Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги фарғона политехника институти


Adsorbent qatlamining qarshilgi aniqlanadi


Download 427.21 Kb.
bet3/4
Sana04.12.2020
Hajmi427.21 Kb.
#158981
1   2   3   4
Bog'liq
adsorbsiya


Adsorbent qatlamining qarshilgi aniqlanadi.








GIDRAVLIK HISOB
Adsorbent qatlamining ostidagi va ustidagi havoning bosimi atmosfera bosimiga tengdir. Sorbent zarrachalarining shakl faktori F = 0,8. Qo’zg’almas sorbent qatlamining g’ovakligi 0,375 m3/m3. Truba quvurida 90° li 4 ta tirsaklar va 1 ta zadvijka o’rnatilgan.

Qatlamdagi Reynolds kriteriysining qiymati aniqlanadi:



F- shakl faktori 0.8 ga teng.



Qarshilik koeffistienti λ ushbu formuladan topiladi:

Adsorbent qatlamining gidravlik qarshiligi hisoblanadi:



Adsorberdagi gaz taqsimlovchi to’r parda va boshqa yordamchi elementlarning gidravlik qarshiligi qatlam qarshiligining 10% ni tashkil etadi deb qabul qilamiz. Unda, qurilmaning gidravlik qarshiligi quyidagiga teng bo’ladi:



Truba quvuridagi havoning tezligini w = 10 m/s deb qabul qilamiz. Unda, truba quvurining diametri quydagi formuladan hisoblab chiqariladi.

Tashqi diametri 245 mm va devorining qalinligi 7 mm bo’lgan po’lat truba tanlanadi. Trubaning ichki diametri d = 0,231 m va undagi haqiqiy tezlik quyidagiga teng bo’ladi:



Truba quvuridagi oqim uchun Reynolds kriteriysi:



Truba quvuri ishlatilgan, ozgina yemirilgan deb qabul qilamiz. Unda bo’lsa, quyidagi natijalar olinadi:










Re=95700


Shunday qilib, ni hisoblasharalash ishqalanish zonasi uchun chiqarilgan Altshulning quydagi formulasidan topish kerak.



Mahalliy qarshilik koeffistientlari aniqlanadi:

1) trubaga kirish (o’tkir qirrali): ξ1 = 0,5;

2) zaderjka: d = 0,231 m uchun ξ2 = 0,22

3) tirsak; ξ3 = 1,1;



4) trubadan chiqish: ξ4 = 1

Mahalliy qarshilik koeffistientlarining yig’indisi


Truba quvurining gidravlik qarshiligi quydagi formula orqali aniqlanadi:



ASOSIY QURILMA BAYONI
Adsorberlar va ularning turlari.

Adsorbsiya jarayoni fazalarni ajratuvchi yuzada ro’y beradi. Shu sababdan adsorberlarda iloji boricha gaz va qattiq yuza o’rtasidagi to’qnashuv yuzasini ko’paytirish zarur. Ushbu to’qnashuv yuzasini hosil qilish usuliga ko’ra adsorberlar

shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’linadi:

1) Kontakli adsorbsiya;

2) Statik adsorbsiya;

3) Perkolyastion adsorbsiya.



Kontakli adsorbstiya. Bunday kolonnalar eng ko’p tarqalgan adsorberlar qatoriga kiradi. Har xil shaklli va o’lchami adsorberlarda xomashyo va adsorbentlar bir-biri bilan aralashtiriladi va maxsus ramkali va diskli filtirlarda xomashyo va adsorbentlar ajratib olinadi. Bu jarayonda suyuq xom ashyo va qattiq adsorbentlar ishtirok etadi, natijada xomashyoning rangi tiniqlashib, ishchi xossalari yaxshilanadi va sifati oshadi.

Statik adsorbstiya. Bu adsorbsiya turi eng ko’p tarqalgan jarayon hisoblanadi.

Adsorbent qo’zg’almas qatlamda joylashtiriladi. Tozalanishi kerak bo’lgan gaz yoki



suyuq fazalari shu qo’zg’almas qatlamdan o’tkazilib turiladi. Adsorbent sifatida sun’iy yoki tabiiy adsorbentlar ishlatilishi mumkin. Sun’iy adsorbentlarga silikatlar yoki silikagellar, alyumogellar va steolitlar ishlatilishi mumkin. Tabiiy adsorbentlar sifatida esa bentonitlar, aktivlashtirilgan ko’mirlar, boksitlar, gilmoyalar ishlatilishi mumkin. Jarayonda kamida ikkita adsorberlar ishlatiladi, sababi birinchi adsorberda adsorbsiya jarayoni borsa, ikkinchi adsorberda desorbsiya jarayoni boradi va jarayonning uzluksizligi ta’minlanadi.

Perkolyastion adsorbsiya. Perkolyastion adsorberlarda adsorbentlar xomashyo bilan birgalikda xarakatlanishi natijasida suyuqlik yoki gazlar qattiq yuza bilan harakatlanish vaqtida bir biri bilan kontaktlashishadi. Perkolyastiya so’zining ma’nosi “filtirlash” degani bo’lib, jarayonda tozalanishi kerak bo’lgan maxsulotlar filtirlanish natijasida tozalanadi. Bu jarayon sanoatda ko’pincha neft moylarini tozalash uchun qo’llaniladi.

Odatda davriy adsorbstiya jarayoni 4 ta bosqichda olib boriladi:

1) adsorbstiyaning o’zi; 2) desorbstiya; 3) adborbentni quritish; 4) adsorbentni sovitish.

Bir necha (eng kami bilan ikkita) davriy ishlaydigan adsorberlardan tashkil topgan qurilmaning ishini uzluksiz rejimda uyushtirish mumkin. Bunda qurilmalar ketma-ket adsorber yoki desorber vazifasini bajaradi. Bir rejimdan ikkinchi rejimga o’tish avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Tozalangan gaz qurilmaning yuqorigi qismidagi shtuster orqali chiqib ketadi.

Adsorbentning ortiqchasi tushirish trubasi orqali chiqib ketadi. Gaz oqimi bilan qo’shilib ketayotgan adsorbentning mayda zarrachalari separator 3 yordamida ajratilib, qatlamga qaytariladi. O’zida yutiluvchi modda tutgan adsorbent boshqa qurilmada desorbstiya qilinadi. Regenerastiya qilingan adsorbent qayta ishlatiladi. Bu qurilmada adsorbent mavhum qaynash holatida bo’ladi. Qurilma stilindrsimon qobiq 1 dan iborat bo’lib, adsorbent uzluksiz ravishda gaz taqsimlovchi panjara 2 ustiga berilib turiladi. Gaz aralashmasi ma’lum kritik tezlik bilan panjaraning ostiga beriladi, so’ng adsorbent qatlamidan o’tib uni mavhum qaynash holatiga keltiradi. Adsorbstiya davomida tegishli komponentlar gaz aralashmasi tarkibidan qattiq fazaga yutiladi.

Neft gaz sanoati korxonalarida gazlarni quritish va ingibirlashni turli sxema va usullaridan foydalaniladi. Gaz gidratlari hosil bo’lishiga qarshi kurashda ingibirlash usuli (gaz oqimiga ingibitor kiritish) keng qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati shundaki, bunda kam gaz oqimiga kiritilgan ingibitor suvda erkin eriydi va natijada suv bug’lari bosimi, hamda gaz gidratlari hosil bo’lish harorati pasaytiriladi. Ingibirlash hisobiga gidratlar hosil bo’lish harorati pasaytiriladi. Qayta ishlanadigan neft gazini hajmidan, bu gazdagi zarur komponentlarni ajratish darajasiga va boshqa omillarga ko’ra benzinsizlashtirishni 4 usuli qo’llaniladi:

- kompressorlash;

- past temperaturali kondensastiya va rektifikastiya;

- adsorbstiya

Benzinsizlashtirishni kompressorlash usulida gazni siqishga asoslangan bo’lib, havoli va suvli sovitgichlarda sovutiladi. Bunga gaz tarkibidagi og’ir uglevodorodlar va suv bug’lari kondensastiyalanadi, so’ngra separatorlarda ajratiladi. Bu usul orqali gazdan zarur komponentlardan etarli darajada ajratish imkonini ta’minlaydi va odatda boshqa benzinsizlashtirish usullari bilan birikkan holda o’tkazish talab etiladi.


Download 427.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling