Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги


O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning asosiy


Download 354.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/28
Sana29.12.2021
Hajmi354.86 Kb.
#183583
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Bog'liq
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari

O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni jalb qilishning asosiy 

yo’nalishlari. 

Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay 

investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. 2008 yilda 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchu barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 millard 

AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2007 yil bilan taqqoslaganda

28,3 % ko’p bo’lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni 

tashkil etdi. O’zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini ishab 

chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga yo’naltirilganini 

ta’kidlash darkor. 



42 

 

Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning 



investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 

texnik va texnalogik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalgam oshirishda 

xorijiy investitsiyalar, avvalo, to’g’ridan –to’g’ri investitsiyalarning o’rni 

beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish 

va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini 

ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, 

Chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarining yuksak darajada 

taraqqiy  etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan. Bugungi kunda yurtimizda 

faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta 

jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik 

va gaz-kimyo, 

удулек texnikasi va to’qimachilik, oziq – ovqat va farmatsevtika, 

axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i  hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi 

va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol 

investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy 

va mahalliy sarmayadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investitsiya 

muhiti yaratilga. 2007 yil davomida iqtisodiyotimizga kiritilgan investitsiyalarning 

70 foizdan ortiq  ishlab chiqarish obyektlari qurilishiga, jumladan, salkam 50 foizi 

korxonalarni texnik va texnalogik modernizatsiya qilishga yo’naltirildi

10



Investitsiya dasturi doirasida 2007 yili 300 dan ziyod yirik investitsiya 

loyihasi nihoyasiga etkazildi, xorijiy investitsiyalar ishtirokida 700 dan ziyod yangi 

korxona barpo etildi. Qo’shma korxonalar birinchi galda yuksak texnologiyaga 

asoslangan tarmoqlarda –  engil, oziq-ovqat, elektrotexnika, kimyo va neftkimyo, 

mashinasozlik, qurilish materiallari sanoatida, telekommunikatsiya va axborot 

texnalogiyalari soxasida tashkil etilayotgani e’tiborga loyiqdir. 



 

                                                            

10

 Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish – davr talabi. Prezident Islom 



Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yildagi mo’ljallangan 

iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan vazirlar mahkamasi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 

2009 yil 14 fevral. 



43 

 


Download 354.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling