Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги андижон машинасозлик институти “ижтимоий фанлар” кафедраси


Download 0.79 Mb.
bet61/131
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#245328
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131
Bog'liq
¡çáåêèñòîí ðåñïóáëèêàñè îëèé âà ¢ðòà ìàõñóñ òàúëèì âàçèðëèãè àíä

beshinchidan, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‗llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda qilmishning jinoiyligini istisno etadigan xolatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan zarar qoplangan taqdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi aloxida rag‗batlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. Shuningdek, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‗llash tartibi yuzasidan O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga karatilgan, yetkazilgan zararni qoplagan, chin ko‗ngildan amalda pushaymon bo‗lgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini to‗g‗ri va bir xil qo‗llashga oid tushuntirishlar berishga aloxida

etibor qaratiladi;


oltinchidan, sudlanganlik xolatining tugallanishi va olib tashlanishinning amaldagi muddatlarini qisqartirish belgilangan. Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun xukm etilganidan kelib chikadigan xuquqiy xolatdir. O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritilishi natijasida sudlanganlik xolatining tugallanishi va sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlarini yarmiga qisqartirish, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan va uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat sodir etgan voyaga yetmagan shaxslar uchun sudlanganlik muddatini belgilamaslik to‗g‗risidagi qoidalar nazarda tutiladi. Sudlanganlik muddatining qisqartirilishi, uning barcha xuquqiy oqibatlari bekor bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Bu esa, o‗z navbatida shaxsning xuquqiy xolatini yengillashtirish, ijobiy xulq-atvorini rag‗batlantirish bilan birga, shaxsga nisbatan davlat tomonidan ishonch bildirilayotganligining amaliy ifodasi xisoblanadi;
ettinchidan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta‘sir ko‗rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan «majburiy jamoat ishlari» jazosini kiritish nazarda tutilgan. Ijtimoiy xavfi katta bo‗lmagan va uncha og‗ir bo‗lmagan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun jamiyatdan ajratmagan xolda tarbiyalash, uning jinoiy faoliyatiga to‗sqinlik qilish, yangi jinoyat sodir etilishining oldini olish, kelgusida Konstitutsiya va qonunlarga og‗ishmay rioya qilishga olib keladi. Shu bilan birga, mazkur jazo nafaqat jinoiy jazolarni liberallashtirishga, balki jinoiy jazolarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga xizmat kiladi. E‘tiborli tomoni shundaki, mazkur jazo shaxsning asosiy ish vaqtidan tashqari vaqtda ijro etilib, kuniga to‗rt soatdan oshmasligi belgilanadi.
Yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida «O‗zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi qonuni qabul qilinib, mazkur qonun natijasida sud-xuquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish, jinoiy jazolarni insonparvarlashtirishga erishiladi.
Xarakaglar strategiyasida jinoyat sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirishga oid «O‗zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritish to‗g‗risida»gi Qonun qabul kilinishi nazarda tutilgan bo‗lib, unga kura:

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling