Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги андижон машинасозлик институти “ижтимоий фанлар” кафедраси


Ikkinchi yo’nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada isloh, qilishning ustuvor yo’nalishlaridan iborat


Download 0.79 Mb.
bet38/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#245328
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   131
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè àíä

Ikkinchi yo’nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-xuquq tizimini yanada isloh, qilishning ustuvor yo’nalishlaridan iborat. Bunda sud xokimiyatining chinakam samaradorligini taminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi.
Mazkur yo‘nalishda fuqarolarning xuquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taminlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali ishlashi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e‘tibor beriladi. Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, xozirgi kun talablari asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalar ilgari surildi. Jumladan, ma‘muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlarini to‘la himoya qila oladigan, ularning muammolarini o‘z vaqtida xal qilib beradigan sud tizimini vujudga keltirish talab etiladi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muximi, turli xuquqbuzarliklarni oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini yanada chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sud-xuquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, qonunga rioya qilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning yuksak madaniyatiga erishish yo‘l-yo‘riqlari aniq-ravshan aks ettiriladi.
Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish orqali sud-xuquq organlarini «jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya qiladigan, ularning kundalik yumushlariga yordam beradigan, har kanday muammolarini qonun doirasida xal qilib beradigan xizmatlar organiga aylantirish» (Islom Karimov) mexanizmining yuqori saviyada ishlashini ta‘minlash bo‘yicha amaliy yechim va takliflar ilgari suriladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling