Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
MACLURA POMIFERAO’SIMLIK MEVASI TARKIBIDAGI
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
MACLURA POMIFERAO’SIMLIK MEVASI TARKIBIDAGI AMINOKISLOTALARNING YUQORI SAMARALI SUYUQLIK XROMATOGRAFIYA TAHLILI Nazarova S.B., Nazarov Gʻ.A., Normatov A.M. Toshkent kimyo-texnologiya instituti.Toshkent. sarvinoz.nazarova.97@mail.ru Hozirgi kunda tibbiyot amaliyotida qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qariyb 40-45% oʻsimlik xom ashyolaridan olinadi. Biologik faol moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Anʼanaviy tibbiyotda qoʻllash maqsadlari uchun Maclura pomifera 100 oʻsimligi yetarlicha oʻrganilmagan, ammo xalq tabobatida uning keng qoʻllanilishi va qiymati maʼlum. Dorivor xom ashyo sifatida asosan pishgan yangi mevalar ishlatiladi.[1] Suv-spirtli ekstraktlar onkologik va yurak-qon tomir kasalliklari uchun tashqi va ichki davolashda qoʻllaniladi. Yogʻ ekstraktlari artrit, osteoxondroz, proktit, prostatit, teri va gemorragik kasalliklar uchun tananing tashqi qismlariga keng qoʻllaniladi. [2] Mazkur tadqiqot ishida biz Yuqori samarali suyuqlik xromotografiya tahlillari yordamida Maclura pomifera o’simlik mevasi tarkibidagi aminokislotalarni miqdoriy aniqlashni maqsad qildik. Aminokislotalarning YuSSX tahlili. Erkin aminokislotalarning FTC (feniltiokarbomil) hosilalarini sintez qilish Stiven A., Koen Daviyel usuli boʻyicha amalga oshirildi. FTC-aminokislotalarni identifikatsiya qilish Agilent Technologies 1200 xromotografiyasida 75x4,6 mm Discovery HS C18 ustunida amalga oshirildi. A – eritmasi: 0,14 M CH 3 COONa + 0,05% TEA pH 6,4, B – CH 3 CN. Oqim tezligi 1,2 ml/min, toʻlqin uzunligi (absorbant) 269 nm. Gradiyent % B/min: 1-6%/0-2,5min; 6-30%/2,51-40min; 30-60% / 40,1-45 min; 60-60%/45,1-50min; 60-0%/50,1-55min. Oʻsimlik mevasi tarkibidagi aminokislotalarning sifat va miqdoriy koʻrsatkichlari aniqlandi va aminokislotalarning standart tahlil natijalari bilan taqqoslab oʻrganildi. Natijalar quyidagi xromotogrammada keltirilgan. (1-rasm) Xromotagrammada namoyon boʻlgan aminokislotalarga tegishli choʻqqillar intensivligi miqdoriy tahlil qilindi va 20 xil aminokislotalarning miqdori aniqlandi. Natijalar quyidagi 1-jadvalda keltirildi. 1-jadval 3- rasm. Oʻsimlik mevasi tarkibidagi aminokislotalarning YuSSX xromotogrammasi. Oʻsimlik mevasi tarkibidagi aminokislotalarning miqdori № Aminokislotalar Miqdorlar mg/g № Aminokislotalar Miqdorlar mg/g 1 Asparagin k-ta 0,894438 11 Prolin 1,008473 2 Glutamin k-ta 0,602388 12 Tirozin 0,519465 3 Serin 0,678687 13 Valin 0,514286 4 Glitsin 0,658116 14 Metionin 0,216077 101 5 Asparagin 0,663402 15 Izoleytsin 0,889492 6 Glutamin 0,847714 16 Leytsin 0,926678 7 Sistein 0,594109 17 Gistidin 1,427061 8 Treonin 0,539624 18 Triptofan 0,539297 9 Argenin 0,56209 19 Fenilalanin 0,062733 10 Alanin 0,80958 20 Lizin HCl 0,013374 Tadqiqot natijalariga ko’ra Maclura pomifera oʻsimlik meva naʼmunalari tarkibida tirik organizmda uchraydigan 20 xil aminokislotalarning barchasi mavjud ekanligi aniqlandi. Jumladan Asparagin k-si, Glutamin, Alanin, Prolin, Izoleysin, Gistidin aminokislotalarining miqdori boshqa aminokislotalarga nisbatan yuqori ko’rsatkichda ekanligi xromatografik usulda isbotlandi. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling