Kredit qo’yilmalari: Bank aktivlarining 51 % ni kredit portfeli tashkil etib, 2023 yilning 1 yanvar holatiga 1 737,2 mlrd.so‘mga yetdi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 453,0 mlrd.so‘mga yoki 35,3% ga oshgan. Joriy yil davomida, bank o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, iqtisodiyotimizning real sektorini moliyalashtirilishiga o‘z salmog‘ini qo‘shib kelmoqda. 2022 yilning 1 yanvar holatida kreditlash hajmi 1 972,5 mlrd.so‘mni tashkil etdi.
Olib borilgan ishlar natijasida, bank kredit portfelining tarkibidagi uzoq muddatli kreditlar salmog‘ini 88,6 foizdan (2022 yil 1 yanvar holatiga) 62,6 foizgacha (2023 yil 1 yanvar holatiga) pasaytirishga erishildi.
“Trastbank” XA banki Jizzax filialining kredit faoliyati bilan tanishish. Kredit portfeli va uni sifat jihatdan o’rganish va tahlil qilish.
2023 yilning 1 yanvar sanasiga kreditlar bo‘yicha shakllantirilgan maxsus zahiralar qoldig‘i 39,1 mlrd. so‘mni va kredit portfelining 2,3 %ni tashkil etdi. Bundan tashqari 2022 yilning 1 yanvar holatiga standart maqomi bilan tasniflangan kreditlar bo‘yicha kapital zaxiralar qoldig‘i 25,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
2023 yilning 1 yanvar holatiga bank kredit portfelida, balansning “muddati o‘tgan kreditlar” hisob raqamida 2 736,6 mln.so‘m miqdorida qarzdorlik mavjud.
Bank depozitlarini ko‘paytirish buyicha: 2023 yilning 1 yanvar sanasiga jalb qilingan depozitlar qoldig‘i 2 652,2 mlrd. so‘mni tashkil etib, belgilangan reja 90 % foizga bajarilgan.
Jami depozitlar tarkibidagi uzoq muddatli depozitlar qoldig‘ini 10,3 foizgacha oshirish belgilangan bo‘lsa, 2023 yilning 1 yanvar holatiga 11,2 foizni tashkil qildi, shu jumladan:
-jismoniy shaxslardan uzoq muddatli omonatlarga 2022 yilda jami 34,8 mlrd. so‘mlik mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 267,0 mlrd. so‘m jalb qilindi;
-yuridik shaxslardan uzoq muddatli depozitlarga 2021 yilda 27 mlrd. so‘mlik mablag‘ jalb qilish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 30,9 mlr
Do'stlaringiz bilan baham: |