Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги


 O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda


Download 354.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/28
Sana29.12.2021
Hajmi354.86 Kb.
#183583
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28
Bog'liq
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari

 

2.5. O`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda 

investitsiya muhitining roli. 

 

Kichik  biznes  iqtisodiyotning  shunday  sektoridirki,  u  investitsiya  muhitida 



yuz  berayotgan  deyarli  barcha  o`zgarishlarga  moslashadi.  Kichik biznes nuqtai 

nazardan investitisiya muxitining jozibadorlik darajasini aniqlash uchun butun 

mamlakat va mintaqalardagi iqtisodiy vaziyetni ko`rsatuvchi omillar, 

iqtisodiyotning bu tarmog`iga investitsiyalar kiritish qonunlar va infratuzilmalar 

bilan qanchalik ta`minlanganligi, mintaqada bozor infratuzilmasining rivojlanish 

darajasi, malakali ishchi kuchining mavjudligi, shuningdek, mana  shu va boshqa 

omillar bilan bog`liq xatarlar bor yoki yo`qligi g`oyat muximdir. 

Xususiy tadbirkorlikning asosiy xususiyati shuki, uning uchun mintaqaviy 

omillar qoida tariqasida, investitsiyalar jalb etish jarayoniga ta`siri jixatidan 

ustunlik qiladi. Investitsiyaviy muxit taxlilini tarmoqlar bo`yicha olib borish 

zarurligini ko`rsatib o`tish kerak. Chunki, ijobiy investitsiyaviy omillar turli 

tarmoqlar uchun o`ziga xos jixatlarga ega. Ba`zi xollarda bir tarmoqda ijobiy rol 

o`ynashi mumkin bo`lgan omillar boshqa tarmoq uchun salbiy bo`ladi yoki agar 

muayyan tarmoq uchun biron-bir ko`rsatkich yetarli darajada namoyon bo`lsa, shu 

ko`rsatkichning o`zi boshqa tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanish uchun mutlaqo 

kam bo`lishi mumkin. 

O`zbekistonda kichik tadbirkorlik uchun tarmoqlar bo`yicha investitsiya 

muxiti aloxida qiziqish tug`diradi. Kichik biznes uchun o`ziga xos ba`zi 

ko`rsatkichlar sifatida quyidagilarni sanab o`tish mumkin: 

kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qullab-  quvvatlash tizimini va 



infratuzilmasini rivojlantirishning mintaqaviy ko`rsatkichi; 

egallab turgan bozor sektorlari bo`yicha(masalan,xizmatlar yoki savdo 



soxasida)raqobatlashuvchi yirik firmalarning mavjudligini va rivojlanish darajasi; 


48 

 



maxalliy bank tizimining rivojlanish darajasi va boshqa omillar. 

Kichik korxonalar o`zlariga xos xususiyatlar tufayli investitsiya resurslarini 

jalb etish uchun xizmat qiladigan ko`p sonli manbalarning ayrimlaridagina 

foydalana oladilar. Masalan, shuni qayt etish kerakki, kichik tadbirkorlikdagi ichki 

moliyalash manbalari tadbirkor o`zini o`zi investitsiyalashi uchun beradigan 

imkoniyatlar yirik firmalarning imkoniyatlari darajasida emas. Shunga qaramay, 

bu manbalardan kichik tadbirkorlikda foydalanish sezilarli samara berishga qodir 

bo`lib, jalb etish samaradorligi jixatidan bir qancha afzalliklarga ega. Shunday 

qilib, investitsiya resurslarini shakllantirishning qulay manbalar sonini ko`paytirish 

xam mavjud manbalardan foydalanish samaradorligini oshirish xozirgi vaqtda

birinchi navbatda, kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan qullab-quvvatlash 

tuzilmalarning muxim vazifasi bo`lib qolmoqda. 

Kichik korxonalarning muxim xususiyati shuki, u moddiy shaklda oladigan 

resurslardan yirik firmalarga qaraganda ancha samarali va moliyaviy resurslarga 

qaraganda nisbatan samaraliroq foydalanish xususiyatiga ega. Ushbu xususiyatga 

sabab shuki, eng avvalo, kichik korxonalarni boshqarish tuzilmasi, odatda unchalik 

konservativ bo`lmaydi. Bu esa moliyaviy mablag`lardan foydalanish uchun salbiy 

omil, buyum xolidagi investitsiyalar uchun esa ijobiy omildir. Moliyaviy 

investitsiyalarni qidirib toppish, jalb etidh va ishlab chiqarishga kiritish jarayoni 

xamma vaqt ancha rasmiylashgan va me`yoriy xujatlar bilan belgilab quyilgan 

bo`ladi. Qoida tariqasida yuqori darajali professional moliyachilarga ega 

bo`lmagan kichik korxona uchun esa bu operatsiya qo`shimcha qiyinchiliklar 

tug`iladi. Shu sababli kichik korxonalar moddiy investitsiyalari jalb etish 

imkoniyatlarini kengaytirishdan manfaatdor. Intelliktual resurslar (texnologiyalar, 

“nou-xau”, savdo markalari va boshqalar) bundan mustasno, lekin bu soxada ham 

kichik korxona nazarida tayyor maxsulotni sotib olish uchun mablag` yetarli emas, 

balki investitsiyalar sifatida shu tayyor maxsulotning o`zini olish ma`qulroq. 

Bozor isloxotlarini amalga  oshirayotgan bir qator mamlakatlarda moddiy 

investitsiyalarni jalb etish turli shakllari orasida lizing, franchayzing va tolingdan 

juda faol foydalanilmoqda. Buning ustiga, kichik tadbirkorlikni davlat tomonidan 




49 

 

qullab-quvvatlash organlarining mavjud va ishlab chiqarilayotgan dasturiy xamda 



meyoriy xujatlarida mazkur shakllarga katta o`rin berilmoqda. Moddiy 

investitsiyalashning turli shakllaridan foydalanish samarasi ko`p jixatdan bunday 

operatsiyalarda vujudga kelayotgan rivojlanish darajasi, tegishli bozor 

infratuzilmasining rivojlanganligi bilan belgilanadi. 

Xususiy tadbirkorlikni va bu soxaga investitsiyalarni jalb etishni 

rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni ta`minlaydigan davlat siyosatini 

amalgam oshirish institutsiyaviy va xuquqiy tizimni doimiy ravishda 

takomillashtirishni talab qiladi. Bu tizimning samarali ishlashi uning barcha 

unsurlari bir-birining vazifasini juda kam takrorlangan xolda doimiy ravishda 

o`zaro aloqada bo`lishini xamda faoliyatlari muvofiqlashtirilishini taqazo etadi. 

2000 yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 

to`g`risida”gi Qonun kichik biznesni tartibga solishning xuquqiy asoslarini 

rivojlantirish soxasida davlat faoliyati takomilashuviga olib keladi. Shu bilan birga, 

aytish kerakki, bozor munosabatlarini shakillantirish sharoitida kichik 

tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash rag`batlantiradigan, tanlab 

qo`llaniladigan bozor mexanizmlarida muvozanat bulishiga olib kelmaydigan 

bo`lishi kerak

12




Download 354.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling