MAVZU-3: SABZAVOT VA POLIZ MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI NITRAT AZOT MIQDORINI (B.P.PLESHKOV) USULIDA ANIQLASH. (6 SOAT)
Mashg’ulotning maqsadi: O’simliklar tarkibidagi nitrat azotini B.P. Pleshkov usuli disulfofenol kislotasi yordamida aniqlashdan iborat
Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: O’simlik namunalari, 100, 250 ml ulchov kolbalari, disulfofenol kislotasi, Disulfofenol kislotasi 30 gr fenol, 200 ml sulfat kislota (zichligi 1,84) 500 ml li kolbaga solinib og’zi teskari sovutgichli shisha qopqoq bilan yopilib suv hammomida 6 soat qizdiriladi, 10% li NaOH, KNO3 ning namuna eritmasi. 0,1631 gr KNO3 suvda eritilib hajmi 1 l ga yetkaziladi.
Adabiyotlar: 8,9,10,11,13
O’simliklar mineral oziqlanishda azotni asosan nitrat va ammoniy ionlari shaklida o’zlashtiradi. Nitrat ioni shaklida o’zlashtirilgan azot o’simlik tarkibida kechadigan fiziologik jarayonlar ta’sirida ammiakgacha qaytariladi. Ammiak o’z navbatida oqsil hosil bo’lish jarayoni va organik moddalarga sarflanadi.
O’simliklar tarkibida tashqi oziq muhiti yetarli darajada qulay bo’lganda o’simlikda nitratlar kam to’planadi. Ammo azotli o’g’itlar noto’g’ri, oshirilgan me’yorda qo’llanilishi qishloq xo’jalik mahsulotlarining tarkibida nitrat ko’p to’planishiga olib keladi. Nitratlar ayniqsa nitritlarning tashqi muhitdan oshiqcha o’zlashtirilishi o’simlikda nitrozoaminlar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Nitrozoaminlar kanserogen modda hisoblanib, organizmlar uchun xavfli hisoblanadi.
Hozirgi paytda ayrim toksik moddalar, nitratlar uchun organizm uchun xavfli bo’lmagan cheklangan miqdori yangi gigiyenik me’yori ishlab chiqilgan.
Mineral o’g’itlar, ayniqsa azotli o’g’itlar qo’llashning oshishi mahsulot tarkibida nitratlar miqdorini aniqlab, sifatini baholashda juda muhim ekanligini ko’rsatmoqda.
3-jadval
O’simlik mahsulotlari tarkibida nitratlarning cheklangan miqdori,
1kg mahsulotda mg hisobida.
Do'stlaringiz bilan baham: |