Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таьлим вазирлиги термиз давлат университети
Download 54.21 Kb.
|
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talabada amaliyot boyicha ishlarini tartibga soluvchi quyidagi meyoriy huquqiy xujjatlar bolishi shart
- Amaliyot otishdan avval talaba kuyidagilarni bajarishi shart
- Amaliyot otash jarayonida talaba quyidagilarni bajarishi shart
- Amaliyot
- ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI YORITISH TARTIBI
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Adabiyotlar royxatida
- AMALIYOT BOYICHA HISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH.
- TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI MAZMUNI
- Korxona , tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarish amaliyotini otash boyicha dastur
- Korxonaning tashkil topish tarixi , tashkiliy strukturasi , tarkibi.
- Korxona mulk shakllari, boshqaruv usuli va korxonalar togrisidagi qonunchilikning rivojlanishi va hozirgi holati.
- Korxona biznes - rejasining mohiyati , tuzilishi , bo`limlari va amalga oshirilishi.
- Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot ( xizmatlar , ishlar ) turlari.
- Korxonada buxgalteriya hisobotlarini vuritish tartibi.
- Korxonaning davlat soliq organlari va byudjet tashkilotlari bilan aloqalari.
- Korxonaning tijorat banklar bilan aloqasi.
- Korxonada aylanma mablaglar holatini ifodalavchi korsatkichlar.
- Korxonada mexnatga haq tolash tizimi.
- Korxonaning balansi , moliyaviy natijalari holati tahlili.
- UNIVERSITET REKTORI BOYRUGI BILAN ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI OTAYOTGAN TALABAGA KAFEDRA TOMONIDAN TAYINLANGAN
Amaliyot ob'ekti rahbari bo'yrug'i bilan amaliyotchi talabaga biriktirilgan tajribali mutaxassislar rahbarlik qiladi va quyidagi vazifalar yuklatiladi hamda amalga oshiradi:
Amaliyot ob'ektiga kirish uchun vaqtinchalik ruxsatnoma xujjatlarini rasmiylashtirish; Talabaning amaliyotni o'tashi to'g'risida buyruq rasmiylashtirish ( buyruqdan ko'chirma amaliyot hisobotiga ilova qilinadi ) ; Amaliyot ob'ekti xususiyatlarini xisobga olgan holda amaliyot tadbirlari rejasini ishlab chiqish va ularni amalga oshrishda talabaga amaliy yordam ko'rsatish; Amaliyotchi talabani qabul qilgan tashkilot , korxona , muassasa ichki tartib qoidalari , ish yuritishi tartiblari bo'yicha huquqiy - me'yoriy xujjatlar bilan tanishishni tashkil etish; Rejalashtirilgan amaliyot chora - tadbirlari talaba tomonidan bajarilishini tashkil etish va doimiy nazorat qilish; Tashkilot va korxonadagi mavjud amaldagi qonunchilikni tahlil qilishga talabani jalb qilish; Talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini doimiy nazorat qilish . kelgusi topshiriqlarni aniqlashtirish , kundalik yuritishni nazorat qilish va talaba tomonidan bajarilgan ishlar natijalarini baholab borish; Talabaning nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasini , uning ishchanligi va psixologik sifatlarini o'rganish; Talabada tanlangan mutaxassisligiga bo'lgan hurmatini va berilgan topshiriqlarga bo'lgan javobgarlikni his etishga , ularni mustaqil ish yuritishga tayyorlash; Talabalar tomonidan kundalikni va amaliyot bo'yicha hisobotni rasmiylashtirishni nazorat qilish ; Amaliyot tugagandan so'ng talaba amaliyoti bo'yicha hisobotiga amaliyot natijalariga qarab taqriz ( tavsifnoma ) berish. Talabada amaliyot bo'yicha ishlarini tartibga soluvchi quyidagi me'yoriy huquqiy xujjatlar bo'lishi shart : 1. Universitet tomonidan amaliyot o'tash uchun talabaga berilgan yo'llanma; 2. Amaliyot bo'yicha dastur va uslubiy ko'rsatma ; 3. Shaxsiy reja ( topshiriqnoma ) ; 4. Amaliyot kundaligi . Amaliyot o'tishdan avval talaba kuyidagilarni bajarishi shart: Kafedra tomonidan amaliyot masalalari bo'yicha o'tkaziladigan umumiy majlisga belgilangan vaqtida kelish , Dasturga muvofiq amaliyotni o'tash davrida haftaning har shanba kuni kafedraga kelib amaliyot ishlarining yozilishi bo'yicha hisobot berish; Amaliyot rahbaridan amaliyot o'taydigan tashkilotning to'liq rekvizitlari va amaliyot rahbari ( F.I.Sh. ) ko'rsatilgan yo'llanmani o'z vaqtida olish: Amaliyot dasturi va ko'rsatmadagi topshiriqlarni va materiallarni o'rganib chiqish. Amaliyot o'tash jarayonida talaba quyidagilarni bajarishi shart: Kalendar ish rejasini tuzish; Mehnat muhofazasi , texnika xavfsizligi va tashkilotning ichki tartib qoidalariga qat'iyan rioya qilish; Kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan belgilangan muddatlarda bevosita muloqotda bo'lish , tushunmovchiliklar vujudga kelganligi to'g'risida zudlik bilan ushbu tushunmovchilik to'g'risida amaliyot rahbariga xabar berish; Amaliyot o'tiladigan tashkilotning ish faoliyatini tashkil etish bo'yicha huquqiy - me'yoriy xujjatlar , ish vaqti , tashkiliy tuzilmasi va ish yuritishlari bilan tanishish; Amaliyot dasturida ko'rsatilgan rejali tadbirlarga tayyorgarlik ko'rishda va amalga oshirishda faol qatnashish; Amaliyot rahbarining amaliy , kasbiy ish tajribalarini oshirishga taaluqli bo'lgan ayrim xizmat topshiriqlarini ( ko'rsatmalarini ) bajarish; Tashkilotda belgilangan kun va ish tartibiga rioya qilish; Amaliyot dasturining bajarilishini muntazam ravishda hisobot kundaligini yuritish , hisobotni tuzish uchun materiallar yig'ish. O'z xulosasi va takliflaridan kelib chiqib , ishlab chiqarish amaliyoti ob'ekti faoliyatini takomillashtirish to'g'risidagi umumiy mulohazalarini bayon etish va uni taqdim qilish. Dasturga muvofiq har bir mavzu yuzasidan hisobotni me'yoriy hujjatlarga asoslanib , ularni ilova qilgan holda amaliyot rahbarlaridan taqrizlar va xulosalar olish , to'liq tayyorlangan hisobotni kafedradan ro'yxatdan o'tkazib himoyaga tayyorgarlik ko'rishdek vazifalar yuklatiladi . Amaliyot davridagi boshqa holatlar Talaba tomonidan tashkilotning ichki tartib koidalari va mehnat intizomi buzilganda , tashkilot va universitet tomonidan biriktirilgan rahbarlarning ko'rsatmalari asosida talaba amaliyot o'tishdan chetlashtirilishi mumkin . Bu to'g'risida fakultet dekani va « Iqtisodiyot » kafedrasi mudiriga xabar kilinadi . Ularning tavsiyasiga binoan universitet rektori talabani talabalar safidan chetlashtirish masalasini ko'rib chiqishi mumkin. Amaliyot dasturi bajarilmaganda, amaliyot bo'yicha hisobotga salbiy taqriz berilganida yoki hisobotni himoya qilishda qoniqarsiz baholanganda talaba amaliyotni qayta o'tashga jo'natilishi mumkin yoki talabalar safidan rektor bo'yrug'i bilan chetlashtiriladi. AMALIYOT NATIJALARINI RASMIYLASHTIRISH Amaliyot jarayonida xar bir talaba dastur asosida tuzilgan kalendar rejaga va rahbar tomonidan berilgan shaxsiy topshiriqnomaga mos holda bajargan ishlari to'liq aks ettirilgan « Amaliyot kundaligi » ni amaliyot tugashi bilan tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbar tomonidan tasdiqlanadi va tashkilot muhri bilan muhrlanadi. Amaliyot kundaligi talabaning haqiqatda amaliyot o'tganligini tasdiqlovchi xujjat bulib , unda amaliyot jarayonida bajarilgan quyidagi ishlar aks ettiriladi: talaba tomonidan amaliyot dasturi bajarilishi to'g'risidagi belgi qo'yilgan kalendar reja, (kafedra tomonidan biriktirilgan rahbar va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarlar bilan birgalikda tuziladi ); talaba tomonidan bajarilgan ish mazmuni , xajmi , muddati , turlari tahlili va unga tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning tasdiqlovchi imzosi ; talaba tomonidan o'rganilib chiqilgan ilmiy adabiyotlar ( darsliklar , monografiyalar , ilmiy maqolalar to'plami ) va me'yoriy - huquqiy hujjatlar ( standartlar , uslubiy materiallar va boshqalar ) ro'yxati; talaba tomonidan amaliyot bo'yicha berilgan xulosa va takliflari; tashkilot va kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbarlarining talabaga amaliyot o'tashi bo'yicha berilgan qisqacha tavsifnomasi va bahosi. kundalik va hisobotdagi barcha imzolar amaliyot o'tilgan tashkilot muhri bilan tasdiqlanadi. amaliyot tugashi bilan talaba tomonidan dastur asosida o'rganilgan va to'plangan materiallar , statistik ma'lumotlar va me'yoriy xujjatlar nusxalari , ularga qisqacha berilgan fikrlari va tahlillari keltirilgan matnlar ilova qilinib amaliyot bo'yicha hisobot rasmiylashtiriladi. AMALIYOT BO YICHA HISOBOTDA QUYIDAGILAR AKS ETTIRILADI: Kirish: Amaliyot maqsadi , joyi va muddatlari; Amaliyot ob'ektining tashkil etilishi , rivojlanishi va hozirgi holati; Amaliyot o’tashning bosqichlari , amaliyot jarayonida bajariladigan ishlar ro’yxati. Asosiy qism : Amaliyot jarayonida ishning tashkil etilishi tavsifi ; Dastur bo'limlari bo'yicha bajarilgan ishlarning umumiy tavsifi; Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida talaba tomonidan yechilgan amaliy masalalarning umumiy tavsifi; Talaba tomonidan o'rganilgan murakkab vaziyatlaming tahlili; Amaliyot jarayonida aniqlangan korxona rivojlanishiga to'siqlik qilayotgan muammolar; Amaliyot joyida berilgan topshiriqlar va ko'rsatmalarning qisqacha tavsifi. Xulosa va takliflar: *Amaliyot jarayonida olingan kunikmalarning umumiy tavsifi; * Bajarilgai ish bo'yicha xulosa taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir . ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTINI YORITISH TARTIBI Amaliyot bo'yicha hisobot standart A4 o'lchamdagi og varaqda qo'lyozma yoki kompyuterda bosmadan chiqqan xolatda rasmiylashtiriladi ( shrift 14-12 punktda , 1,5 interval , varak ulchamlari tepadan va pastdan 2-2,5 sm , chap tomondan 3 sm . va ung tomondan 1-1,5 sm ) . Hisobot xajmi ( ilovalarsiz ) 45-55 varaqni tashkil etishi kerak . Hisobotda rejada ko'rsatilgan bo'limlar bo'yicha barcha savollarga javoblar , ko'rsatkichlarni xisoblash usullari , formulalar asosida statistik malumotlar bilan izohlangan xolda jadvallar , chizmalar , diagrammalarda o'z aksini topgan bo'lishi shart. Har bir bo'limning yakunida xulosa va takliflar berilishi zarur. Hisobot matnida so'zlarni qisqartirilgan xolda yozish qattiyan man etiladi. Yozilgan matnning oxirida ( xulosadan so'ng ) muallif imzosi va ishni yakunlagan sana ko'rsatilishi zarur. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI Adabiyotlar ro'yxatida o'rganilgan masalalar bo'yicha qonuniy - me'yoriy va uslubiy xujjatlar , o'quv - uslubiy qo'llanmalar , monografiyalar , jurnal gazetalardagi maqolalar to'liq ko'rsatiladi . Adabiyotlar ro'yxatida mualliflaming alfavit bo'yicha nomi , bosmaxona , chop etilgan yili va saxifasi ko'rsatilishi shart . Jurnal va gazeta maqolalari ham alfavit bo'yicha maqola muallifi , maqola nomi , jurnal yoki gazeta nomi , yili , soni va sahifasi ko'rsatiladi. Ilovalarda tashkilot yoki korxonaning ma'lumotlarini va xisob - kitoblarni tasdiqlovchi xujjatlari nusxasi ( kseronusxasi ) ; korxona Nizomi nusxasi ; yillik hisobotlari va balansi , xujjatlar blankalari va boshqalar bo'lishi shart . Hisobotga ilova qilingan xujjatlar ketma - ketlikda raqamlanadi va yuqori o'ng tomonga « Ilovalar » deb yoziladi. AMALIYOT BO'YICHA HISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH VA HIMOYA QILISH. Talaba amaliyotini baholash uchun kafedra tomonidan o'quv jarayoni jadvaliga mos holda belgilangan muddatlarda talaba tomonidan quyidagi to'lik rasmiylashtirilgan xujjatlar ish jildida taqdim etiladi: Dastur asosida rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi amaliyot bo'yicha hisobot amaliyot o'tagan tashkilot rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Rasmiylashtirilgan hisobot « Iqtisodiyot » kafedrasida ro'yxatdan o'tgandan so'ng kafedra mudiri ko'rsatmasi bilan amaliyot bo'yicha amaliyot rahbariga taqriz uchun beriladi. Amaliyot hisobotiga quyidagi xujjatlar ham ilova etiladi: Talabaning amaliyot o'tashi bo'yicha tashkilot yoki muassasa buyrug'idan ko'chirma; Amaliyot o'tagan korxonadagi biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan talabaga berilgan va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan tavsifnoma; Kafedra tomonidan biriktirilgan rahbarning bergan ijobiy taqrizi bilan birgalikda amaliyot bo'yicha hisoboti ( matni , ilovalar , xujjatlar nusxalari ); Amaliyot bo'yicha hisobot « Iqtisodiyot » kafedrasi tomonidan tashkil etilgan maxsus komissiyaga himoya uchun taqdim etiladi. HISOBOT HIMOYASI Hisobot himoyasi paytida talaba amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlari to'g'risida , xulosa va takliflarini ; hisobot materiallari tarkibi va tahlilini ; u tomonidan qabul qilingan xulosalarni va uning samaradorligini qisqacha tushuntirib , slaydlar asosida asoslaydi va hisobot bo'yicha qo'shimcha savollarga javob beradi. Ma'ruza uchun 10-15 daqiqa vaqt ajratilib , talabaning bajargan ishlariga , og'zaki javobiga tahliliy xulosalariga va takliflariga komissiya tomonidan baho beriladi. Ma'ruzachiga baho berishda u tomonidan rasmiylashtirilgan hisobot tarkibi va mazmuni , amaliyot rahbarning va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning xulosalari , kundalikning va boshqa xujjatlarning to'g'ri rasmiylashtirilishi xisobga olinib , har bir komissiya a'zosi o'z bahosini qo'ygandan keyin komissiya raisi tomonidan baholar umumlashtirilib yakuniy baho e'lon qilinadi . Amaliyot natijalari bo'yicha baho qaydnomaga va talaba reyting daftarchasiga qo'yiladi . Ishlab chiqarish amaliyoti bo'yicha dastur bajarilmasa va talaba tomonidan hisobot himoya qilinmasa talaba rektor bo'yrug'iga asosan talabalar safidan chetlashtiriladi . TALABANING ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI MAZMUNI. Ishlab chiqarish amaliyotining nazariy asosi bo'lib , 5230100 - « Iqtisodiyot >> ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'quv jarayoni davomida talaba tomonidan o'rganilgan quyidagi tayanch fanlari : " O'zbekiston milliy iqtisodiyoti " " , " Iqtisodiyot nazariyasi " , " Pul , kredit va banklar " , " Sanoat iqtisodiyot " , " Mintaqaviy iqtsodiyot " , " Tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari " , " Moliyaviy va boshqaruv hisobi " , " Biznes - reja " , " Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi " , " Statistika " , " Mikroiqtisodiyot " " Makroiqtisodiyot " , " Turizm iqtisodiyoti " , " Soliqlar va soliqqa tortish " va boshqa fanlar hisoblanadi. Korxona , tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarish amaliyotini o'tash bo'yicha dastur
Korxonaning tashkil topish tarixi , tashkiliy strukturasi , tarkibi. Korxonaning rivojlanish evalyutsiyasi . Korxona Nizomi , ta'sischilari manzili , bankdagi hisob raqami , hozirgi kunda xodimlar soni . Korxona tuzilmasi va uni belgilovchi omillar . Korxonaning davlat tomonidan ro'yxatga olinishi.Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalari va funktsiyalari . Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi. Korxona mulk shakllari, boshqaruv usuli va korxonalar to'g'risidagi qonunchilikning rivojlanishi va hozirgi holati. Korxonaning mulk shakli , boshqaruv usuli , O'zbekiston Respublikasining " Korxonalar to'g'risida " gi qonun , undagi o'zgarishlar . Korxona faoliyatiga ta'luqli normativ - me'yoriy xujjatlar . Korxona to'g'risidagi qonunchilikning takomillashuvi.Korxonada ish yuritish holati . Korxona tarkibi , bo'limlari vazifalari. Korxona biznes - rejasining mohiyati , tuzilishi , bo`limlari va amalga oshirilishi. Korxona biznes - rejasi mazmuni , mohiyati , tarkibiy qismlari. Korxona boshqaruvida rejalashtirish jarayonlari va rejaning bajarilishi nazorati , monitoring va unga o'zgartirishlar kiritish tartibi . Istiqbolli rejalari va ularning amalga oshirilishi. Korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot ( xizmatlar , ishlar ) turlari. Korxona ishlab chiqaradigan mahsulot turlari , assortimenti , korxonaning assortiment siyosati , ishlab chiqarilgan mahsulot xajmi , marketing siyosati. Korxonada buxgalteriya hisobotlarini vuritish tartibi. Korxonada buxgalteriya hisobi ma'zmuni , tuzilishi . Korxonada buxgalteriya hisobini yuritish tartibi . Hujalik jarayonlarini buxgalteriya schetlarida aks ettirish , hisobga olish tartibi va uning tahlili . Hisobotlarni tahlil qilish , ishlab chiqarish xujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va muddatlari . Mahsulotlar , yarim tayyor maxsulotlar , ombordagi maxsulotlar hisobi. Korxonada inventarizatsiya o'tkazish tartibi va amalga oshirish jarayoni. Korxonada audit tekshiruvini tashkil etish , tayyorlash , o'tkazish tartibi va natijalari. Korxonaning davlat soliq organlari va byudjet tashkilotlari bilan aloqalari. Soliqlar mohiyati , turlari . Korxona to'laydigan soliq turlari . Soliq organlaridan ro'yxatdan o'tish tartibi , belgilangan soliq turlari , tulash tartibi va ular bo'yicha hisobotlarni rasmiylashtirish . Korxona byudjet tashkilotlari bilan aloqasi va ular bilan hisob - kitoblar . Korxonaning tijorat banklar bilan aloqasi. Tijorat banklarida xisob raqamlari ochish tartibi , pul o'tkazmalarini amalga oshirish tartibi . Tijorat banklari bilan o'zaro xisob - kitoblarni amalga oshirish tartibi. Korxonada asosiy fondlar tarkibi va strukturasi , asosiy fondlarni baholash. Asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari mazmuni va mohiyati . Asosiy fondlar strukturasi Asosiy fondlarni baholash ( boshlang'ich qiymat bo'yicha , tiklanish qiymati bo'yicha , qoldiq qiymati bo'yicha ) . Asosiy vositalar aktiv qismining umumiy aktivlardagi ulushi . Asosiy vositalar eskirish koeffitsienti . Asosiy vositalar yangilanish koeffitsienti . Asosiy vositalar yaroqlilik koeffitsienti . Asosiy vositalar xisobdan chiqarish va uning o'ziga xos xususiyatlari o'tkazish tartibi. Korxonada aylanma mablag'lar holatini ifodalavchi ko'rsatkichlar. Korxonalarda aylanma mablag'larning mazmuni , turlari , shakllanish manbai , xarakati . Aylanma ishlab chiqarish fondlari , muomala fondlari , o'z mablag'lalari , qarzga , kreditga olingan mablag'lari va boshqa aylanma mablag'lar holati tahlili. Korxonada mexnatga haq to'lash tizimi. Kadrlar tarkibi, strukturasi, qunimliyligi. Ish haqqi to'lash tartiblari. Vaqtbay ish haqi, ishbay ish haqi, moddiy rag'batlantirish tartiblari. Kompensatsiya va boshqa yengilliklar. 11.Korxona faoliyati xarajatlari, daromadi va rentabelligi. Korxona faoliyati xarajatlari mohiyati , turlari. Korxonaning umumiy xarajati , ishlab chiqarish xarajati, doimiy xarajati, uzgaruvchan xarajatlari. Korxonaning iqtisodiy barqarorligi monitoringi va tahlilini o'tkazish mezonlari, ko'rsatkichlari tizimi. Rentabillik mohiyati, mazmuni, hisoblash turlari va tartibi. Korxonaning balansi , moliyaviy natijalari holati tahlili. Korxona balansi mohiyati, tuzilishi. Aktiv qismining tuzilishi va tasnifi. Passiv qismining tuzilishi va tasnifi. Korxona balansida moliyaviy holatni hisoblash va tahlili. Korxona balansida iqtisodiy holatni hisoblash va tahlili . Korxonaning to'lovga qobiliyatliligini hisoblash tartibi. UNIVERSITET REKTORI BO'YRUG'I BILAN ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI O'TAYOTGAN TALABAGA KAFEDRA TOMONIDAN TAYINLANGAN PROFESSOR - O'QITUVCHI UCHUN RAHBARLIK QILISH BO'YICHA KO'RSATMALAR. Ishlab chiqarish amaliyotining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda universitet tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari - o'qituvchi; Amaliyot boshlanishidan avval zaruriy tashkiliy tadbirlarni o'tkazishni ta'minlaydi; Talabani tanlash maqsadida amaliyot utadigan tashkilotni va uning bo'limlari ish faoliyati xususiyatlarini talabaga mosligini o'rganib chiqadi; Amaliyot o'tish jarayonida talabaning ish xajmi, mavzusini va vaqtini kelishadi; Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbariga talabaning amaliyotni tashkil etish masalalari bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatadi; Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda talaba tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni bajarilishini nazorat kilib boradi; Talabani kasbiy va boshqa sifatlarini, ishga bulgan munosabatini va tayyorgarligi darajasini o'rganadi; Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda talabaning amaliyoti bo'yicha umumiy xulosa beradi va talaba ishlariga baho beradi; Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda amaliyotni tashkil etish masalalarni , undagi kamchiliklarni va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflami muhokama qiladi; Tashkilot tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan birgalikda talabaning amaliyoti bo'yicha natijalarini va hisobotini muhokama qilishda ishtirok etadi; Amaliyot tugagandan so'ng talaba tomonidan amaliyot natijalari bo'yicha hisobotni kafedraga taqdim etishni nazorat qiladi va uni takomillashtirish bo'yicha takliflarini beradi; Amaliyot bo'yicha hisobot himoyasini o'tkazish va uning natijasini baholashda qatnashadi. Download 54.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling