Ўзбекистон республикаси олий таълим, фан ва инноватсиялар вазирлиги тошкент давлат иқтисодиёт университети


Aholining bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi


Download 407.77 Kb.
bet4/14
Sana18.10.2023
Hajmi407.77 Kb.
#1708572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
trastbank

Aholining bo‘sh pul mablag‘larini omonatlarga jalb qilish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda bankda 13 hil turdagi aholi omonatlari mavjud, ulardan 11 tasi milliy valyutada va 2 tasi xorijiy valyutada (AQSh dollarida) taqdim etilgan. Hisobot kuniga jalb qilingan aholi omonatlari qoldiqlari (plastik kartalar bilan birga) 389,6 mlrd.so‘mni tashkil etdi, yil boshiga nisbatan 116,8 mlrd.sumga yoki 42,8 %ga oshdi.
Plastik kartochkalar biznesini rivojlantirish bo‘yicha: Bugungi kunda bankdan tashqari naqd pul aylanmasini qisqartirish, bank kassalariga naqd pul tushumini ko‘paytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini kengaytirish, shuningdek mijozlarga taklif etilayotgan xizmat turlarini ko‘paytirish maqsadida bank plastik kartochkalarini muomalaga chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish ob'ektlariga savdo terminallarini o‘rnatish bo‘yicha Hukumatimizning tegishli qarorlari va talablari ijrosini ta'minlash yuzasidan «Trastbank» XAB tomonidan o‘tgan davr mobaynida ma'lum ishlar amalga oshirildi.
2023 yilning 1 yanvar holatiga tarqatilgan bank plastik kartochkalari soni 310 287 donani tashkil etdi, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3945-sonli qaror talablaridan kelib chiqqan holda “Trastbank” XAB da “HUMO” milliy to‘lov tizimi amaliyotga joriy qilinib kelinmoqda. “HUMO” tizimi bo‘yicha 1 yanvar holatiga jami 44 000 dan ziyod plastik kartalar emissiya qilindi. 294 299 dona plastik kartalar jismoniy shaxslarga va ish xaqi loyihasi asosida berilgan kartalar bo‘lib, 11 052 tasi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan hamda, 4 936 dona VISA xalqaro plastik kartochkalaridir. O‘rnatilgan terminallar soni esa 11 096 tani tashkil etib, shundan “HUMO” milliy to‘lov tizimi bo‘yicha 4 695 dona terminal o‘rnatildi.
Bundan tashqari bank tomonidan xozirgi kunga kelib 6 300 taga yaqin korxona va tashkilotlarga ish xaqi loyixasi asosida xizmat ko‘rsatilib kelinadi.
2022 yil davomida plastik kartochkalarning soni 45 205 taga, o‘rnatilgan terminallar soni esa 5 411 taga oshdi. 2021 yil boshida bankomatlar soni 20 dona edi, yil mobaynida qo‘shimcha ravishda 30 dona bankomatlar xarid qilindi. 2022 yil yakuniga ko‘ra “Trastbank” XAB tasarrufidagi bankomatlar soni 50 donaga yetkazildi. Ulardan 40 donasi “Uzkart” tizimida ishlovchi bankomatlar bo‘lib, qolgan 10 donasi “XUMO” milliy to‘lov tizimida ishlovchi bankomatlardir.
Bugungi kunda “Trastbank” XAB tasarrufidagi bankomatlar soni 50 donani tashkil etib, ulardan 10 donasi “Xumo” tizimida ishlovchi bankomatlardir. Ushbu bankomatlar orqali mijoz plastik kartochkalaridan 2022 yil davomida “Uzcard” bankomatlari orqali jami 667,29 mlrd.so‘m va “HUMO” bankomatlaridan jami 8,84 mlrd.so‘m miqdorida naqd pullar berilgan. Shu bilan bir qatorda avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash amaliyoti orqali 1 634 270 ming AQSh dollari xarid qilindi.

Download 407.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling