirilgan ipning sifati qanaqa bo’ladi? 7.To’qimachilik tolalarini yigirishda texnologik jarayonlarning asosiy bosqichlari nimalardan iborat? Download 163.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling