Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги андижон машинасозлик институти “ижтимоий фанлар” кафедраси


Fuqarolik jamiyati qator tamoyillar


Download 0.79 Mb.
bet11/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#245328
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   131
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè àíä

Fuqarolik jamiyati qator tamoyillarga tayanib faoliyat ko‗rsatadi.

Jumladan:

- siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi;
- butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‗lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlangan huquqiy himoyasi;
- individlarni mulkka ega bo‗lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqtisodiy mustaqilligi;
- qonun bilan kafolatlangan fuqarolarni manfaatlari, kasbiy belgilari bo‗yicha davlatdan va partiyadan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari;
- partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi;
- fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma‘naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a‘zolarini qonun oldida ma‘suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta‘lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa sharoitlarni yaratish;
- faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari OAV yaratish va faoliyat yurgizish erkinligi;
- davlat va fuqarolik jamiyati o‗rtasidagi munosabatni barqarorlashtiradigan mexanizmni (konsensus mexanizmi) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyatini ishlashini davlat organlari tomonidan xavfsizligini ta‘minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‗ladimi, norasmiy bo‗ladimi, u o‗z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini demokratik saylov bilan hokimiyatning, o‗z-o‗zini boshqarishturli organlari va h.k. tayinlash kabilarni oladi.
Iqtisodiy sohada fuqarolik jamiyat asosini ko‗p ukladli iqtisod, mulkning turli shakllari boshqariladigan bozor munosabatlari tashkil etadi; Huquqiy sohada esa – hokimiyat boshqaruvi vakolatlarini markazda yig‗ilib qolmasligi, hokimiyatlar bo‗linishi, siyosiy plyuralizm, fuqarolarning davlat va jamoat ishlarida ishtirok etishlari, qonun ustivorligi hammaning ular oldida tengligi; ma‘naviy sohada-yagona mafkura va dunyoqarashning yakka hokimligini yo‗qligi, vijdon erkinligi madaniylik, yuqori ma‘anaviyat va axloq tashkil etadi.
Fuqarolik jamiyati shaxs erkinligisiz bo‗lmaydi. Erkinlik me‘yoriy ko‗rinishga ega bo‗lgani uchun, bunday shunday xulosa kelib chiqadiki, bir tomondan inson erkinlikka uning normativ talablariga bo‗ysunish qobilyati natijasida ega bo‗ladi, boshqa tomondan, shaxs erkinligi borlig‗ining tashqi shakli bu erkinlikning chegaralarini belgilovchi ijtimoiy me‘yorlar hisoblanishini anglatadi. Va faqatgina, jamiyat uchun yoki insonning o‗zi uchun eng muhim ahamiyatga ega, eng asosiy hisoblangan sohalardagina davlatning o‗zi erkinlikning o‗lchovini, me‘yorini belgilab beradi. Bu esa huquqiy me‘yorlar, qonunlar, konstitutsiya yordamida amalga oshiriladi.

Bunda huquqiy va erkinliklarning o‗zi, jumladan konstitutsionlari bir tomondan fuqarolik jamiyatining rivojlanganlik darajasi bilan uning iqtisodiy, ijtimoiy, ijtimoiy-siyosiy tashkillanganligining etukligi darajasi bilan belgilanadi. Boshqa tomondan inson va fuqaroning huquq va erkinligining to‗liqligi bilan, ularning kafolatlanganligi darajasiamalga oshirish ketma-ketligi fuqarolik jamiyatining huquqiy demokratik jamiyat sifatidagi, haqiqiy erkinlik va ijtimoiy adolatli jamiyat sifatida muhim harakteristkalarining chuqurlashuvi, rivojlanishga ko‗p tomondan bog‗liq bo‗ladi. bu o‗rinda inson va fuqaro huquqlari fuqarolik jamiyatining o‗z vositasi namoyon bo‗ladi. Ushbu muhim funksiyalarnibajarish darajasida fuqarolik jamiyati qator muhim funksiyalarni bajaradi:


1.Qonunchilik asosida u insonning va fuqarolarning shaxsiy xayot sohasini
davlat va boshqa siyosiy strukturalarning asoslanmagan qat‘iy muvofiqlashtirishidan himoya qilishni ta‘minlaydi.
2.Fuqarolik jamiyati uyushmalari asosida ijtimoiy (jamoatchilik) o‗zini – o‗zi boshqarish mexanizmlari yaratiladi va rivojlantiriladi.
3.Fuqarolik jamiyati davlatning demokratik organlarini, uning barcha siyosiy tizimini shakllanishi va sodda ko‗rinishga keltirishga ko‗mak beradi; buning uchun u turli vositalardan foydalanadi: saylov kampaniyalaridan va referendumlarda, norozilik yoki bu yoki u talablarini qo‗llab-quvvatlash aksiyalarida, u yoki bu masaladar bo‗yicha jamiyatni shakllantirishdafaol ishtirok etish.
4.Fuqarolik jamiyatining institutlari va tashkilotlari insonlarning huquq va erkinliklarini real kafolatlashlarini davlat va jamoat ishlarida teng ishtirokini ta‘minlashga qaratiladi.
5.Fuqarolik jamiyati o‗z a‘zolariga nisbatan ijtimoiy nazorat funksiyalarini bajaradi: u davlatdan mustaqil ravishda vosita va sanksiyalar berishga ega bo‗lishi mumkinki, ularning yordamida u individlarning jamoa talablariga rioya qilishlariga majburlashi, fuqarolarning ijtimoiylashuvini va tarbiyalanishini ta‘minlanishi mumkin.
6.Fuqarolik jamiyati kommunikatsiyaviy vazifani bajaradi. Bu jamiyat davlat organlariga fuqarolarning konkret manfaatlari haqida xabardor qilib turadi,bu manfaatlarni amalga oshirish esa faqat davlat organlariga tegishli bo‗ladi.
7.Fuqarolik jamiyati o‗z institutlari va tashkilotlari bilan barqarorlashtiruvchi vazifasini bajaradi. U davlat oldida tang holatlar yuz bergapnida unga yordam beradi, jamiyat hayotini yashashini ta‘minlaydigan mustahkam strukturalarini yaratadi.
Ma‘lumki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‗ng, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. SHu kabi jamiyatgina O‗zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an‘analar va ma‘naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma‘naviy-axloqiy kamol topishini ta‘minlay olishi e‘tirof etildi.
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‗zining «O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida shunday deb ta‘kidlaydi: «Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‗lib, u insonning o‗z-

o‗zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‗la darajada ro‗yobga chiqishiga ko‗maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‗l qo‗yilmaydi. YA‘ni erkinlik va qonunga bo‗ysunish bir vaqtning o‗zida amal qiladi, bir-birini to‗ldiradi va bir-birini taqozo etadi». 6


Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‗lganligi bois, birinchi navbatda O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‗rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‗z ifodasini topishiga alohida e‘tibor berildi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi prinsipial ahamiyatga ega bo‗lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas‘ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linishi prinsipiga asoslanishi (11-modda), O‗zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‗rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) kabilarda fuqarolik jamiyatining asosiy prinsipial masalalari yuridik jihatdan mustahkamlanganligini ko‗rishimiz mumkin.
Mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‗yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy prinsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish,axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‗z erkinligini ta‘minlash, saylov huquqi erkinligini ta‘minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo‗yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi.
O‗zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‗yiyaa amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutti tomonidan uch bosqichga bo‗lib tahlil qilish tavsiya etiladi.7
Birinchi bosqich o‗z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatldafuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi
Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demoeratlashtirish va modernizatsiyalash bo‗yicha faol jarayonlar davom ettirildi.
2010 yil 12 noyabrda O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining ―Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuvurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi‖e‘lon qilindi. Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‗yicha olib borilayotgan


  1. Kаrimоv I.А. «O‘zbеkistоn XXI аsr bo‘sаg‘аsidа: хаvg‘sizlikkа tахdid, bаrqаrоrlik shаrtlаri vа tаrаqqiyot kаg‘оlаtlаri» T.: O‘zbеkistоn, 1997.




  1. Fuqarolik jаmiyati shаkllаnishini mоnitоring qilish instituti jоriy аrхivi. 2013 y. yakunlаri bo‘yichа mа‘ruzа. -B.3-






ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va yani – uchinchi bosqichni boshlab berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan isloxatlarining mazmun moxiyatidan kelib chiqib fuqarolik jamiti tushunchasiga turli xil darajada tariflar berilmoqda. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan fuqarolik jamiyatiga quyidagicha ta‘rif berildi: ―Fuqarolik jamiyati – bu qonun ustuvorligi qiladigan; inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyalashnita‘minlanadigan, shaxsning rivojlanishi va o‗zligini namoyon qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan; aholinig keng qatlamlari tomonidan qo‗llab-quvvatlanidigan mustaqil qva barqaror institutlar amal qiladigan ijtimoiy makondir‖.
YUrtimizdagi jamiyatshunos olimlar ham fuqarolik jamiyatini ―Fuqarolar o‗rtasidagi muaayyan kompromiss, davlat va nodavlat tashkilotlpr o‗rtasida konsensus madaniyati vudulga kelganda, shuningdek, dunyoqarashlar plyuralizm, davlat hokimiyati organlari bilan o‗zaro ta‘sirga kirishishga layoqatli jamoatchilik institutlari vujudga kelganda shakllanishi mumkin.8 deya tariflaydi. Fuqarolik jamiyati tushunchasiga tariflarning turli-tumanligi fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining murakkab, ko‗p qirrali jarayyon ekanligi bilan xarakterlanadi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda demokratik jamiyat barpo qilishning ustuvor yo‗nalishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Buni biz qonunchilikning demokratik tamoyillari, fuqarolik institutlarining huquqiy kafolati rivojlanishi, milliy g‗oya mafkurasining shakllanishi hayotimiz va yashash tarzimizda muhim ahamiyat kasb etishida ko‗ramiz. Birinchi Prezident Islom Karimov Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatining qo‗shma majlisida (2010 yil 12 noyabr) ustuvor yo‗nalishlardan biri sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi hamda ravnaq topishiga alohida e‘tibor qaratib, “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilni amalda to‗liq tatbiq etishning aniq va ravshan qirralarini belgilab berdi.
Birinchi Prezident I.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Faqatgina biz tanlagai bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo‗li xalqimiz ko‗zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo‗lgan, qonun ustuvorligini ta‘minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar‖9.
Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi bo‗yicha qo‗yidagi xulosalar chiqarish mumkin:


  • fuqarolik jamiyatining shakillanishi uzoq davom etib kelayotgan murakkab tarixiy jarayondir.Fuqarolik jamiyatining ba‘zi bir unsurlari qadimgi YUnoniston va Rimda namoyon bo‗lgan vaqtdanboshlab YAngi davrda shakllanish elementlari va xozirgi kunda bir butun tizim sifatida paydo bo‗lishi.




  • fuqarolik jamiyati g‗oyasi insoniyatning antik davrdan beri davom etib kelayotgan tafakkuri maxsulidir. Avesto manbalarida, Qadimgi yunon faylasuflari




  1. А.Bеgmаtоv. Mustаqillik dаvridа fuqarolik jаmiyati аsоslаrining yarаtilishi vа evоlyutsiyasi. O‘zbеkistоnning eng yangi tаriхi mаsаlаlаri 2015 №1 66-bеt.




  1. Kаrimоv I.А. Оnа yurtimiz bахtu iqbоli vа buyuk kеlаjаgi yo‘lidа хizmаt qilish — eng оliy sаоdаtdir. -T.: O‘zbеkistоn. 2015. -B.126.

fikrlarida, O‗rta asr mutafakkirlarining qarashlarida, Uyg‗onish va Reformatsiya davri g‗oyalari va bugun XXI asr jahon xamjamiyati tomonidan umuminsoniy ijtimoiy madaniy qadriyatlar sifatida e‘tirof etilishi. Har qanday fan,o‗z mohiyatiga ko‗ra umumbashariydir.Dunyoning barcha xalqlari katta-kichikligidan qat‘iy nazar uning rivojiga turli xil darajada hissalarni qo‗shgan.SHu nuqtai nazardan fuqarolik jamiyatining shakillanishi va rivojlanishi to‗g‗risidagi g‗oyalar qarashlarni bir yoqlama bo‗rttirish yoki kamsitish xato yondashuvdir.


  • fuqarolik jamiyatining xususiyatlari, belgilari,tamoyillari har qanday ijtimoiy tizimda mavjud, biroq ularning rivojlanish darajasi turli xil bo‗lishi mumkin.




  • fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonlari xolati ijtimoiy hayotning va davlat hokimiyati boshqaruvining demokratlashib borishi bilan birgalikda kechadi.




  • fuqarolik jamiyatining shakillanishi huquqiy davlatchilikning shakillanish jarayoni bilan takomillashib boradi.




  • har bir davlatda fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va shakillanishi o‗ziga xos mental xususiyatlarga bog‗liq holda tadrijiy rivojlanish modellari asosida amalga oshiriladi.




  • hozirgi dunyoda biron bir mamlakat fuqarolik jamiyat qurishning etuklik bosqichiga erishmagan va bu uzuluksiz davom etadigan jarayondir.



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling