Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги
Download 354.86 Kb. Pdf ko'rish
|
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari
54
O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirishga katta e`tabor qaratilib, investorlarga ko`maklashish va kafolatlar berish uchun investitsiya, soliq tizimida va bojxona tizimi shakllantirildi. Bunday tizimning tarkibiy qismi bo`lgan sug`urtaning shakllantirilishi xorijiy va tijorat xatarlaridan investorlarga siyosiy va tijorat xatarlaridan sug`urta kafolatini taqdim etish imkoniyatini yaratadi. O`zbekiston xukumati tomonidan sug`urta soxasini rivojlantirishga katta e`tabor berilib, sug`urta bozorini bosqichma-bosqich islox qilish amalgam oshirilmoqda. Xozirgi paytga kelib, sug`urta faoliyatini tartibga soluvchi amaldagi, umumiy, maxsus qonunchilik xamda qonunga asoslangan va ma`muriy-me`yoriy xujjatlarni o`z ichiga oluvchi qonunchilik tizimi yaratildi. Bunday sug`urtalash xuquqiy tizimning mavjudligi respublika sug`urta bozorini rivojlantirishga va takomillashtirishga asos bo`ldi. Shuni aloxida ta`kidlash kerakki, O`zbekiston Respublikasining sug`urta qonunchiligi O`zbekiston xududida yuridik va jismoniy shaxslarga sug`urta tashkilotlarini tashkil etishda investorlarning nizom sarmoyasida qatnashis ulushini qattiq chegaralashni nazarda tutmaydi. 2000 yilning oxiriga kelib respublikamizda 28 ta sug`urta tashkiloti failiyat ko`rsatadi. 2007 yilga kelib, ulardan 25 tasi faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning 300 bo`linmasi, shu jumldan, chet el sug`urta bozori vakillari ishtirokida tuzilgan to`rtta sug`urta va broketlik kompaniyasi ish olib bormoqda. O`zbekiston Respublikasida olib borilayotgan iqtisodiy isloxotlarning ustivor yo`nalishlari amalgam oshirilishi investitsiya faoliyatini jadallashtirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishga, eksport saloxiyatini kengaytirish va eksportning o`sishiga ko`maklashishiga qaratilgan. Bu esa, sug`urta kompaniyalari faoliyatini keng kamrovda rivojlantirishni taqazo etadi. Xususan maxsulot va xizmatlar bozorlarida O`zbekiston eksportchilariga sug`urta ximoyasi taqdim etish maqsadida, “O`zbekinvest” eksport-import milliy
55
sug`urta kompaniyasi tashkil etildi. Bu sug`urta kompaniyasi milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy xamkorlar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to`sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik xarajatlaridan sug`urtaviy ximoya qilishni xamda O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga sarmoya saflanayotgan xorijiy investorlarning mulkiy va shaxsiy manfaatlarini kimpleks sug`urtaviy ximoya qilishni ta`minlaydi. Siyosiy xatarlardan sug`urtalash bo`yicha xalqaro tamoyillarga asoslangan xolda “O`zbekinvest-interneyshnl” AJ xorijiy investitsiyalarni va savdoni sug`urtalash soxalarida o`zining sug`urta xizmatlarini taqdin etadi. Bugungi kunda, bu kompaniya xorijiy inveatitsiyalarni kuyidagi siyosiy xatarlardan sug`urtalamoqda: mulkni musodara qilishdan; ekspropriatsiyadan; mulkdan maxrum qilinishdan yoki milliylashtirilishidan; qo`shimcha xatarlar sifatida – tanlovli kamsitishlardan; aktivlardan majburiy maxrum etilishdan; eksport-import embargosidan bekorqilishidan; urush va fuqarolar g`alayonidan; xukumat shartnomasi bekor qilinishidan xukumat kafolatlarining noqonuniy ravishda yo`q qilinishidan va boshqalardan. Uzoq muddatli xatarlarni qoplash bo`yicha kompaniya jaxon sug`urta biznesining yetakchi sug`urta va qayta sug`urtalash kompaniyalari, xalqaro moliyaviy institutlari xamda davlat eksport-kredit agentliklari bilan, qisqa muddatli xatarlar bo`yicha xatarlarni sug`urtalovchi xususiy bozor kompaniyalari bilan faol xamkorlikni rivojlantirilmoqda. Yirik investitsiya loixalarini qoplash bo`yicha qo`shma korxonaning AIG(AQSH) sug`urta kompaniyasi va Lioyds bozoridagi xususiy kompaniyalar bilan shartnomalari bor. Kompaniya faoliyati davomida qayta sug`urtalashni keng yo`lga qo`ygan xolda, tashqi savdo shartnomalari va O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga yo`naltirilayotgan investitsiyalar bo`yicha umumiy xisobda 884.76 mln.AQSH dollar miqdorida sug`urta ximoyasi taqdim etildi 13 .
13
Самарходжаев Б.Б. Инвеститции в Республики Узбекистан (муждународно – частноправовой аспект).Ташкент, 2003 г. 56
O`zbekistonda amalgam oshirilayotgan investitsion loixalar va tashqi savdo shartnomalarini xorijiy banklartomonidan ushbu davlatlarning eksport-kredit agentliklarining kafolatlarisiz moliyalashtirish uchun qulay sharoit yaratish bo`yicha qo`shimcha tarzda kompaniya tomonidan maqsadli strategic reja amalgam oshirilmoqda. Siyosiy koxronlardan imtiyozli shartlar asosida sug`urtalashning taqdim etilishi neft qazib olish va gaz-kimyo tarmoqlari, qishloq xo`jaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, telekommunikatsiya soxasi xamda paxta tolasi va respublika metallurgiya sanoati maxsulotlarining eksport shartnomalari bo`yicha avans to`lovlarini o`z vaqtida olish uchun ushbu banklar resurslarini jalb etish va ulardan foydalanish imkonini beradi. Xulosa qilib aytganda, respublikamizda xorijiy investitsiyalarni, umuman, investitsiya faoliyatini sug`urtalash mexanizmi yaratiladi. Mavjud mexanizmni yanada takomillashtirish, xorijiy investorlarga sifatli, arzon va qulay sug`urta xizmatlarini ko`rsatish milliy va qo`shma sug`urta kompaniyalarimizning asosiy maqsadidir. Ushbu maqsadlarni amalgam oshirish va jaxon talablariga to`la javob bera oladigan sug`urtalash tizimini yaratish uchun:
Download 354.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling