Ўзбекистон республикaси олий тaълим, фан ва инновациялар вaзирлиги
DORIVOR OʻSIMLIKLARNI TIBBIYOT SOHASIDA AHAMIYATI
Download 2.39 Mb. Pdf ko'rish
|
ТЕЗИС конференция тўплами 2023й (2)
DORIVOR OʻSIMLIKLARNI TIBBIYOT SOHASIDA AHAMIYATI
SHodiyev D.A. Abduvaliyeva.M Farg‘ona politexnika instituti. d.shodiyev@ferpi.uz Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi. Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi. Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori moddalariga boy boʻladi. Yangi yegʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida (yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib, yaroqsiz boʻlib qoladi. Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti, sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt, togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin, oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, olinadi . Issiriqning tabobatdagi o‘rni haqida gapiradigan bo‘lsak, sir emaski bu o‘simlik “tabiat gavharlaridan” biri hisoblanadi. U tabobatda keng miqyosda ishlatiladi. O‘simlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida oladigan bo‘lsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig‘lanish asorati – qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan. Ushbu o‘simlikning foydali xususiyatlari shundan iboratki: Isiriq o‘tini kuydirib, biroz hidlansa bosh og‘rig‘i yo‘qoladi; Isiriq urug‘I qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda , nafas qisishida zig‘ir urug‘i bilan bilan araashtirib ichilsa yuqoridagi dardlarga davo bo‘ladi; Isiriqning shonalash davrida olinadigan o‘ti va urug‘lari davolashda ancha samarali hisoblanadi; 163 Isiriqni tinchlantiruvchi vosita sifatida ham qo‘llash mumkin. Bu xususiyati uyqusizlikda ajoyib foyda beradi; O‘simlikning shirasi – katarakda ancha samara beradi (Qaynatmasi bilan yuz yuviladi); Uy-joylarni dezinfeksiya qilish maqsadida tutatib qo‘yish mumkin; Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimdirilib, qichimadan qiynalgan joylarga 10 kun davomida davomida surtilsa, qichimani tuzatadi; Yurak faoliyatini yaxshilsh maqsadida isiriq urug‘I, sedana, kamfora, murch, petrushka, qora zira, za’faron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Hamda asal yoki shaker qo‘shilib kuniga bir mahal ichiladi; Ich dam bo‘lganda isiriqga, petrushka urug‘ini hamda yalpiz, zanjabil kabilarni aralshtirilib ichilsa, shifo bo‘ladi; Isiriq peshob haydovchi, tish og‘rig‘i, terlatuvchi, grippni oldini oluvchi, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolovchi xususiyatlari ham mavjud! Xalq medesinasida isiriqning yer ustki qismining qaynatmasidan teri kasalliklarida, bodni davolashda vanna qilish yo‘li bilan foydalanish tavsiya etilgan. Shuningdek, isiriqdan tayyorlangan qaynatma va damlamalardan bezgak, tutqanoq, nevrasteniya, shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarda foydalaniladi. Isiriqdan tayyorlangan qaynatma bilan og‘iz chayiladigan bo‘lsa, og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shamollashiga barham beriladi . Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Isiriq tutuni bilan xonalarni tutatish sharq xalqlari orasida odat tusiga kirgan. Bu esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga xona havosini tozalaydi. Download 2.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling