Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги


 Ozbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni revojlantirish


Download 354.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/28
Sana29.12.2021
Hajmi354.86 Kb.
#183583
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
Bog'liq
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari

2.3. Ozbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni revojlantirish 

konsepsiyasi. 

 

O’zbekiston  Respublikasida  Markaziy  Osiyo  davlatlari  bilan  ko’p 



tomonlama aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizning 

Yaqin Sharq va Janubiy –  Sharqiy Osiyodagi rivojlanayotgan mamlakatlarga 

yaqinligi, chigaradoshligi, Evropa va Osiyo mamlakatlari savdo yo’lida 

joylashganligi tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojiga ta’sir ko’rsatmoqda. 

Buning natijasida eksportga ixtisoslashgan qo’shma sub’yektlarni yaratish, 

tibbiy resurslardan foydalanish bo’yicha chegaradosh xo’jaliklarni tashkil qilish, 

erkin iqtisodiy mintaqalarni shakllantirish negizida tashqi iqtisodiy faoliyatni 

yanada rivojlantirish imkoniyatlari vujudga keladi. 

Hozirga kunda respublikamizda importning o’rnini qoplash va eksportga 

yo’naltirilgan ishlab chiqarishni qollab – quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. 

Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni 

ustuvor yo’nalishlarga jadalroq jalb qilishga, ularga kafolat va imtiyozlar berishga, 

litsenziyalar, “nou –  xau ”lar sotib olishga, valyuta tushumlarni kadrlarni izchil 

siyosat olib borilmoqda. 

Tashqi iqtisodiyot faoliyatining samaradorligini oshirish  –  ushbu sohadagi 

boshqaruvni takomillashtirish, eng avvalo, sanoat yo’nalishdagi sub’yektlarini 

boshqarish va iqtisodiy rag’batlantirish tizimini yaratishga ko’p jihatdan bog’liqdir. 

Jahon talablari darajasidagi mahsulotalrni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning 

raqobatbardoshligini oshirish muhim vazifa hisobanadi. Buning uchun 

sub’yektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va 

o’rta sub’yektlar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash talab 

qilinadi


11

O’zbekistonda eksportga nisbatan quyidagi imtiyozlar berilgan. Bu 



imtiyozlarning ayrimlari quyidagilardan iborat: 

                                                            

11

 

Самарходжаев Б.Б. Инвеститции в Республики Узбекистан (муждународно – частноправовой 



аспект).Ташкент, 2003 г. 


44 

 



sub’ekt o’zi ishlab chiqargan erkin almashtiriladigan valyutada 

sotadigan bo’lsa, unga oldindan to’lash va akkreditivsiz eksport qilish huquqi 

beriladi; 

tovar eksporti ichki bozor bahosidan past bahoda amalga oshirilganda 



soliqqa tortish haqiqatda sotiladigan baho bo’yicha amalga oshiriladi; 

eksportga chiqarilayotgan tovarlarning hajmi umumiy sotish 



hajmining 30 foizini yoki undan ortig’ini tashkil qilsa, daromad solig’ining 

miqdori ikki martga qisqartiriladi

MDHga mahsulot eksport qiladigan sub’ektlar 1998 yil 1 yanvardan 



boshlab aktsiz solig’I va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilinadilar; 

mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha ishlab chiqarish sub’ektlari 



chet davlatlarda o’zlarining uylarini, vakolatxonalarini ochishlari mumkin. Shu 

bilan birga, ularga konsignatsiya shartlari asosida Tovar etkazib berishlariga ruxsat 

beriladi; 

Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda xorijiy sarmoyalarni jalb etish 

uchun qo’lay shart – 

sharoitlar yaratishga, hamda zarur bo’lgan 

infrastukturalarning yaratishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga, tashqi 

iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi. Tashqi iqtisodiy faoliyat 

Milliy banki, Xorijiy sarmoyalar bo’yicha agentlik, “ O’zbekinvest” ekport – 

import milliy sug’urta kompaniyasini kiritishimiz mumkin. Bu tashkilot va 

muassasalarning respublikamizga xorijiy sarmoyalarning kirib kelishini 

tezlashtirishda, ustuvor yo’nalishlarini aniqlashda, ularni sug’urtalashda, bank va 

konsalting xizmatlari ko’rsatishda beqiyos ahamiyatga egadir. 


Download 354.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling