Qimmatli qog‘ozlar buyicha:2023 yilning 1 yanvar holatiga Bankning qimmatli qog‘ozlar portfeli 300 730 mln.so‘mni tashkil etdi,shu jumladan:
Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari kiritilgan investisiyalar miqdori – 7 993 mln.so‘m;
Sho‘'ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investisiyalar - Moliyaviy institutlar kiritilgan investisiyalar miqdori - 6 600 mln.so‘m;
Davlat g‘aznachilik majburiyatlari va davlat obligasiyalari kiritilgan investisiyalar miqdori – 266 137 mln.so‘m;
Respublika tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qarz qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan investisiyalar miqdori - 20 000 mln.so‘m.
Valyuta ayriboshlash amaliyotlari bo‘yicha:2022 yil davomida 25 ta valyuta ayirboshlash shoxobchalari mavjud bo‘lib, shundan 7 tasi Amaliyot boshqarmasida, 8 tasi Toshkent, Darxon hamda Yakkasaroy filiallariga va qolgan 10 tasi bankning viloyat filiallariga qarashli hisoblanadi.
Bank filiallari orqali 2022 yil davomida rezident-jismoniy shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga jami 46 751 ming AQSh dollari sotilgan.
Shundan, rezident-jismoniy shaxslarga naqdsiz shaklda 5 145 ming AQSh dollari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga 459 ming AQSh dollari hamda on-line sotuv 24 204 ming AQSh dollari, shuningdek valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd ko‘rinishida 17 402 ming AQSh dollari miqdorida sotuv amaliyotlari amalga oshirilgan.
Axborot texnologiyalar bo‘yicha: Bank mijozlarga yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan va oshirilib borilmoqda.
“IABS” (MChJ “FIDO business” tizimi joriy etildi va funksional dasturiy tizimga o‘tish natijasida barcha bank masofaviy hujjatlar mijozlarga ko‘rsatilishiga yanada kengroq imkon yaratdi, (overdraft va boshqa) plastik kartalar (konversion amaliyotlar va xalqaro kartalar bo‘yicha xizmatlarni kengaytirish). Xususan, 2022 yilning 1 yanvar holatiga “Trastbank” XAB tizimi bo‘yicha masofadan boshqarish tizimlari bilan ulangan mijozlar soni quydagicha:
Internet-banking 6 097 ta, Mobil-banking va “SMS-banking” 18309ta. Yil boshiga nisbatan Internet banking 900ga, Mobil-banking va “SMS-banking” 9 336ga oshgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |