Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги иқтисодий тахлил фанидан
Moliyaviy hisobotlarning elementlari
Download 135.34 Kb.
|
moloyaviy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktivlar
Moliyaviy hisobotlarning elementlari: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zaxiralar, daromadlar, xarajatlar, moliyaviy natijalar.
Xo‘jalik yurituvchi subyekti o‘zining, pul oqimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlaridan tashqari, moliyaviy hisobotlarini buxgalteriya hisobining hisoblash usuli asosida tayyorlashi lozim. Buxgalteriya hisobining hisoblash usuli qo‘llanilganda, xo‘jalik yurituvchi subyekt moddalarni aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromadlar va xarajatlar (moliyaviy hisobotlar elementlarini) sifatida tan oladi, qachonki ular konseptual asosda keltirilgan ushbu elementlarning ta’riflariga va tan olish mezonlariga to‘g‘ri kelsa. Aktivlar – subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir. Aktivlar – xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, shu jumladan, pul mablag‘lari, debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir. Aktivlarda aks ettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda, xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari oqimiga potensial bevosita va bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa voqealarning natijasidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar odatda aktivlarni sotib olib yoki hosil qilib unga ega bo‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar va voqealar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt hukumatdan olgan ko‘chmas mulk va h.k. Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar o‘zidan o‘zi aktivlarning paydo bo‘lishiga olib kelmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z aktivlaridan mulkni, tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarishni va xizmatlar ko‘rsatilishini boshqarish uchun foydalanadi. Aktivlarda aks ettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan har xil yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin. Masalan, aktivdan: tovar-moddiy zaxiralar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishda alohida yoki boshqa aktivlar bilan birgalikda foydalanilishi; boshqa aktivlarga almashtirilishi; majburiyatlarni bajarish uchun foydalanilishi; xo‘jalik yurituvchi subyektning egalari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin. Aktivlar binolar, inshootlar va uskunalar singari moddiy shaklga ega. Biroq, moddiy shakl aktivning mavjud bo‘lishi uchun zarur emas. Masalan, patentlar va mualliflik huquqlari aktivlardir, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kelgusida ulardan foydalanishdan iqtisodiy foyda olishni kutayotgan bo‘lsa. Aktivlar, masalan, debitorlik qarzlari va mulk yuridik huquqlar, shu jumladan egalik huquqi bilan bog‘liqdir. Aktiv mavjudligini aniqlashda, egalik huquqi asosiy hisoblanmaydi. Masalan, ijaraga olinadigan mulk aktiv hisoblanadi, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt ana shu mulkdan olinishi kerak bo‘lgan foydani nazorat qilsa. Xarajatlarni amalga oshirish bilan aktivlarni hosil qilish o‘rtasida uzviy aloqa mavjud, ammo bu jarayonlar hamma vaqt ham vaqti bo‘yicha to‘g‘ri kelmaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilgan xarajatlar bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda izlanganidan dalolat beradi, lekin aktivlar olinganini uzil-kesil tasdiqlamaydi. Binobarin, xarajatlarning mavjud emasligi obyektni aktiv deb hisoblash uchun asos bo‘lmaydi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyektga tekinga berilgan obyektlar aktivlarni ta’riflashga mos keladi. Download 135.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling