Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги


O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi


Download 354.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/28
Sana29.12.2021
Hajmi354.86 Kb.
#183583
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
Bog'liq
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari

 

2.4 O`zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 

korxonalar uchun imtiyozlar 

 

Hozirgi  kunda  mamlakatimizda  faoliyat  ko’ratuvchi  horijiy  investitsiyalar 



ishtirokidagi  korxonalarga  amaldagi  soliqlar  va  bojlar  yuzasidan  qator 

engilliklar,imtiyozlar  belgilangan.Ushbu  imtiyozlarning  amal  qilishi  bevosita 




45 

 

mamlakatimizda  yuritilayotgan  investitsiya  siyosatining  asosiy  negizlaridan  birini 



tashkil  etib,o’z  ijobiy  samarasini  bermoqda.Masalan,  Respublikamizda  xorijiy 

investorlar o’z ishlab chiqarish extiyojlari uchun olib kiriladigan mol-mulkidan boj 

to;lovi  olinmaydi,Respublika  investitsiya  dasturiga  kiritilgan  loyihalarga  sarf 

etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokida ishlab chiqarish korxonalari daromad 

(foyda)  soligidan  7  yil  muddatga  ozod  etilgan,korxona  jamg’armasida  xorijiy 

investitsiya  mablag’lari  hissasi  50%  va  undan  yuqori  bo’lsa,ular  2-yil  muddatga 

daromad(foyda) solig’idan ozod qilingan va boshqa soliq belgilangan. 

O`zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichida 

mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchuin qulay 

investitsiya muhitini yaratish,xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini amalga 

oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslangan: 

-tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni 

ko’zlab siyosat yuritish; 

-respublika iqtisodiyotiga bevosita kapitalk mablag’ni keng jalb etishni 

ta’minlaydigan huquqiy ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora 

takomillashtirish; 

-Respublikaga jahon darajasidagi texnologiyani etkazib berayotgan va 

iqtisodiyotni zamonaviy tarkibini vujudga keltirishga ko’maklashayotgan xorijiy 

investorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini yurgizish; 

-mablag’larni respublika mustaqilligini ta’minlaydigan,import o’rnini 

qoplovchi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan eng 

muhim ustuvor yo’nalishda jamlash. 

O`zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalarning bir maromda faoliyat 

yuritishi va investorlarning huquqlari himoya qilishi uchun me’yoriy hujjatlar 

qabul qilingan.jumladan, 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan” Chet el 

Investitsiyalari tug’risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va 

ularni himoya qilish choralari to’g’risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari 

hamda Soliq kodeksi chet el sarmoyalarini amalga oshirishni huquqiy asoslari va 

tartibini balgilab beradi.Sir emaski, o’z mablag’ini biror mamlakat iqtisodiyotiga 



46 

 

kiritmiqchi bo’lgan chet ellik sarmoyador birinchi navbatda o’zi uchun yaratilgan 



imtiyoz va engilliklarni bilishni istaydi. Shu o’rinda “Chet el investitsiyalari 

to’g’risida”gi Qonunga muvofiq chet ellik investorlar o’z ishlab chiqarish 

ehtiyojlari uchun,shuningdek chet ellik investorlarning va chet ellik  investorlar 

bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasida xorijiy 

investitsiyalarni jalb qilish va o`zlashtirish  maqsadida investorlarga bir qator 

imtiyozlar(iqtisodiy platforma) beriladi. 

Xorijiy investitsiyalar bilan tashkil etilgan korxonalar (savdo, vositachilik, 

xom ashyo yetkazib beruvchilardan tashqari) ro`yxatdan o`tgan kundan boshlab: 

-  daromad(foyda) solig`ida 1-yil  -25%, 2-yil  -50%, 3-yil 100% qishloq 

xududida 1-yil ozod qilinadi

- mulk solig`idan 2 yilga ozod qilinadi; 

-  ishlab chiqilgan maxsulotning 30% ortig`i  eksportga chiqsa, 50%ga 

daromad (foyda solig`i), 15-30% eksportga  chiqarilsa, 30% daromad (foyda) 

solig`idan ozod qilinadi; 

- ishlab chiqarish bilan band bo`lsa, yer solig`idan 2 yilga ozod qilinadi. 

O`zbekiston Respublikasida axolida soxalarga imtiyozlar berish ko`zda 

tutilgan. Unga ko`ra neft  va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy 

kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga  oshirish davrida 

soliqlardan, shuningdek ushbu ishlarni amalga  oshirish uchun zarur uskunalarni 

import qilishda bojlardan ozod qilinadi. 

Mazkur soxa korxonasi chet el xamkorlar bilan birga ochilsa: 

 -  neft  va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) 

solig`idan; 

 -  xorijiy xamkorlar ulushi kapitalidan olinadigan daromad va mulk 

solig`idan ozod qilinadi. 

Yengil sanoat soxasida: 

 -  tayyor maxsulat  ishlab chiqaruvchi korxonalar qo`shimcha qiymat 

solig`idan tashqari barcha soliqlardan ozod; 




47 

 

 -  o`z extiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, extiyot qismlarini import 



qilishda korxonalar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi. 


Download 354.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling