Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги иқтисодий тахлил фанидан


Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir. Soliqqa tortiladigan daromad (zarar)


Download 135.34 Kb.
bet5/8
Sana05.05.2023
Hajmi135.34 Kb.
#1429324
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
moloyaviy tahlil

Daromadlar – hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir.
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) – soliq qonunlariga muvofiq belgilangan hisobot davridagi daromad (zarar) summasidir.
Xarajatlar – hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir.
Zararlar iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi va konseptual asosning alohida qismi deb hisoblanmaydi.
Moliyaviy natijalar – xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Moliyaviy hisobotlar shakllari va ularning tavsifi. Jamlangan moliyaviy hisobotlar va ularni tahlil etish
Buxgalteriya balansi. Buxgalteriya balansi ma’lum sanaga korxonaning aktivlari, kapitali va majburiyatlari holati haqida axborot beruvchi hisobot shaklidir.
«Balans» atamasi lotincha “bis” - ikki marta, “banx” - tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, ikkala palla degan ma’noni anglatadi. U tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansini turli tasnifiy belgilari (tuzilish vaqti, axborot hajmi, aks ettirish obyekti, tozalash usuli) bo‘yicha turlarini tarkiblash mumkin.
2.2-jadval Buxgalteriya balansini turlari

Buxgalteriya balansi tuzilish vaqtiga ko‘ra

Tashkil topish balansi

Joriy balans

Tugatish balansi

Bo‘lish balansi

Birlashtirish balansi

Korxona ning
tashkil topish
vaqtida tuziladi.

Korxonaning uzluksiz
faoliyatida, qonunda
belgilangan
muddatlarda tuziladi

Korxona tugatilgan da tuziladi

Yirik korxona bir necha mayda
korxonalarga bo‘linish vaqtida tuziladi

Bir necha korxonalar
bir korxonaga
birlashganda tuziladi


Download 135.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling