Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги алишер навоий номидаги
Investitsiyalaring tavakkalchilik darajasi
Download 354.86 Kb. Pdf ko'rish
|
investtsiya faoliyati bilan bogliq munosabatlarni huquqij tartibga solish muammolari
3.4. Investitsiyalaring tavakkalchilik darajasi.
Investitsiyalar tavakkalchilik darajasi bo`yicha yuqori tavakkalli va past tavakkalli Investitsiyalarga ajratiladi. Moliya soxasida tavakkalchilik deganda investitsiyalarga mutloq yoxud nisbiy miqdordagi foyda qutilganidan ancha kam bo`ladi, boshqacha aytganda “tavakkalchilik” atamasi kutilmagan natija olish imkoniyatini anglatadi. Qo`yilma mablag`lariga foydani mutloq yoxud nisbiy miqdorlarini yoyilishi qanchilik keng bo`lsa tavakkalchilik shunchalik katta bo`ladi va aksincha. Yakka investor eng kam tavakkalchilikka ega bo`lgan davlat qimmatli qog`ozlardan tortib eng yuqori tavakkalik tovarlargacha bo`lgan vositalarni keng tanlash imkoniyatiga ega. Albatta, tavakkalchilik ko`p xollarda emitentning, vositachisining yoki muayyan mioliyaviy vositalarni sotuvchisini sofdilligiga bog`liq. Past tavakkallik Investitsiyalar muayyan daromad olishni xafsiz vositasi xisoblanadi. Aksincha, yuqori tavakkallik investitsiyalar chayqovchilik xisoblanadi. Investitsiyalash va chayqovchilik atamalari investitsiyalashga ikki turlicha yondashuvni anglatadi. Aytib o`tilgandek, investitsiyalash deganda qiymati barqaror turadigan va nafaqat daromadni ijobiy miqdorni olish, balki oldindan daromadni aytish mumkin bo`lgan qimmatli qog`ozlar va boshqa aktivlarni sotib olish jarayoni tushuniladi. Chayqovchilik shunday aktivlar bilan 60
operatsiyalarni amalgam oshirishdan iborat bo`lib, faqat ularni bo`lajak qiymati va kutilayotgan daromad darajasi ishonchli bo`lgan xolatdir. O`zbekiston xukumati tomonidan sug`urta soxasini rivojlantirishga katta e`tabor berilib, sug`urta soxasini rivojlantirishga katta e`tabor berilib, sug`urta bozorini bosqichma-bosqich islox qilish amalgam oshirilmoqda. O`zbekiston Respublikasida chet el investitsiyasini ximoyalash rasmiy davlat sug`urta agentligi hisoblangan sug`urtalash tizimi va chet el sug`urta kompaniyalari ishtirokidagi qo`shma sug`urta kompaniyalari orqali ta`minlanadi. Xalqaro kafolatlar – tovarlar va kapitallar xarakatini uzluksiz va doimiy xarakat qilinishi ta`minlanishiga xizmat qiladi. Xalqaro kafolatlar import qiluvchilarni sifatsiz tovarlar qabul qilishdan, eksport qiluvchilarni esa tovarlar xaqini ololmay qolish xafidan saqlaydi. O`zbekiston Respublikasida xalqaro kafolatlardan foydalanish nasalasi eng dolzarb masalalardan biri bo`lib turibdi. Respublikamizda katta summa moliyalashtitilayotgan loixalarning aksariyati davlat ulushining ko`pligi sababli, xalqaro kafolatlarni ishlatuvchi sub`ekt hukumatdir.
Download 354.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling