Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги иқтисодий тахлил фанидан
Download 135.34 Kb.
|
moloyaviy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buxgalteriya balansi aktiv tomoni klassifikatsiyasi
- Buxgalteriya balansi passiv tomoni klassifikatsiyasi
- Balansdagi ifodalar: Umumiy ifodalar
- Aktivlarning turli shakllari o‘rtasidagi aloqadorlik
- Aktivlarni mazmuni bo‘yicha tarkiblanishi
- Buxgalteriya balansi moddalarining mulkiy egaligi bo‘yicha
- Buxgalteriya balansidagi moddalarning o‘zgarishlari
- Qarzga olingan mulk Davr oxiriga debet qoldiq O‘sish darajasi
- Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari
- Uzoq muddatli aktivlar
- O‘z mablag‘lari manbasi
Buxgalteriya balansini moliyaviy tahlilga tayyorlash yuzasidan uning elementlari va moddalarini turli tasnifiy belgilari bo‘yicha ko‘rsatkichlar tizimiga jamlash talab etiladi. Bu tasnifiy belgilar ularning shakli, aylanuvchanlik darajasi, likvidligi bo‘lishi mumkin. 2.4-jadval Buxgalteriya balansi aktiv tomoni klassifikatsiyasi
2.5-jadval Buxgalteriya balansi passiv tomoni klassifikatsiyasi
Balansdagi ifodalar: Umumiy ifodalar
PKBA=MBUMA+MUMA+MBJA (2.7) LA=MUMA+MBJA+MJA (2.8) Moliyaviy bo‘lmagan uzoq muddatli aktivlar – asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, o‘rnatiladigan uskunalar, kapital qo‘yilmalarni o‘z ichiga oladi. Moliyaviy uzoq muddatli aktivlarga uzoq muddatli investitsiyalar kiritiladi. Moliyaviy bo‘lmagan joriy aktivlarga ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, tovarlar, kelgusi davr xarajatlari, kechiktirilgan xarajatlar va debitorlik majburiyatlari kiradi. Moliyaviy joriy aktivlarga pul mablag‘lari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar va boshqa joriy aktivlar kiradi 2.6-jadval Aktivlarning turli shakllari o‘rtasidagi aloqadorlik
2.7-jadval Aktivlarni mazmuni bo‘yicha tarkiblanishi
Xususiy kapital – o‘z ichiga ustav kapitali, qo‘shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda va o‘z mablag‘lari manbaining boshqa tarkiblarini (maqsadli tushumlar, kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar zaxirasi) oladi. Tashqi qarz – bank kreditlari va qarzlarini, olingan avans to‘lovlarini, kreditorlik majburiyatlarining mol yetkazib beruvchilarga bo‘lgan qismini o‘z ichiga oladi. Ichki qarz – korxonaning mehnat haqidan, soliqlar, to‘lovlar va yig‘imlar bo‘yicha qarzidan, jalb qilingan qarz mablag‘lari yuzasidan foizlar, aksionerlarga e’lon qilingan dividendlar bo‘yicha majburiyatlardan iborat bo‘ladi 2.7-jadval Buxgalteriya balansi moddalarining mulkiy egaligi bo‘yicha tuzilishi
2.8-jadval Buxgalteriya balansidagi moddalarning o‘zgarishlari
Moliyaviy hisobotlar tarkibida buxgalteriya balansi markaziy o‘rinda turadi va undagi ko‘rsatkichlarni tahlil etish va baholash orqali xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvolidan voqif bo‘linadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy axvolidagi o‘zgarishlar albatta mulkiy va moliyaviy munosabatlar tufayli yuzaga keladi. Odatda, moliyaviy munosabatlarning klassik formulasi sifatida quyidagi bog‘lanishdan foydalaniladi: Pul1 => Tovar1 => Pul2* => Tovar2* => Pul3*... (2.9) *sikl natijasidagi yutuq: Pul1 Ushbu formulani iqtisodiy jarayonlarga nisbatan rasmiylashtirsak quyidagi ko‘rinishga keladi: PM=>R=>ICh=>TF=>XK=>PM*... (2.10) Bunda: PM – pul mablag‘lari; PM* - sikl natijasidagi yutuq: PM < PM* R – resurslar; ICh – ishlab chiqarish; TF – tijorat faoliyati; HK – hisob-kitoblar. Korxona aktivlari, xususiy kapital (sarmoya) va majburiyatlar buxgalteriya balansining elementlari hisoblanadi. 2.9-jadval Buxgalteriya balansi elementlari va ularning tasnifiy belgilari
Korxona aktivlarlari va majburiyatlarini baholash. Baholash – aktivlar va majburiyatlar e’tirof etiladigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir. Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi: Boshlang‘ich qiymat. Aktivlar sotib olish vaqtida erishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablag‘lar summasida aks ettiriladi. Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina sotib olingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi. Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasidir. Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyektning normal faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan bo‘lg‘usi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi. Balans qiymati. Hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlang‘ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi. Download 135.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling