Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инноватсиялар вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети
-jadval. Markaziy bank tomonidan likvidlilik bo‘yicha o‘rnatilgan prudensial normativ talablar bajarilishi4
Download 407.77 Kb.
|
trastbank
- Bu sahifa navigatsiya:
- Trastbank” XA banki tomonidan mijozlarga bank hisobvaraqlarini ochish tartibi va ularning turlari bilan tanishish . Depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi bilan tanishish.
1-jadval. Markaziy bank tomonidan likvidlilik bo‘yicha o‘rnatilgan prudensial normativ talablar bajarilishi4
Xulosa o‘rinda ta’kidlash lozimki, bank Birja o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatsa yoki Birja o‘z bankini o‘zgartirishni maqsad qilsa, bank o‘z majburiyatlarini Markaziy bank prudensial normativ talablarini buzmagan holda bajarish imkoniyatiga ega. Biroq, ushbu jarayon ma’lum xarajatlarni talab qiladi va ushbu xarajatlarga bank kapitali javob beradi “Trastbank” XA banki tomonidan mijozlarga bank hisobvaraqlarini ochish tartibi va ularning turlari bilan tanishish . Depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi bilan tanishish. Valyuta departamenti o‘z oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalarni hal qilish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi: chet el banklari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish; SWIFT tizimi orqali mijozlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga pul o‘tkazmalarini jo‘natish hamda ularning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘larini kirim qilish; mijozlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha taqdim etilgan buyurtmalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va bajarish; valyuta bozoridagi operatsiyalarini amalga oshirish uchun o‘rnatilgan tartibda valyuta mablag‘larini jalb qilish; mijozlarga xizmat ko‘rsatishning amaldagi tizimini takomillashtirish, xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan hisob-kitob va valyuta amaliyotlari shakllarini o‘rganish; valyuta amaliyotlarini amalga oshirishda filiallar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish; Bank filiallarida Departament vakolatidagi masalalar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish; Departament faoliyatiga oid yillik biznes-rejani ishlab chiqish va uni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlashga taqdim etish; Bank biznes-rejasiga muvofiq Departament faoliyatiga oid o‘rnatilgan prognoz ko‘rsatkichlarning filiallar tomonidan bajarilishini nazorat qilish; Bankning valyuta operatsiyalariga oid oylik, choraklik va yillik yig‘ma hisobotlarini tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining valyutani nazorat qiluvchi organlariga taqdim etish; Bankning ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashish; Bank filiallari xodimlari uchun valyuta masalalarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish bo‘yicha texnik o‘quvlar o‘tkazish; o‘tkazilgan tekshirish va taftishlar natijasida Bank filiallarida valyuta operatsiyalariga oid aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish; O‘zbekiston Respublikasining valyutani nazorat qiluvchi organlari, chet el banklari va xalqaro moliya institutlari, boshqa idoralar, xo‘jalik sub'ektlari va Bank filiallari bilan valyuta masalalar bo‘yicha xizmat yozishmalari olib borish; jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq vakillik munosabatlari o‘rnatilayotgan banklarni identifikasiyalash. Xulosa qilib yozganda, Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamenti vakolatidagi vazifalarga quyidagilar kiradi: Yuridik shaxslarning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish, jumladan: O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga pul o‘tkazmalar; O‘zbekiston Respublikasi hududiga pul o‘tkazmalar; Naqd xorijiy valyutadagi amaliyotlar; Konversion operatsiyalar. Tashqi savda faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar, jumladan: Eksport-import kontraktlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; Chet el valyutasini sotib olish va sotish xizmatlarini ko‘rsatish; SPOT operatsiyalari; E-Kontrakt bo‘yicha maslahatlar; VED-Kontrakt bo‘yicha maslahatlar Tashqi savdoni moliyalashtirish, jumladan: Yuridik shaxslarga xujjatli operatsiyalar bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; Bank kafolatlari va kafilliklari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish; Inkasso amaliyotlari. Tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta operatsiyalari departamentining tarkibiy tuzilmalariga quyidagi bo‘lim va boshqarmalar kiradi: Valyuta operatsiyalari boshqarmasi; Banklararo xisob-kitoblar boshqarmasi; Halqaro moliya institulari bilan ishlash bo‘limi; Xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb qilish bo‘limi. Valyuta operatsiyalari boshqarmasining asosiy vazifalari – mijozlar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar asosida chet el valyutasini sotish va sotib olish bo‘yicha taqdim etilgan buyurtmalarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va bajarish, mijozlar tomonidan sotib olingan chet el valyutasining maqsadli ishlatilishini nazorat qilish, Bankning valyuta operatsiyalariga oid oylik, choraklik va yillik yig‘ma hisobotlarini tayyorlash va o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasining valyutani nazorat qiluvchi organlariga taqdim etish, valyuta amaliyotlarini amalga oshirishda filiallar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qilish, Bank filiallarida Departament vakolatidagi masalalar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish, Departament faoliyatiga oid yillik biznes-rejani ishlab chiqish va uni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlashga taqdim etish, Bank biznes-rejasiga muvofiq Departament faoliyatiga oid o‘rnatilgan prognoz ko‘rsatkichlarning filiallar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, Bankning ichki normativ hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashish, Bank filiallari xodimlari uchun Departament vakolatidagi masalalarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni o‘rganish bo‘yicha texnik o‘quvlar o‘tkazish, o‘tkazilgan tekshirish va taftishlar natijasida Bank filiallarida valyuta operatsiyalariga oid aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasining valyutani nazorat qiluvchi organlari, boshqa idoralar, xo‘jalik sub'ektlari va Bank filiallari bilan Departament vakolatidagi masalalar bo‘yicha xizmat yozishmalari olib borish hisoblanadi. Banklararo xisob-kitoblar boshqarmasining asosiy vazifalari – chet el banklari bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish, SWIFT tizimi orqali mijozlarning O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga pul o‘tkazmalarini jo‘natish hamda ularning xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga kelib tushayotgan mablag‘larini kirim qilish, vakillik hisobvaraqlarining holatini nazorat qilish, valyuta bozorlari kon'yukturasini tahlil qilish,xorijiy valyutadagi hujjatli operatsiyalarni amalga oshirish orqali vakil-banklar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va banklararo xisob-kitoblarni amalga oshirish, Bank filiallarida Departament vakolatidagi masalalar bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish, Bank biznes-rejasiga muvofiq Departament faoliyatiga oid o‘rnatilgan prognoz ko‘rsatkichlarning filiallar tomonidan bajarilishini nazorat qilish, chet el banklari va xalqaro moliya institutlari bilan xizmat yozishmalari olib borish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq vakillik munosabatlari o‘rnatilayotgan banklarni identifikasiyalash hisoblanadi. Halqaro moliya institulari bilan ishlash bo‘limining asosiy vazifalari – chet el banklari va xalqaro moliya institutlari bilan ikki tomonlama samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, valyutaoperatsiyalarini amalga oshirish, xom ashyo sotib olishni moliyalashtirish, zamonaviy texnologik uskunalarni sotib olish yo‘li bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun o‘rnatilgan tartibda valyuta mablag‘larini jalb qilish, savdoni moliyalashtirishni rivojlantirish va uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish borasidagi hamkorlik bitimi doirasida moliyalashtirish limitini oshirish bo‘yicha ishlarni olib borish, chet el banklari va xalqaro moliya institutlari bilan vakolatidagi masalalar bo‘yicha xizmat yozishmalari olib borish hisoblanadi. Download 407.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling