5231700- « Kadrlar menejmenti » ta'lim yunalishi talabalari ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI o'quv rejaga asosan III - kurs 6 - semestrida 4 hafta bo'lib , haftasiga 6 kun , har bir kunda 6 soatdan amaliyot mashqlari , qolgan 3 soatda talaba o'z mustaqil faoliyatini amalga oshirish rejalashtirilgan . Amaliyotning aniq muddatlari Termiz davlat universiteti rektori buyrug'i bilan tasdiqlanadi .
AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O'TASH TARTIBI
5231700- « Kadrlar menejmenti » ta'lim yunalishi talabalari ishlab chiqarish amaliyotini moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish korxonalari , tashkilotlari va muassasalarining Iqtisodiyot . Moliya va boshqa bo'limlarida ; Iqtisodiyot investitsion institutlarida ; O'zbekistan Respublikasi Iqtisodiyot hamda boshqa muassasa vazirligi va uning quyi bug'inlarida , tijorat banklarida , soliq idoralarida . Oliy ta'lim , kasb - hunar kollejlarida universitetning yo'llanmasi asosida o'tishi mumkin .
Ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish uchun Termiz davlat universiteti bilan korxona , tashkilot va muassasa o'rtasidagi tuzilgan shartnoma asos bo'lib xisoblanadi .
Amaliyotni tashkil etish va o'tashda talaba , universitetdan biriktirilgan amaliyot rahbari ( o'qituvchi ) va qabul qiluvchi tashkilot vakili ( amaliyot joyida talabaga rahbarlik qilish uchun biriktirilgan tegishli bo'lim boshliq mutaxassislari ) to'g'ridan - to'g'ri ishtirok etadi.
Amaliyotni umumiy boshqarishni mutaxassis chiqaruvchi « Iqtisodiyot kafedrasi amalga oshirib , to'g'ridan - to'g'ri boshqarishni esa rektor bo'yrug'i bilan kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar amalga oshiradi ? hamda hisobotga taqriz yozib uni himoyaga tavsiya etadi.
UNIVERSITETDAN TAYINLANGAN AMALIYOT RAHBARINING MAJBURIYATLARI :
Amaliyot o'tish joyini aniqlab shartnoma mavjudligini tasdiqlab, talaba boradigan amaliyot ob'ektiga borish uchun yozma ariza oladi.
Talaba bilan birgalikda amaliyot va hisobot mazmuni uchun shaxsiy reja topshiriqni ishlab chiqishda ko'rsatma berish;
Talabaning amaliyot o'tishini nazorat qilish;
Hisobot uchun materiallarni yig'ishda talabaga uslubiy yordam ko'rsatish;
Amaliyot bo'yicha yakuniy hisobotni yozishda uslubiy yordam berish;
Amaliyot natijasini tekshirish bo'yicha xulosa berish va baholash;
Talabaning amaliyot bo'yicha hisobotini tekshirib, taqriz yozish , uni himoya qilish komissiyasiga taqdim qilish va uning ishida ishtirok etish.
AMALIYOT OB'YEKTIDAN BIRIKTIRILGAN RAHBARNING VAZIFALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |