Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги


Xorijiy investitsiyalarning turlari


Download 354.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/28
Sana29.12.2021
Hajmi354.86 Kb.
#183583
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari

Xorijiy investitsiyalarning turlari. Xorijiy mamlakatlarning tajribasi va 

investitsiya va investitsiya to’g’risida mamlakatimizda qabul qilingan qonunlar 

taxlilidan kelib chiqib, investitsiysning shartli ravishda uchta turini ajratish 

mumkin. 


Bozor iqtisodiyati sharoitida har bir invetitsiya turning o’ziga xos o’rni 

bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning 

pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, aksiyalar, obligasiyalar, 

veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda tenglashtirilgan boyliklar kiradi. 

Moddiy  investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, yani binolar, asbob-

uskinalar, inshoatlar, kommunikasiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish 

fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi. 

Aqliy (intellektual) investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir,  yani ular 

mulkiy huquqlar shaklidagi investitsiyalar, aqliy mehnatga oid shakldagi 

investitsiyalar va tabiiy resurslaridan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan 

iborat. Mulkiy huquqlar guruhiga kiradigan investitsiyalarning turlari bozor 

munosabatlarining nechog’lik rivojlanganligiga, milliy bozorlarning o’ziga xos 

tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oid haq-huquqlar shaklidagi 

investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, “nou-xau”, kashfiyotlar, tovaar 

belgilariga beriladigan lisenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi. 

Tarkibiy tuzulishiga ko’ra investitsiyalar yalpi va sof investitsiyalarga 

ajratiladi. Yalpi investitsiyalar - bu ishlab chiqarish vositalarining iste’mol qilingan 

qismini qoplash hamda ularni qo’shimcha o’sishi maqsadida ishlab chiqarish 

jamg’armalari va aholi mablag’lari qo’yilmalaridir. Boshqacha so’z bilan 

aytganda, yalpi investitsiyalar o’z ichiga amortizasiya va sof investitsiyalarni 




37 

 

qo’shadi. Sof investitsiyalarni aniqalash uchun yalpi investitsiyalardan 



amortizasiya ajratiladi. Yalpi investitsiyalar va amortizasiya o’rtasidagi nisbatga 

qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya’ni yuksalish, yo turg’unlik yoki 

pasayish davrin boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi 

investitsiyalar amortizasiyasidan ortiq, ya’ni sof investitsiya yuqori bo’lsa, 

iqtisodiyot yuksalishda bo’ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o’sadi. 

Yalpi investitsiya va amortizasiya bir-biriga teng bo’lgan chog’da iqtisodiyotda 

barqarorlik holati vujudga kelishi mumkin. Bu vaziyat sof investitsiyalarni nolga 

barobar va iqtisodiyot shu yilda qancha capital iste’mol qilgan bo’lsa, uni qoplash 

uchun shuncha chiqarish kerak bo’ladi. 

Iqtisodiy faollik pasayib borayotgan iqtisodiyot uchun yalpi investitsiyalar 

amortizasiyasidan kam bo’lgan holdagi vaziyat hosdir, ya’ni iqtisodiyotda yil 

davomida kapital ishlab chiqarilganiga nisbatan ko’proq iste’mol qilinadi. Bunday 

holatda sof investitsiyalar ishorasi manfiy bo’lib, uning mutloq qisqarishini 

bildiradi. Natijada,  yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda kam 

bo’ladi. Investitsiyalarni xorijga chiqarish, ularning mamlakatlar o’rtasidagi faol 

harakati zamonaviy jahon xo’jalaigi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ajralib 

turuvchi xususiyatlariga aylandi.  Investitsiyalarni chetga chiqarish jahon 

xo’jaligidagi tovarlarni chetga chiqarish monopoliyasini tugatdi. 

Investitsiyalar turli shaklarda amalga oshiriladi va ularni tahlil qilish, 

rejalashtirish uchun alohida xususiyatlaridan kelib chiqqan holda guruhlashtiriladi. 

Xorijiy investitsiyalarning quyidagi turlari mavjud: kapital, innovatsiya va ijtimoiy 

investitsiya

9



Kapital investitsiya jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltiruvchi va takror 



ishlab chiqarishga, shuningdek, ishlab chiqarishning boshqa shakllarini ishlab 

chiqarishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. 

Innovatsiya investitsiyalar jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi 

avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishqa qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. 

                                                            

9

 O’zbekiston Respublikasining “Chet ellik investitsiyalar to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 



(30.04.1998y.) – O’zbekistonning yangi qonunlari. T.23 – T.: Adolat,2000. 


38 

 

Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab 



chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne’matlarning boshqa 

shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalar kiradi. 

Xorijiy investitsiyalar ko’lamiga qarab xalqaro doiradagi, ya’ni xalqaro 

investitsiyalar ko’rinishiga ham ega bo’ladi. Xalqaro investitsiyalar –  jahon 

mamalakatlari o’rtasida harakatda bo’lgan investitsiyalardir. 

Real investitsiyalar real kapitalning o’sishini, ya’ni ishlab chiqarish 

mablag’lari, moddiy boyliklarning osishini ta’minlasi zarur. 

Moliyaviy investitsiyalar deb aksiyalar, obligasiyalar, veksellar va boshqa 

qimmatli qog’ozlar uchun sarflangan qo’yilmalarga aytiladi. Bu qo’yilmalar 

buyum ko’rinishidagi kapitalning o’siahini o’zida mujassam etmasada, lekin foyda 

shu jumladan spekulyativ foyda ya’ni qimmatli qog’ozlar kursi ozgarishi natijasida 

vujudaga keladigan foyda keltiradi. Moliyaviy investitsiyalar ikki xil ko’rinishda 

bo’ladi. Aksiyalarni sotib olish real moddiy ko’rinishdagi kapitalni yaratmaydi. 

Lekin kelajakda spekulyativ ko’rinishda foyda olish mumkin bo’ladi. 

Investitsiyada qatnashish xarakteriga ko’ra investitsiyalar bevosita va portfel 

investitsiyalariga ajratiladi. Bevosita investitsiyalar investorni o’z moliyaviy 

mablag’larini joylashtirish ob’yektini tiklash  imkoniyatini beradi. Portfel 

investitsiyalar tijorat banklari, investitsion kompaniyalar va fondlar yordamida 

amalga oshiriladi. 

Investitsiyalash davriga qarab investitsiyalar qisqa muddatli (1 yilgacha 

bo’lgan muddatga beriladi) va uzoq muddatli (1 yildan ortiq muddatga beriladi) 

bo’ladi. Masalan , oddiy aksiyalar umuman biror – bir muddat bilan cheklanmaydi. 

Mulk shakllaridan kilib chiqib investitsiyar xususiy, davlat, qo’shma va 

xorijiy shakllariga ajratiladi. Xususiy investitsiyalar nodavalat yuridik shaxslarning 

va fuqarolarning mablag’larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo’yilishini 

anglatadi. Davalat investitsiyalari - bu davlat tomonidan milliy daromadning davlat 

byudjetining mablag’ari ko’rinishida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi uchun 

sarflayotgan mablag’lardir. Investitsiya munosabatlari shu darajada murakkab va 

qirraliki, ko’pincha davlatlar o’rtasidagi munosabatlar xususiy shaxslar o’rtasidagi 



39 

 

munosabatlar bilan bog’langan bo’ladi. Bunday aloqa investor huquq va talablarni 



davlatga  topshirganda yaqqol ko’rinadi. Xorijiy investitsiyalar ham davalat yoki 

xususiy investitsiyalar shaklida bo’lishi mumkin. Birinchi shaklda davlat 

invsetitsiyalari ishtirok etib, bunda bir davlat boshqa davlatga kreditlar yoki 

boshqacha shakldagi qarzlar berishi mumkin. Bunday munosabatlarga xalqaro 

huquq normalari qo’llaniladi. Ikkinchi shaklda esa, bir mamlakat xususiy firmalari, 

kompamiyalari yoki fuqarolari boshqa mamlakatning tegishli sub’yektlariga 

beradigan investitsiyalar tushuniladi. 

O’zbekistonda  xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda 

O’zbekiston Respublikasininng “Chet el investitsiyalari to’g’risida”, “Chet ellik 

investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida”, 

“Investitsiya faoliyati to’g’risida”gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning 

huquqiy asosi bo’lib xizmat qiladi. 

Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy barqarorlik chet el 

investitsiyasi uchu har tomonlama qulay sharoit yaratmoqda.Dalatimiz rahbarining 

oqilona siyosati natijasida qabul qilinayotgan imtiyozli muhitni yaratuvchi 

qonunlar chet ellik investorlarda tobora katta qiziqish uyg’otmoqda. Xususan, 2008 

yil 8 aprelda matbuotda e’lon qilingan “Bojxona imtiyozlarining qo’llanilish 

tartibini takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun 

hujjatlariga o’zgartirish kiritish to’g’risida”gi Qonun chet el investorlarning 

mantiqiy davomidir. 

Ma’lumki, chet el investorlari mamlakatimiz xududida o’z ishlab chiqarish 

faoliyatini, qoidaga  ko’ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil 

etish yo’li bilan amalga  oshiriladi. O’z ehtiyojlari uchun yurtimiz xududida 

zamonaviy texnologiyalar va asbob –  uskunalar, ularga butlovchi buyumlar, 

shuningdek, xomashyo va materiallar olib kirayotgan xorijiy investorlar uchun 

amaldagi qonun hujjatlarida muayyan imtiyozlar nazarda tutilgan. Jumladan , “Boj 

tarifi to’g’risida”gi Qonunning 33-moddasi va “Chet el investitsiyalari 

to’g’risida”gi qonunning 12-  moddasiga muvofiq, xorijiy investorlar tomonidan 

o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan 



40 

 

mol  –  mulkka bojxona boji solinmas edi. Yangi qonun asosida –  chet ellik 



investorlar uchun yanada qulay muhit yaratish maqsaddida – yuqorida qayd etilgan 

xar ikki qonunga o’zgartirishlar kiritiladi. Endilikda nainki chet ellik investorlar, 

ayni chog’da ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushi kamida o’ttiz uch foiz 

bo’lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ham o’z ishlab chiqarish 

ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan mal – mulk bo’yicha 

boj undirilishidan ozod qilinadilar. Mazkur qonunning qabul qilinishi matijasida 

“Boj tarifi to’g’risida”gi Qonunnig 33-  moddasida va “Chet el investitsiyalari 

to’g’risida”gi qonnig 12-  moddasida belgilangan imtiyozlar ustav fondida chet 

elinvestitsiyalarining ulushi kamida o’ttiz uch foiz bo’lgan chet el investitsiyalari 

ishtirokidagi qo’shma korxonalarga ham tatbiq etiladigan bo’ldi. Yangi qonunda 

ko’zda tutilgan imtiyozlar ana shu xayrli maqsadlarga erishishimizda muhim 

rag’batlantiruvchi omil bo’lib xizmat qiladi. Ushbu qonun xalqimiz farovonligini 

oshirishda ham ulkan ijobiy o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Xususan, aholini ish 

bilan  ta’minlash, yangi ish o’rinlari ochish, eng zamonaviy texnologiya va 

jihozlarni keltirih hisobiga ish unumi va samaradorligi oshishi muqarrar. 

O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy 

investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan qonunlar muhim o’rin tutadi. 

Vaqt o’tishi bilan iqtisodiy o’sishning jadal borishini ta’minlash, respublika 

iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta 

ko’rib chiqish zarurati ob’yektiv ravishda paydo bo’ldi. Xorijiy investitsiyalarni 

iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bo’lajak chet ellik investorlarning manfaatlarini 

hamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan holda ularni qondirish 

imkoniyatlarini o’rganishga keltirmagan holda ularni qondirish imkoniyatlarini 

o’rganishga asoslanadi. Buning uchun bir tomondan,  iqtisodiyotini tarkibidan 

qayta kurashishga qaratilgan bir qator aniq, loyixalarni amalga oshirish zarur 

bo’ladi va ikkinchi tomondan, ichki investitsiya resurslari cheklangan bir sharoitda 

xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yuqori baholanadi. Investitsiya muhitini 

yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, moliya 

bozorida raqobatni vujudga keltirish, naqt  puldagi operatsiyalarni amalga 



41 

 

oshirishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot bilan ta’minlashni 



yaxshilashdan iborat. 

O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohatlarni boshlanish davridan  chet 

el investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning xamda umumjahon 

iqtisodiy hamjamiyatga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy 

ustuvorlik berildi. Hozirda, Respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va 

xorijiy investorlarga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma barpo qilindi va bu jarayon 

takomillashib bormoqda. 

Xorijiy investorlarning huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida 

yaratilgan shart – sharoitlardan tashqari, Respublika tomonidan Adliya vazirligiga 

ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat organi vakolati berildi. 

Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay 

investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. 2008 yilda 

iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard 

AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb etildi.bu 2007 yil bilan taqqoslaganda, 

28,3 foizga ko’p bo’lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 

foizni tashkil etdi. O’zlashtirilgan barcha investitsiyalarning 50 foizga yaqini 

ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashga 

yo’naltirilganini ta’kidlash darkor. 




Download 354.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling