Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги
O`zbekiston Respublikasida Halqaro kafolatlarni qo’llash masalalari
Download 354.86 Kb. Pdf ko'rish
|
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari
3.3. O`zbekiston Respublikasida Halqaro kafolatlarni qo’llash masalalari
Xalqaro kafolatlar-tovarlar va kapitallar xarakatini uzluksiz va doimiy xarakat qilinishi ta’minlanishiga xizmat qiladi. Xalqaro kafolatlar import qiluvchilarni sifatsiz tovarlar qabul qilishdan, eksport qiluvchilarni esa tovarlar xaqini ololmay qolish xavfidan saqlaydi. Xalqaro kafolatlar xalqaro operatsiyalarning barcha asosiy turlaridan qo’llaniladi jumladan,bularga: -xalqaro kreditlar bo’yicha beriladigan kafolatlar; 58
-eksport-import operatsiyalari bo’yicha beriladigan kafolatlar: -to’g’ri va portfelli investitsiyalar bo’yicha beriladigan kafolatlarni kiritish mumkin.
Xalqaro kafolatlar markaziy banklar, tijorat banklari, korporatsiyalar, hukumat va xalqaro tashkilotlar tomonidan beriladi. Xalqaro kafolatlar banklar va boshqa kafolat beruvchi tashkilotlar uchun muhim daromad manbai hisoblanadi, ammo bular yuqori riskli operatsiyalar hisoblanadi. Xalqaro kafolartlarda uchinchi bir tomonining ishtirok etishi shartdir . Aynan mana shu kafolat beruvchi tomoning to’lovga layoqatligi asosiy masala bo’lib hisoblanadi. Xalqaro kafolatlar xalqaro miqyosida tan olingan sub’ektlar tomonidan beriladi 14 .
To’gi kafolatlar- kafolat beruvchi tomon bevosita eksport-import operatsiyalarida kafolat beradi. Bunda mazkur to’lov bo’yicha majburiyatlarni to’lik o’z zimmasiga oladi. Bunday kafolatlar to’lov talabnomalari bo’yicha hisob- kitoblar,hujjatlashtirilgan akkreditiv bo’yicha hisob-kitoblarda keng qo’llaniladi. Vositalashgan kafolatlar. Bunda kafolat beruvchi uziga xos tarzda vositachilik vositasini utaydi. Bunday kafolatlar eksport-import operatsiyalarida keng ishlatiladi. Tasdiqlandan kafolatlar. Bunday kafolatlar berilgan kafolatlarni tasdiqlash shaklida namoyon bo’ladi. Masalan, bank o’z mijozi bo’lgan import qiluvchining to’lov majburiyatlari bo’yicha kafolat bergan bo’lsa, eksport qiluvchining banki ham ushbu kafolatlar bo’yicha majburiyatni yo’li bilan amalga oshiriladi. Xalqaro kafolatlatni yana quyidagi asosiy shakllari ham mavjud: 1.To’lov bo’yicha barilgan kafolatlar. 2.Sifatli maxsulotlar etkazib berish bo’yicha barilgan kafolatlar(jarima, qo’shimcha harajatlar)
14 Yo.Q.Qorayeva. I.U.Nematov “Xorijiy investitsiyalar” fani bo’yicha ta’lim texnologiyasi./ “Iqtisodiy ta’limdagi o’qitish texnologiyasi” seriyasidan. – T.: TDIU, 2008, 154 – bet. 59
O’zbekiston Respublikasida halqaro kafolatlardan foydalanish masalasi eng dolzarb masalalardan biri bo’lib turibdi. Respublikada kata summada moliyalashtirilayotgan loyihalarning aksariyati davlat ulushining ko’pligi sababli, halqaro kafolatlarni ishlatuvchi ыгиэуле xukumatdir. Bunday yirik loyihalarga kukdumalok neft’ majmuini misol qilib keltirishimiz mumkin. Olinayotgan halqaro kreditlarning asosiy qismi O’zbekiston Respublikasi hukumatining kafolati bilan olinmoqda. Halqaro kafolatlarni berishda tijorat tuzilmalari va banklarning ahamiyati kattadir.O’zbekiston Respublikasida halqaro kafolatlar o’rnini bosuvchi majburiyatlarni pul mablag’lari bilan ta’minlash tizimi keng qo’llaniladi.
Download 354.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling