Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги ислом каримов номидаги тошкент давлат техника университети
III BOB. O‘ZBEKISTONNING ISSIQ IQLIM SHAROITIDA
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
III BOB. O‘ZBEKISTONNING ISSIQ IQLIM SHAROITIDA
FOTOELEKTRIK BATAREYALARNI QO‘LLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA SFERIK KO‘ZGULAR YORDAMIDA QUYOSHDAN ELEKTR ENERGIYASI OLISH 3.1 Sferik ko‘zgular yordamida quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish Bugungi kunda fan – texnika va texnologiyalarning rivojlanishi tufayli “Fizika” fani katta tezlik bilan boshqa fanlarning asosiga aylanib bormoqda. Qayd qilish lozimki, bunga axborot texnologiyalarning, jumladan Internet tarmog‘ining rivojlanishi, katta yo‘l ochib beryapti. O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining “Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirishga doir chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi 01.03.2013 yil PQ – 4512- sonli farmoni va “Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 01.03.2013 yil PQ – 1929 – sonli qarorini bajarish doirasida “Fizika – quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bazasida quyosh energiyasi instituti tashkil qilindi [1]. Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni bajarish natijasida 2015 yilga kelib energetika tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlash va energetikani yanada rivojlantirish, yiliga 1 mlrd. m 3 dan ziyod hajmda tabiiy gazni tejashga erishish, elektr energiyasi hosil qilishga ketadigan energiya solishtirma sarfini 13% ga, atmosferaga chiqarib yuboriladigan zararli chiqitlar hajmini 10% ga kamaytirish rejalashtirilmoqda. Biz esa quyosh energiyasidan foydalangan holda boshqa bir turdagi energiyalar olish usullaridan biri haqida fikr yuritamiz. Quyoshdan yerga yetib keladigan energiyani yig‘uvchi optik asboblar: sferik ko‘zgular, linzalar va nur qaytaruvchi yassi ko‘zgulardan iborat sistemalar orqali katta miqdordagi energiyani hosil qilish mumkin. Sferik ko‘zgu – sfera sirti bilan chegaralangan silliq ko‘zgu bo‘lib, u ikki turga bo‘linadi. Biz qavariq sferik ko‘zgudan foydalanamiz. Sferik ko‘zgu orqali 47 4 R 2 to‘plashimiz mumkin bo‘lgan energiyani baholash uchun quyidagi masalalarni ko‘rib chiqamiz. Yarim sfera shaklidagi sferik ko‘zgu uchun quyidagicha fo‘rmulani keltirib chiqaramiz. Buning uchun qurilma uchun ishlatilayotgan qavariq sferik ko‘zguning sirti S ga, sferasining radiusi R ga, sirtiga t vaqt ichida w energiya tushayotgan bo‘lsa, u holda ko‘zguga kelayotgan yorug‘lik oqimining intensivligi J w S t (3.1) ga teng bo‘ladi. Ko‘zgu yarim sfera bo‘lgani uchun 2 S 2 R 2 u holda (3.1) formula quyidagicha ko‘rinishga keladi: J w 2 R 2 t (3.2) Agar, nur yig‘ilayotgan sohaning yuzasi S 0 , intensivligi J 0 deb olib, shu sohada yig‘ilayotgan energiya w 0 ni hisoblaymiz. Nurning oqim zichligi o‘zgarmaganligi uchun J J 0 deb olsa bo‘ladi, u holda w 0 energiya quyidagiga teng bo‘ladi: (3.3) w 0 w 2 R 2 S 0 . (3.4) Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling