Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги


III BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI SUG’URTALASH VA


Download 354.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/28
Sana29.12.2021
Hajmi354.86 Kb.
#183583
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Bog'liq
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari

III BOB. XORIJIY INVESTITSIYALARNI SUG’URTALASH VA 

TAVAKKALCHILIK 

 

3.1. O`zbekiston Respublikasida sug`urta bozorining rivojlanish va ularni 

qonunlashtirish. 

 

Bugungi 



kunda 

O`zbekiston 

respublikasi 

Prezidenti 

I.A.Karimov 

tashabbuslari  bilan  moliyaviy  bozorni  yanada  rivojlantirish,  uning  oshkoraligi  va 

barqaror 

faoliyatini 

ta`minlash, 

zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarini  tatbiq  etish,  xo`jalik  yurituvchi  sub`yektlar  tomonidan 

investitsiyalar  jalb  etilishini  faollashtirish  borasida  tegishli  vazirlik  va  idoralar 

tomonidan jadal ishlar amalgam oshirilmoqda. Bu esa o`z navbatida, axoli turmush 

tarzini yaxshilanishiga,ishsizlikni oldini olishga va eng asosiysi kambag`allikni 

yo`qotishga turtki bo`ladi. Oxirgi yillarda O`zbekiston Respublikasi 

iqtisodiyotining barcha soxalarida shu jumladan, sug`urta soxasida xam chuqur 

isloxotlar amalgam oshirildi. O`zbekiston Respublikasi “Sug`urta faoliyati 

to`g`risida”gi Qonunga kiritilgan o`zgartirish va qo`shimchalar xamda, 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007yil 10 apreldagi 618-sonli “Sug`urta 

xizmatlari bozorini yanada islox qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari 

to`g`risida”gi va 2008 yil 21 maydan  gi 872-sonli “Sug`urta xizmatlari bozorini 

yanada islox qilish va rivojlantirishga oid qo`shincha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 

Qarorlari, sug`urta, sug`urta faoliyati va sug`urta nazoratining qonunchilik va 

me`yoriy-xuquqiy bazasini yanada takomillashtirishning yaqqol misoldir. 

Bundan tashqari, mazkur Prezident qarori asosida, mol-mulk sug`urtasi va 

xayotni uzoq muddatli sug`urtalash bo`yicha axoli va korxonalarning to`langan 

sug`urta mukofotlati ularning daromad soligi bazasidan chiqarilishi belgilanadi, bu 

bilan shaxsiy sug`urtani va avvalo jamg`arib boriladigan sug`urta turlarini 

rivojlanishiga ulkan baza yaratib berildi. Hozirda O`zbekistonda 29 ta sug`urta 

konpaniyasi faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu sug`urta kompaniyalaridan 4tasi 

davlat ulushiga ega sug`urta kompaniyalari hisoblanadi, bular “O`zbekinvest” 




53 

 

EIMSK, “O`zagrosug`urta” DASK, “Kafolat” DASK va “Madad” Sug`urta 



agentligidir. “O`zbekinvest hayot” sug`urta kompaniyasi hayot sug`urtasi soxasida 

faoliyat yuritadi va yana bitta qayta sug`urta faoliyatini amalgam oshiruvchi 

“Transinshurans” sug`urta kompaniyasi mavjud. Qolgan 27 ta sug`urta 

kompaniyasi umumiy sug`urta soxasida faoliyat yuritmoqda. 

2007 yil yakunlariga ko`ra, O`zbekistonda faoliyat yuritilayotgan sug`urta 

kompaniyalarning jami nizom jamg`armasi 26,7 mlrd. So`mni va xorijiy valyutada 

67,1 MLN. AQSH doll. tashkil etadi. Takidlash joizki jami nizom jamg`armasining 

so`mdagi qismi o`tgan yilga nisbatan 1,5 barobar oshdi. 

O`zbekiston hududida faoliyat yuritilayotgan sug`urta kompaniyalari 

tomonidan 2007 yilda barcha sug`urta turlari bo`yicha 72,0 mlrd. So`m, sug`urta 

mukofotlari yig`ilgan bo`lib, bu 2006 yilga 44.7 %ga ko`pdir. 

Yig`ilgan sug`urta mukofotlarining 95.3 %i ixtiyoriy sug`urta turlariga tug`ri 

keladi, majburiy sug`urta turlarining ulishi esa 4.7 % ni tashkil qiladi. Mazkur 

holat respublikamizda ihtiyoriy sug`urta turlarining jadal rivojlanayotganligidan 

dalolat beradi. Sug`urta bozori bo`yicha jami to`lab berilgan sug`urta 

qoplamalarining hajmi 7.9 mlrd. so`mni tashkil qilgan bo`lib, bu o`tgan yilga 

nisbatan 14.5% ga ko`pdir. 2007 yil yakunlariga ko`ra sug`urta kompaniyalari 

tomonidan amalgam oshirilgan investitsiyalar miqdori 207.9 mlrd. so`mdan 

oshgan, bu ko`rsatkich 2006 yildagi ko`rsatkichga nisbatan 12.5%ga ko`pdir. 

Yalpi sug`urta mukofotlari xajmining yalpi milliy maxsulotdagi ulushi

sug`rta bozori rivojlanishi ifodalovchi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkich 

xisoblanadi. Ushbu ko`rsatkich oxirgi yillarda 0.3% atrofidagi barqarorlikka 

erishdi, bu maxalliy sug`urtalovchilar tomonidan sug`urta xizmatlariga bo`lgan 

to`lovga qobil talabning to`liq qondirilganligidan dalolat beradi. Shunday qilib, 

shuni ta`kidlab o`tish joizki O`zbekistonda sug`urtalash va qayta sug`urtalash 

faoliyati yuqori o`sish sur`atlarini saqlab turibdi va sug`urtaning iqtisodiyotdagi 

axamiyati kundan kunga oshib bormoqda. 


Download 354.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling