Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги
O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi
Download 354.86 Kb. Pdf ko'rish
|
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari
O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturi
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu – davlat tomonidan horijiy investitsiyalarni qo’llab quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiruvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora – tadbirlar xamda horijiy investitsiyalar uchun qulay investitsiya muxitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir. 20
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumyi yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy – iqtisodiy va husasiy ho’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida ichiga va horijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi. Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish sur’atlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko’tarilishi va butun infrastrukturaning rivojlanishi ko’p jihatdan investitsiya va investitsiya dasturiga bog’liq. Investitsiya dasturi davlatning investitsiya mablag’larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy – huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatning maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiya dasturining tashqi tomoni ham bor bo’lib, u iqtisodiyotni zamonaviy texnika, texnalogiya va ishlab chiqarishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el investitsiyalarini jalb etishni o’z ichiga oladi. Bu vazifani qo’shma korhonalar barpo qilish, ya’ni to’g’ridan –to’g’ri xorijiy hususiy investitsiyalardan foydalanish yo’li bilan hal etish mumkin. Shu munosabat bilan xorijiy investitsiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari dolzarblashadi. Aniq, samarador va xayotiy rioya qilinadigan qonunlariga ega bo’lgan ochiq va liberal investitsiya dasturi xorijiy investitsiyalarni jalb etishning qudratli qurolidir. Bynday siyosatni ishlab chiqish respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolishi kerak 4 . Xorijiy investitsiya faqat ishlab chiqarish va bozor rivojlangan sharoitda, ya’ni halqaro bozordagi sarmoya eksporti bungacha mavjud bo’lgan tovarlar ekportidan yuqori bo’lganda paydo bo’ladi. Investitsiyalarning miqdoriy o’sishi ichki investitsiya dasturi ( mablag’larni noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga safarbar qilish) vositasida ta’minlanadi. Investitsiyalar sifatining o’sishi ichki ( fan va texnika yutuqlarini
4 Yo.Q.Qorayeva. I.U.Nematov “Xorijiy investitsiyalar” fani bo’yicha ta’lim texnologiyasi./ “Iqtisodiy ta’limdagi o’qitish texnologiyasi” seriyasidan. – T.: TDIU, 2008, 162 – bet. 21
tadbiq qilish) va tegishli tashqi investitsiya dasturi ( xorijiy investitsiyalar –texnik tarkibi va xususiyatiga ko’ra yuqoriroq bo’lganlarini jalb etish) vositasida ta’minlanadi. Ichki investitsiya dasturi ham tashqi investitsiya dasturi ham,har ikkalasi investitsiyalashning turli manbalaridan turli shakillardagi investitsiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi. Investitsiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay huquqiy vositalarni topish – investitsiya jarayoni va investitsiyani huquqiy tartibga solishdan iborat. Ratsional investitsiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida huquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy – huquqiy va halqaro – huquqiy. Davlatning tashqi investitsiya dasturi huquqiy nuqtai nazardan xorijiy investitsiyalar uchun qulay huquqiy muhit yaratishdan iborat bo’lib, bu milliy huquqiy tartibod, milliy huquqiy shakillar va normalardan ( qonunlar va boshqa me’yoriy aktlar) xamda xalqaro- huquqiy tartibod, xalqaro – huquqiy shakl va normalardan ( ikki va ko’p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning barchasi ham ichki ham tashqi investitsiya siyosatlari hisobga olinishi shart. Investitsiya dasturining aniq maqsadga yo’naltirilgan ba ilmiy asoslangan asosiy vazifasi davlatning jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investitsiya mablag’larini safarbar qilish bo’yicha faoliyat yuritishidan iborat. Investitsiya faoliyati ( ingl. Investmen activity) – bu investitsiya kiritish va investitsiyalarni amalga oshirish bo’yicha olib boriladigan amaliy harakatlarning yig’indisidir. Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari sub’ektlarining ( davlatlar, yuridik va jismoniy shahslar, shu jumladan xorijiy) investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani amalgam oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir. Investitsiya faoliyati tushunchasi investitsiya dasturi tushunchasining tarkibiy qismi bo’lib, buni O’zbekiston Respublikasi “Investitsiya faoliyati xaqida”gi qonunining 14 va 15 moddalarida o’z aksin topgan. 22
Investitsiya dasturi tovar – pul munosabatlarini takomillashtirish sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur siyosat rivojlangan tovar- pul munosabatlarida uncha katta ahamiyatga ega emas. Chunki o’z-o’zini boshqaruvchi iqtisodiyot sharoitida investitsiya dasturi asosan tartibga soluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Investitsion loyihalarning manziliy dasturi har yili ishlab chiqilib, moliyalashning asosiy manbalari asosida investitsion loyihalarning kerakli ro’yxatini o’z ichiga oladi. Investitsion loyixalarining manziliy dasturiga kiritishning zarur shartlari mavjud:
texnik – iqtisodiy asoslarning mavjudligi; shartnomada ko’rsatilgan kreditlarning vaqtida qoplaganligi va moliyalashtirish manbalari tasdig’ining mavjudligi ham zarur. O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 420 – sonli “O’zbekiston Respublikasi investitsiya dasturini shakillantirish va amalgam oshirish bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ishlab chiqildi. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi investitsion dasturi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning muhim qismi bo’lib davlat investitsiya siyosatining asosiy yo’nalishlarini aks ettiradi. Dasturning asosiy maqsadi bo’lib, O’zbekiston iqtisodiyotini dinamik rivojlanishiga, O’zbekiston iqtisodiyotining zarur strukturaviy o’zgarishlarini amalga oshirishga,iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar asosida jahon iqtisodiy tizimiga keng integratsiyasi, tabiy mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga erishish xisoblanadi. Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi: kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari yordamida prognoz qilish; muhim investitsion takliflarning taqqoslama ro’yhati; investitsion loyihalarining manzilli dasturi. Dastur quyidagilarni amalgam oshirishga yo’naltirilgan capital qo’yilmalar prognozini o’z ichiga oladi: 23
tabiy mineral xom ashyo moliyaviy moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samarasini oshirish; davlat byudjeti respublikaning ichki va tashqi qarzdorligi bilan bog’likligi; moliyaviy mablag’lar bilan tasdiqlangan obyektlarini va kreditlar qaytarilishi, shuningdek, qurilish va qurish materiallari sanoatidagi kuchlarning balanslashtirishni kiritish; iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan yangi korhonalarni joylashtirish va regionlarining kompleks rivojlanishini hisobga olgan xolda faoliyat yurituvchi korxonalarda qo’shimcha kuchlarni yaratish hamda ishlab chiqarish, noishlab chiqarish infrastrukturasidagi va mehnat resurslaridagi tabiy boyliklardan oqilona foydalanish. O’zbekiston Respublikasida investitsiya dasturining moliyalashtirishda asosan xorijiy investitsiyalar katta o’rin egallaydi. Investitsiya loixasi (loixa) – iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa manfaat ko`rish maqsadida investitsiyalar kiritgan xolda oldindan belgilangan muddat mobaynida amalga oshiriladigan o`zaro bog`liq tadbirlar va ishlar kompleksidir. Xalqaro kapitallar migratsiyasi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda yetakchi o`rinlardan birini egallar ekan, u o`z navbatida jaxon xo`jaligi rivojiga sezilarli ta`sir o`tkazadi. Bu ta`sir,avvalambor, kapitallar migratsiyalarning jaxon iqtisodiyotini o`sish suratlarida o`z aksini topadi. Kapital ishlab chiqarishning qulay investitsiya muxiti mavjud soxalarini izlab, chegaralarni kesib o`tadi. Xalqaro investitsiyalar ko`pchilik mamlakatlar uchun ishlab chiqarishdagi kapital yetishmasligi muammosini xal etish,investitsiya saloxiyatini oshirish va iqtisodiy o`sish sur`atlarini tezlatish imkonini beradi.
Download 354.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling