Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги фарғона политехника институти
Gazlarni adsorbsiya usuli bilan tozalash
Download 427.21 Kb.
|
adsorbsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atrof - muhit muhofazasi
- Atmosferada ba’zi bir zararli moddalar konsentratsiyasining me’yoriy darajasi
- MODDALAR BIR MARTALIK ME`YORI O`RTACHA SUTKALIK ME`YORI
- Foydalanilgan adabiyorlar ro’yhati
- Internet saytlari
Gazlarni adsorbsiya usuli bilan tozalash Adsorbsiya usuli gaz aralashmasidagi zararli komponentlarni benzin bug`larini yutishga asoslangan. Bunda oltingugurt birikmalarini chiqarib olish elementar oltingugurtgacha oksidlab yoki oddiy adsorbsiya usuli bilan ajratib olish mumkin. Fizik adsorbsiya jarayoni H2S ni gaz (oqimidan) qattiq yutuvchi modda bilan selektiv adsorbsiyalashga asoslngan. Masalan, seolitlar bilan. Bu usulning afzalligi shundaki H2S bilan bir vaqtni o’zida seraorganik birikmalar va suv parlari ham yutiladi. Adsorbsiya usuli bilan tozalash qurilmasi Sho’rtongaz gazni qayta ishlash zavodida qo’llanildi. Atrof - muhit muhofazasi Tabiat — insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan resurslar manbaidir. Havo, suv, tuproq (atmosfera, gidrosfera va litosfera) mana shu uch tayanch tufayligina insoniyat abadiy mavjud bo‘la oladi. Insonlar faoliyati natijasida tabiatning o‘zgarishi shubhasiz. Bu o‘zgarish ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiy etib borgani sari kuchayib boradi. Tabiatdagi hamma narsa bir-biriga uzviy bog'liq va nisbiy muvozanatda bo'ladi. Keyingi yillarda bu o‘zgarishlar shunchalik kengayib katta masshtabga yoyilib ketdiki, uning oqibatida tabiatdagi mavjud nisbiy muvozanatning buzilish xavfi tug‘ildi. Har yili dunyoda 120 mlrd.t ruda qazib olinadi. Uning atigi 2 foizidan foydalaniladi. 98 foizi esa chiqindi sifatida tashlanadi. 60 mln.t sintetik moddalar, 100 mln.t mineral o‘g‘it, 3 mln.t zaharli kimyoviy birikmalar ishlab chiqariladi. Bularning bari atrof-muhitni ifloslaydi. Atrof-muhitning ifloslanishi insoniyat sog‘lig‘i uchun katta xavf tug‘dirmoqda hamda ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga to'siq bo‘lmoqda. Shuning uchun ham atrof-muhitning muhofazasi umumbashariy muammoga aylandi. Neft va gazni qayta ishlash tizimida atrof-muhitning eng ko‘p miqdorda (75—80%) ifloslantiruvchi hisoblanadi, ya’ni yiliga bu korxonalardan 4,0 mln tonna chiqindi chiqishi yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir. Neft va gazni qayta ishlash sanoatida o‘rnatilgan quvur va jihozlarni mos tanlash, ularning germetik holatlarini to‘liq ta’minlash va joriy sozlash ishlarini doimiy olib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bular uchun ham yo‘riqnomalar tayyorlangan. Respublikamizdagi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bu ishlarni har doim nazorat qilib turadi. Birinchi marta havoning ifloslanishi natijasida ommaviy kasallanish 1930- yili Belgiyada qayd etildi. 1952- yilda esa Londonda ushbu kasallik tufayli 4000 kishi vafot etdi. Yevropa mamlakatlari va AQShda surunkali bronxid kasalligidan o‘lim har o‘n yilda ikki marta ortayotganligini aytib o‘tish kifoya. Xalqaro Sog‘liqni Saqlash qo'mitasining ma’lumotlariga ko‘ra har to‘rtta rak kasalligining uchtasi atrof-muhitning ifloslanishi bilan bog'liq ekan. Ayniqsa, atrof-muhitdagi kimyoviy ta`sirlarning ortishi natijasida inson organizmida noqulay mutatsiyalarning hosil bo'lishi mumkinligi katta xavf tug'dirmoqda. Buning natijasida aqliy va jismoniy zaif chaqaloqlar tug'ilishi ko‘payadi yoki yangi qurilgan oilalarda chaqaloq tug‘ilmaydi, tug‘ilganda ham kasallik bilan tug‘iladi. Hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda tug‘ma kasalliklardan o‘lish, bolalar yuqumli kasalliklaridan o‘lishga qaraganda ko‘p. Dunyoda hozirgi kunda 300 dan ortiq tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Tabiatni qo`riqlash deganda, uning turli qismlari: atmosfera, suv resurslari, tuproq, yer osti boyliklari, landshafitlar, o'simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish nazarda tutiladi. Ularning barchasi bir-biri bilan ekologik bog`liq bo`lib, bittasining buzilishi boshqasining o`zgarishiga olib keladi. Masalan, tarkibida oltingugurt saqlovchi yoqilg'ini yoqish, atmosferani S02 gazi bilan ifloslanishiga olib kelsa, o`z navbatida S02 ning havodagi suv bug`lari yog`inlar ta`sirida kislotaga aylanib yerga tushishi, tuproqni va suvni ifloslaydi. Barcha mamlakatlarda zararli moddalaming me’yoriy darajasidagi konsentratsiyasi (MDK) ishlab chiqilgan. 0`zbekistonda hoziigi paytda sobiq ittifoq davrida qabul qilingan (MDK) amalda qo'llanilmoqda. Masalan, atmosfera ifloslanishining me’yoriy darajadagi konsentratsiyasi me’yori shunday konsentratsiyaki, kishiga bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir etmaydi. Uning ish qobiliyatini pasaytirmaydi. Kayfiyati va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ayrim moddalaming MDKsi quyidagi jadvalda berilgan. Atmosferada ba’zi bir zararli moddalar konsentratsiyasining me’yoriy darajasi (MDK mg/m3 hisobida)
Sanoat va transportning rivojlanib borishi natijasida kislorod sarfi kun sayin ortib bormoqda. Kislorodni iste’mol qiluvchi manbalar avtomobil va samalyotlardir. Hozirgi kunda dunyoda 700 mln dan ortiq avtomobillar bor. Ularning soni har yili aholi o‘sishiga nisbatan 5 marta tezroq o‘smoqda. Hozirgi zamon reaktiv samolyotining bittasi Amerikadan Yevropagacha uchib kelganda 50—1001. gacha kislorodni yoqilg‘ini yonishi uchun sarflaydi. Shuncha miqdor kislorodni bir kunda 10 ming gektar o‘rmon ishlab chiqaradi. Mutaxassis olimlaming hisoblariga qaraganda, hozirgi paytda sayyoramizdagi o‘simliklar chiqaradigan kislorodning 10—25 % turli yoqilg‘ilarning yonishi uchun sarflanmoqda. 0‘rmon zaxiralarining kamayib borayotganligi, suvning ifloslanishi sababli suvo‘tlari chiqaradigan kislorod miqdorining kamayib ketayotganligi atmosfera kislorodi miqdorining kamayishiga olib kelmoqda. Kislorod zaxiralaridan foydalanish ortib borishi, ekvivalent miqdorida atmosferada C02 ning ko'payib ketishiga sabab bo'lmoqda. BMT ma’lumotlariga qaraganda, keyingi yuz yil ichida Yer atmosferasida C02 ning miqdori 10—15 % oshgan. Ya’ni 400 mlrd.t.ga yetgan. Bir yilda atmosferaga 270 mln.t. C02, 60 mln.t dan ko‘p azot oksidlari, 70 mln.t. uglevodorodlar chiqarib tashlanmoqda. Atmosferada C02 ning miqdori ortishi natijasida yorug‘lik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi va pamik effekti deb ataladigan holat yuzaga kelishi mumkin, deb hisoblanmoqda. Ob-havo bo'yicha xalqaro konfirensiyaning bergan ma’lumotlariga ko'ra C02 miqdorining ortishi Yer shari haroratining 1,5—3°C ga oshirishi mumkin. Yer yuzasining bunday isishi qutbdagi muzliklami beto'xtov erishiga va dunyo okeanlari sathini 4—8 m gacha ko'tarilishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida quruqlikni butunlay suv bosishiga olib kelishi mumkin. Atmosferani zaharlovchi asosiy manbalardan biri bu avtomobil va samolyotlardir. Bir avtomobil bir yilda o‘rtacha 800 kg dan ko'proq zaharli uglovodorodlar, 40 kg azot oksidlari, 200 kg aldegidlar, anchagina CO (50 ot kuchiga ega bo‘lgan 1 avtomobil 1 daqiqada 60 litr CO chiqaradi), 3,4 benzpiren, qo‘rg‘oshin oksidlari, oltingugurtli birikmalar qurum va boshqa ko‘pgina toksillarni atmosferaga chiqarib tashlaydi. Kimyo sanoati ham atmosferani ifloslantirmoqda. Kimyo sanoati asosan azot oksidlari, oltingugurt oksidlari, uglevodorodlar, galogenlar va boshqalami atmosferaga ko‘plab chiqarib tashlamoqda. Atmosfera havosida hozirgi paytda 900 mln.t. dan ko‘proq doimiy ravishda ifloslantiruvchi moddalar mavjud. Atmosferaga tushuvchi zararli aralashmalar 2 guruhga bo‘linadi. 1. Muallaq zarrachalar (aerozollar), chang, tutun va tumanlar. Tutun — ichida qattiq modda — zarrachalar bo‘lgan gazlar aralashmasidan iborat sistema. Tuman — ichida suyuqlik tomchilari bo‘lgan gazlar aralashmasidan iborat sistemadir. 2. Gazsimon va bug‘simon moddalar. Birinchi guruhga anorganik va organik moddalaming qattiq muallaq osilib turuvchi zarrachalari hamda turli korxonalarda puflab atmosferaga chiqarib tashlanuvchi gazlar bilan hamda ventilyatsiya sistemalaridan chiqqan suyuqlikni mayda tomchi va zarrachalari kiradi. Anorganik changlar sanoatda metallarning rudalaridan ajratib olishda, alyumosilikatlami turli mineral tuzlami, qayta ishlaganda, o‘g‘itlar, karbitlar, sement va boshqa ko‘pgini anorganik moddalami ishlab chiqarishda hosil bo‘ladi. Ko‘mir slanets, torf, yog‘och, saja, rezina asfalt kabilami changsimon zarrachalari o‘simliklami himoya qiluvchi vositalaming aerozollari va boshqalar organik modda zarrachalaridir. Tumanlami esa, kislotalar va ulaming angidridlari havodagi suv bug'larida erib hosil qiladi. Yana neftni qayta ishlash sanoati, transport, qishloq xo‘jalik aviatsiyasi kabilar atmosferaga chiqarib tashlaydigan og‘ir suyuq qoldiq va chiqindilar ham tumanlar hosil qiladi. XULOSA Jarayonda ishlatilayotgan xomashyo – to’yingan uglevodorodlar (parafinlar) va tayyor mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari, tuzilishi haqida ma’lumotlar keltirildi. Kurs loyihasida havo tarkibidagi benzin bug`larinI aktivlangan ko`mir yordamida adsorbsiyalash jarayoni o`rganildi. Avvalo adsorbsiya jarayoni orqali yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishda atrof – muhitga zarar yetkazmay chiqindi gazlarsiz ishlash prinsipini o’rgandim. Loyihaning hisob qismida foydalaniladigan materialning moddiy va issiqlik balansi, adsorberning mexanik xisobi, uning mexanik o’lchamlari, mustahkamlik shartlari va materiallar tanlab olindi. Hamda ushbu texnologik jarayonni atrof-muhitga ta’siri, uni oldini olish chora tadbirlari, ekologik muammolar texnika xavfsizligi qismida keltirilgan. Bundan tashqari kurs loyihada tayyor mahsulotning foydalanish sohalari, benzin navlari, kimyoviy tarkibi va uning oktan sonini oshirish haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tilgan. So’ng texnologik jarayon to’g’risida, unda apparatlarning ishlash printsipi, jarayon borishi haqida yozilgan. Olingan natijalardan shuni angladimki benzin bug`larini adsorbsiyalash katta ahamiyatga ega ekan. Bundan tashqari hozirgi kunda zavodda ishlab chiqarilayotgan neft mahsulotlari (avtobenzin va dizel yonilg‘isi) sifati Yevro-2 standarti talablariga mos kelib, uning sifatini jahon standartlariga moslash maqsadida, hozirda ishlatilayotgan katalizator va seolit almashtirilgani va yevro-4 Yevro-5 yoqilg`ilari haqida ham bir qancha ma`lumotlarga ega bo`ldim.. Atmosferaga benzin bug`larini ta`sirini kamaytirish, avtotransportlarni ikkinchi yonish dvigatellaring konstruksiyasini takomillashtirish, avtomobil tutunlarini neytrallovchi qurilmalami qo'llash, etillangan benzindan voz kechish, benzin yoqilg‘isini siqilgan gaz, vodorod va elektr energiyasiga almashtirish orqali amalga oshirish mumkin. Ammo texnika va texnologiyaning hozirgi holati atmosferaga zararli moddalaming tushishini to‘liq oldini olish imkonini bermaydi. Shuning uchun ham atmosferani himoya qilishning nisbatan oddiy vositasi bo‘lib, turli gaz tozalash qurilmalari xizmat qiladi. Adsorberlar yordamida benzin bug`larine tozalash atmosfera havosini tozaligini ta`minlaydi. Va albatta, sifatli, ekologik toza bo`lgan kelajak yoqilg`isi ustida biz texnologlar ish olib borishimiz juda muhim ahamiyat kasb etadi !
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizni Kimyo sanoatini rivojlantirishga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. 2. Maksumova O.S., Turobjonov S.M. Organik sintez texnologiyasi.-T.: «Fan va texnologiya», 2010, 232 bet. 3. Kimyoning maxsus boblari. O’quv qo’llanma Turobjonov S.M., Azimov O.G’., Obidov B.O. – Toshkent: Toshkent davlat texnika universiteti 2006, - 120 b. 4. Neftni qayta ishlash. O’quv qo’llanma. Imatov.D 5. Neft va gaz kimyosi. Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun darslik. Fozilov.S, Saydaxmedov.Sh, Mavlonov.B. Toshkent-2013 6. Основнме процессм и аппаратм химической гехнологии. И. Дьинерский. 7. З.Салимов.Кимевий технологияларнинг асосий жараенлари ва курилмалари.2-кисм. 9. Yu.J. Salomov, S.A. G’aybullayev va Sayfullayev J. Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi. Toshkent.: Cho`lpon, 2006 y. 10. N.R. Yusupbekov va boshqalar “Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va qurulmalari”, Toshkent 2003.
1. www.ziyonet.uz 2. www. «Газета.uz» 3. www.bestreferat.ru/referat-103615.html Download 427.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling