Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инноватсиялар вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети


Download 407.77 Kb.
bet1/14
Sana18.10.2023
Hajmi407.77 Kb.
#1708572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
trastbank


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ, ФАН ВА
ИННОВАТСИЯЛАР ВАЗИРЛИГИ

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ

“Корпоратив бошқарув” факультети




«Корпоратив бошқарув»
кафедраси

Рўйхатга олиш №__________
«____» ___________ 2023 й.




Рўйхатга олиш №__________
«____» ___________ 2023 й.



МАЛАКАВИЙ АМАЛИЁТ БЎЙИЧА
ҲИСОБОТ


«Трастбанк» ХАБ Жиззах филиали
(амалиёт обьекти, ташкилот, муассаса, номи)

Бажарди: 4-курс БД-51 гуруҳ талабаси Эркинов Жамшид Исомиддин угли


(курс, гуруҳи, Ф.И.Ш.)
Амалиёт раҳбари: __________________________________________________
(Ф.И.Ш., имзо)
Амалиёт бўйича ҳимоя балли: ____(_________) Сана: «___»________ 2023-й.
Комиссия раиси:_____________________________ _________________
(Ф.И.Ш.) имзо
Комиссия аъзолари: __________________________ _________________
(Ф.И.Ш.) имзо
Комиссия аъзолари: __________________________ _________________
(Ф.И.Ш.) имзо
ТОШКЕНТ - 2023

MUNDARIJA:


Kirish………………………………………………………………………………...3

  1. “Trastbank” XA bankining umumiy faoliyati bilan tanishish. Bankning

moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili…………………………………...….......4
2. “Trastbank” XA bankida mijozlar bazasini o’rganish. Bank mijozlariga
ko’rsatiladigan bank xizmatlari turlari bilan tanishish……………………………....8

  1. “Trastbank” XA banki Jizzax filialining kredit faoliyati bilan tanishish. Kredit

portfeli va uni sifat jihatdan o’rganish va tahlil qilish……………………………..11

  1. “Trastbank” XA banki Jizzax filialida hisob-kitob operatsiyalarini amalga

oshirish usullari bilan tanishish. “Trastbank” XA banki Jizzax filialida 1- va
2- kartotekalarni hisobga olish va yuritish tartibini o’rganish……………………..17

  1. “Trastbank” XA banki tomonidan mijozlarga bank hisobvaraqlarini ochish

tartibi va ularning turlari bilan tanishish . Depozit operatsiyalarini amalga
oshirish tartibi bilan tanishish……………………………………………………...20

  1. “Trastbank” XA banki Jizzax filialining tashqi iqtisodiy faoliyati va tashqi

vakillik munosabatlarini o’rganish. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish
tartibini o’rganish va tahlil qilish…………………..………………….…………..27

  1. ”Trastbank” XA banki Jizzax filialining qimmatli qog’ozlar bilan

operatsiyalarini o’rganish…………………………………………………….……30

  1. “Trastbank” XA banki Jizzax filialining plastik kartochkalar bo’yicha

operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari bilan tanishish. Bank tomonidan plastik kartochkalar bo’yicha ko’rsatiladigan bank xizmatlarini o’rganish.………………36

  1. “Trastbank” XA banki Jizzax filialida moliyaviy hisobotlarning tuzilishi. Bank

menejmenti va tijorat bankining rivojlanish stratgiyasini o’rganish……...……….39

  1. Xulosa………………………………………………………………………...43

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………...…45

  3. Ilovalar………………………………………………………………………..46

Kirish
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy mustaqillik sari qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi. Mustaqil davlatimiz siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bank tizimini isloh qilish va uni tubdan o‘zgartirishga qaratildi. Bank tizimini isloh qilish hukumatimizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish dasturiga muvofiq amalga oshirila boshlandi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar samarali faoliyat ko‘rsatishlari lozim. Chunki, ular davlat korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliyalashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshirishini ta’minlaydi.
Bank tizimini barqarorligini ta’minlash mamlakat iqtisodiyotining barqaror taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, tijorat banklari moliyaviy vositachi sifatida iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirishga beqiyos hissa qo’shayotganligini bugun hayotning o’zi yaqqol namoyon etmoqda. Yurtimizda bank tizimi barqarorligini ta’minlash, sohani isloh qilish va modernizatsiyalash hamisha ustuvor masala sanalgan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “ O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilashda yangi bir bosqichni boshlab berdi. Mazkur Farmondan ko’zlangan maqsad, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyat har jihatdan rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoit yaratishdir. Xususan, yaqin besh yilga mo’ljallangan mazkur tarixiy ahamiyatga ega hujjatning uchinchi yo’nalishida xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoyalashni ta’minlash, barcha turdagi to’siq hamda cheklovlarni bartaraf etsih, ishbilarmonlikni yanada rivojlantirishga to’liq erkinlik berish masalasiga alohida ahamiyat qaratilgan.



  1. Trastbank” XA bankining umumiy faoliyati bilan tanishish. Bankning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari tahlili.

Tijorat banki moliya xizmatlar bozorida 1994-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va bugungi kunda mamlakatimizning universal banklaridan biri hisoblanadi. Bank doimiy ravishda o‘sib, rivojlanib, barqaror moliya muassasasi sifatidagi obro‘-e'tiborini mustahkamlab kelmoqda. O‘zbekistonning yetakchi banklari bilan bir qatorda Trastbank iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlari va kichik biznesni mablag‘ bilan ta'minlash, yangi bank texnologiyalarini joriy etish va investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashda faol qatnashib kelmoqda.
1994-yil 21-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 44-sonli bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyasi berilgan. 1996-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 36-sonli Bosh lisenziyasiga muvofiq xorijiy valyutada amaliyotlarni amalga oshirish huquqini qo‘lga kiritgan. 1996-yil 3-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 54-sonli kassa operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziyasi berilgan.
Xozirda “Trastbank” XAB 13ta filiallarga ega, va ular quyidagilardir:
1. Amaliyot boshqarmasi (1994-yilning 19-iyulida ish faoliyatini boshlagan);
2. «Toshkent» filiali (1997-yilning 23-aprelida ish faoliyatini boshlagan);
3. «Darxon» filiali (1999-yilning 26-oktyabrda ish faoliyatini boshlagan);
4. Namangan filiali (2009-yilda ish faoliyatini boshlagan);
5. Termiz filiali (2009-yilda ish faoliyatini boshlagan);
6. Andijon filiali (2010-yilda ish faoliyatini boshlagan);
7. Samarqand filiali (2012-yilning 22-iyulida ish faoliyatini boshlagan);
8. Yakkasaroy filiali (2012-yilning 27-avgustida ish faoliyatini boshlagan);
9. Qarshi filiali (2013-yilning 5-sentyabrida ish faoliyatini boshlagan);
10. Farg‘ona filiali (2014-yilning 18-avgustida ish faoliyatini boshlagan);
11. Jizzax filiali (2018-yilning 6-iyunida ish faoliyatini boshlagan);
12. Buxoro filiali (2021-yilning 3-martida ish faoliyatini boshlagan);
13. Bektemir filiali (2021-yilning 23-dekabrida ish faoliyatini boshlagan).
Bank, 2005-yildan bank SWIFT tizimiga ulangan, «Unistream», «Xpress Money», «Contact» pul o‘tkazmalari tizimlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2008-yilda yuridik shaxslar uchun, 2011 yilda jismoniy shaxslar uchun «Internet-Banking» tizimi ishlab chiqilgan va ishga tushirilgan. Shu bilan birga, bank VISA International to‘lovlar tizimiga a'zolikka qabul qilingan va bankning VISA Electron, VISA Classic, VISA Business, VISA Gold xalqaro plastik kartalarini muomalaga chiqargan. 2010-yildan boshlab Bank «Lider» xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali pul o‘tkazish amaliyotlarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘ygan. 2011-yildan boshlab bank «Bistraya Pochta» va «Aziya Ekspress» tizimi doirasida pul o‘tkazmalarini amalga oshira boshlagan.
2020-yil 14-dekabrda Fitch Ratings-Moskva/London reyting agentligi «Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankining milliy va xorijiy valyutadagi defolt emitentida (RDE) uzoq muddatli reytinglarini “V” darajasini “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi. Milliy va xorijiy valyutadagi qisqa muddatli reytinglarini “V” darajada, barqarorlik reytingini esa ”b” darajada qayta tasdiqlagan.
“Fitch Ratings” agentligi mutaxassislari“V” darajasining “Barqaror” prognozi bankning samarali faoliyati uning kelgusi rivojlanishida ham o‘z ifodasini topishini, bunda moliya bozorining turli segmentlarida olib borilayotgan yuqori daromadli biznes muhim omil bo‘lishini qayd etadi. Bu esa, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining boshqalarga bog‘liq bo‘lmagan kreditga layoqatliligini qayd etadi.
2021-2023 yillarda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining rivojlanish strategiyasi maqsadlari:

  • bankning kapitallashuv darajasini oshirish, banklarning xalqaro moliyaviy prinsiplari talablari doirasida tijorat banklarning kapitalligi, likvidligi va barqarorligini moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini mustahkamlash;

  • faoliyatning barcha soxalarida yuridik va jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlar bazasini son va sifat jihatdan kengaytirish, yirik omonatchilar hisobiga pul mablag‘larini qisqartirish, yuridik shaxslarning uzoq muddatli depozit bazasini oshirish;

  • aktivlar sifatini oshirish, qisqa muddatli kreditlar berish amaliyotini kengaytirish, muammoli kreditlarni so‘ndirish, asosiy qarz va foizlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklarni kelgusida bo‘lmasligini oldini olish bo‘yicha tizimli ravishda ishlarni olib borish;

  • «elektron navbat» tizimini joriy qilish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatidan qoniqish darajasini baholash uchun mijozlar o‘rtasida yozma va elektron so‘rovlar o‘tkazish;

  • «HUMO» milliy to‘lov tizimiga ulanish, mazkur tizimda plastik kartalarni chiqarish va terminallarni o‘rnatish;

  • bank kartalari sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirish, turli-xil plastik kartalarni, shu jumladan overdraft, kredit, kobeydjing va virtual kartalarni chiqarish, shuningdek ular bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish;

  • zamonaviy kontaktsiz to‘lov usullarini (QR-kod) joriy etish, xalqaro plastik kartalar bo‘yicha (VISA, MasterCard) yangi mahsulotlar va xizmatlarni joriy qilish;

  • bank xatarlarini baholash va boshqarish tizimini, xalqaro standartlarga muvofiqligini, mustaqil ekspertlar tomonidan baholashni tashkil etish;

  • 9-sonli Xalqaro moliyaviy hisobot standartiga muvofiq moliyaviy aktivlarni tasniflash va baholash uchun yangi talablarni hisobga olgan holda moliyaviy hisobotlarni tayyorlash sifatini yaxshilash;

  • korporativ boshqaruv tartibini xalqaro standartlar asosida, zarurat tug‘ilganda, Bankning rahbariyat tartibiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda rivojlantirish;

  • bank xodimlarining malakasini va moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida O‘quv markazini tashkil qilish;

  • xodimlar uchun xorijiy banklarda va tashkilotlarda iqtisodiy tadqiqotlar, treninglar, stajirovkalarni tashkil qilish;

  • bank xodimlari va tarkibiy bo‘linmalarining asosiy ko‘rsatkichlari samaradorligi tizimini (KPI) ishlab chiqish va joriy etish.

Bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • kreditlash;

  • hisob-kassa xizmatlari;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat;

  • chakana biznes.

Faoliyatning asosiy turlari bo‘yicha strategik ko‘rsatmalarga erishish banklar bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashga olib kelishi kerak, bu esa bankka barqaror rivojlanayotgan bankning yetakchi iqtisodiy o‘rnini egallash imkonini beradi.
Bankning maqsad va vazifalari:

  • menejmentning xalqaro prinsiplari va usullari hamda korporativ boshqaruv Kodeksini joriy qilish orqali Korporativ boshqaruvni takomillashtirish;

  • mijozlar, aksiyadorlar va Bank hamkorlarining istak va talablarini hisobga olgan holda, Bankning samaradorligi va uning raqobatbardoshligini oshirish;

  • bank mijozlariga taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar turlarini yanada kengaytirish maqsadida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish;

  • bank filiallari tarmog‘ini kengaytirish orqali taqdim etiladigan bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlash;

  • muhim sohalarda biznesning o‘sishini ta'minlash yoki rejalashtirilgan mutlaq ko‘rsatkichga erishish;

  • moliyaviy resurslarni jalb qilish manbalarini va aktivlarning tarkibini tizimli ravishda keng diversifikasiya qilish;

  • mijozlar bazasini kengaytirish va ularning miqdoriy hamda sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha doimiy ish olib borish;

  • yangi yuqori texnologiyali bank mahsulotlarini ishlab chiqish va zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish orqali taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini, operativ samaradorligi va boshqaruv tizimini takomillashtirish;

  • Kadrlarni boshqarish tizimini doimiy takomillashtirish orqali korporativ madaniyat darajasini oshirish, jamoaviy mehnatnirag‘batlantirish.




  1. “Trastbank” XA bankida mijozlar bazasini o’rganish. Bank mijozlariga ko’rsatiladigan bank xizmatlari turlari bilan tanishish.

Bankning moliyaviy barqarorligini ta'minlash, kapitallashuv darajasini oshirish, resurs bazasini mustaxkamlash, aktiv operatsiyalarini kengaytirish, shu bilan birga kredit portfeli sifatini yaxshilash borasida muayyan ishlarni amalga oshirildi va quyidagi ko‘rsatkichlarga erishildi.

Download 407.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling