Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ислом каримов номидаги тошкент давлат техника унверситети


Download 345.71 Kb.
bet1/2
Sana29.05.2020
Hajmi345.71 Kb.
#111713
  1   2
Bog'liq
Haydarov Jahongir Kurs Ishi


ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ

ИСЛОМ КАРИМОВ НОМИДАГИ

ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ТЕХНИКА УНВЕРСИТЕТИ

«КОНЧИЛИК ИШИ ВА МЕТТАЛУРГИЯ ФАКУЛТЕТИ»

КУРС ИШИ

Мавзу: Хажми 400 тонна бўлган ёйли пўлат эритиш печининг асосий дастгохини танлаш ва иссиклик балансини хисоблаш.

Бажарди: Хайдаров Жахонгир

Гурух: М 2-18

Текширди : Мухамеджанова Шоира

Рахбар: Исмаилов Жонибек

Mundarija

Kirish ................................................................................................................

Nazariy qism ................................................................................................

Texnologik hisobotlar .............................................................................

Xulosa .............................................................................................................

Adabiyotlar ro‘yxati .................................................................................



Kirish

Prezidentimiz Mirziyoyev Shavkat Miromanovich O‘zbekiston Respublikasining yaqin besh yillikda qo‘yilgan strategik masalalar yuzasidan Oliy majlisda so‘zlagan nutqlarida, 2017 – 2021 – yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi loyihasini keng muhokama qilish davomida kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda, 2017 – yil uchun mo‘ljallangan iqtisodiy va ijtimoiy dasturning ustuvor yo‘nalishini taklif etdi.

“… Hozirgi dunyoda hech qaysi mamlakat, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi ham boshqalardan ajralgan hudud emas. Bu mamlakatlar jahon xo‘jalik aloqalarining muayyan jug‘rofiy va siyosiy tuzumlari tarkibiga kiradi.

O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga ega davlatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Bu esa butun dunyoga mashhur chet el kompaniyalari va banklarning e’tiborini jalb etishi aniq.

O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli suratda faxrlanadi — bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Hozirga qadar — 2,7 mingga yaqin turli foydali qazilma konlari va ma’dan namoyon bo‘lgan istiqbolli joylar aniqlangan.

Har yili Respublika konlaridan taxminan 5,5 milliard dollorlik miqdorda foydali qazilmalar olinmoqda va ular yoniga 6 – 7 milliard dollorlik yangi zahuralar qo‘shmoqda. Bir qator foydali qazilmalar jumladan: oltin, uran, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, koalinlar bo‘yicha O‘zbekiston tasdiqlangan zahiralar va istiqbolli rudalar jihatidan MDH dagina emas balki butun dunyoda ham yetakchi o‘rinni egallaydi.

Elektr yoyli pechlarda po’lat va ferroqotishmalar olish dunyoda keng tarqalgan va hozirgi zamonda dunyo talablariga javob beradigan ekologik toza material va modda tejamkorlik asosida ishlaydigan texnologik jarayonga kiradi. Eski qurilgan pechlarning zamonaviyga aylantirish ana shu usulda dunyo bo’yicha keng qo’llanilib kelinyapti. Yoyli pechlarning tuzilish sxemasi birinchi rasmda keltirilgan.

Pechlarning asosiy yutuqlari ularning issiqlik olish texnologiyalarining tozalikligi, ularning elektr tejamkorligi, eritish vaqti qisqaligi va boshqalardir.

Hamdo’stlik davlatlarda elektr yoyli pechlarni tarqalishi XX asr I yarmida boshlangandir. Hozir bu texnologiya MDH davlatlarda Rossiya, Ukraina, Qozog’iston va bir qancha boshqa davlatlarda keng tarqalgan. Ishlab turgan pechlarning hajmi (suyuq metall bo’yicha) 3 m dan 250 t. gacha mavjuddir. O’zbekistonda elektr yoyli pechlarda po’lat eritish APO O’zmetkombinatda boshlangan. Unda 13 fevral 1978 yilda birinchi nomerli e.p.e. pechni ishga tushurilgan. O’sha yili dekabr oyda 2 e/p/e pech ishga tushdi. 1979 yil sentabr oyda 3 e/p/e pech ishga tushdi. Va nihoyat 2002-yil avgust oyida APO “O’zmetkombinat” eng zamonaviy dunyo talablariga javob beradigan DSP100-UM3 ishga tushurildi. Pechlarni hajmi 100 t tashkil qiladi.

DSP pech dunyo talablariga javob beradi, 1 sutkada 22 po’lat eritish imkoniyatiga egadir. Pech AKOS agregati bilan birga ishlaydi va 1 yilda 550-600 ming tonna po’lat eritish qobiliyatiga egadir. Hamma pechlarni ishga tushurilsa, kombinat 1 yilda 1,5-2 mln tonna po’lat ishlab chiqarish O’zbekiston talabini to’liq bajarilsa bo’ladi.

APO “O’zmetkombinat” boshqa elektr yoyli pechlar Navoiy KMK (5 pech), Olmaliq KMK (2 pech) va bir qancha Mashinasozlik zavodlarida muayyan ishlab turibdi. 2010-2012 yilda Toshkent shahar Sergeli tumanida O’zbekiston, Xitoy, Rossiya va AQSH qo’shma truba ishlab chiqarish zavodida 3 elektr pechi qurilishi rejalatilgan va qurulyapti. Ko’rilgan misollardan ko’rinib turibdiki, elektr pechlarida po’lat va ferroqotishmalar olish butun dunyo bilan ham ohangda O’zbekistonda ham keng tarqalmoqda va bu texnologiya kelajagi porloqdir.

NAZARIY QISIM

Elektrik pechlarining qo’llash sohalari.

Po’lat ishlab chiqarishda eng keng tarqalgan pechlar bu bevosita qizdiradigan yoyli va induksion tigelli pechlardir. Po’latni vakuum yoyli va induksion pechlar elektr shlak qayta eritish plazmali pechlarda po’lat ishlab chiqarish ham keng tarqalmoqda.

Ferroqotishma va cho’yanni ishlab chiqarishda asosan aralashma yoyli va qarshilik isitish usullari qo’llaniladi.

Ferroqotishmaning tozalashga esa po’lat eritishga qo’llagan yoyli bevosita qizituvchi pechlar qo’llaniladi. Induksion tigelli pechlardan cho’yanni qayta eritishga PM-r va ularning qotishmalarini eritishga qo’llaniladi. Plazmali induksion pechlar maxsus sohalarda qo’llaniladi. Masalan, yarim o’tkazgich materialli zonali eritishda, lekin bu pechlar katta ishlab chiqarishdagi sarfdorlik bilan ajarlib turadi. Bevosita qizituvchi qarshilik pechlar metallurgiyada kam qo’llaniladi. Masalan, elektrodlarni grafitlashda. Bundan istisno shlak qayta eritish pechlar qaysilar po’lat va bir qancha qotishmalarni olishda qo’llanadi. Bilvosita qizitadigan qarshilik pechlar metall va qotishmalarning termik qayta ishlash, yengil metalni eritish. Rangli metallurgiyaning e/ metallurgiyasida keng qo’llanadi. Bunda eritish pechlarning quyidagi afzalliklari asos qilib olingan: oddiy va aniq haroratni boshqarish jarayoni mexanizatsiya va avtosizatsiya qilish, metallni o’ta kuyishidan saqlash va boshqalardir. Qaynab turgan pechlar o’zi bilan induksion pechni bir turi bo’lib e/ magnit yordamida suyuq metallni ko’tarib turib pechlarni dov-ni saqlashda ajralib turadi. Bunda pechlar asosan yengil metallar olishda qo’llanadi. Bu pechlarning asosiy afzalligi bu olinayotgan metallni tozalayotganda chunki bunda metall pechni futerovkasi bilan qo’shilmasidir. Vakuumli pechlar faqat po’lat va qotishma olishga emas, boshqa maqsadga ham qo’llanadi. Masalan, qiyin eriydigan metallni olishda va boshqa metallurgik jarayondir. Vakuum pechlarni qo’llash hozirgi zamonda keng tarqalmoqda, chunki bu jarayon toza metall olishda ko’mak beradi.

Optik qizitish usullari asosan nurdan foydalanib metallni eritishga yo’naltirilgan. Masalan, oftob metallurgiyasi lazer usuli va boshqalar. Bu usul isitish manbaini yuqori tozaligi bilan ajralib turadi va asosan toza metall olishda qo’llanadi.

Oxirgi harfdan keyingi raqamlar pechlarning tonnadagi hajmi belgilanadi. Qarshilik pechlari uni asosiy konstruktiv ajralib turadigan xususiyatlari ishlab chiqarishdagi hajmni xaroratlari, ularning tax ishchi τ0 ni va boshqa xususiyatini hisobiga olgan holda murakkab belgilash sistemasi qo’llanadi.

Po’lat va ferroqotishmalar ishlab chiqarishga mo’ljallangan bir qancha pechlarning keltiramiz:

DSP-100 – hajmi 100 tonna bo’lgan aylanuvchi quvvati EE Pech.

IST-1 – hajmi 1 tonna bo’lgan induksion tigelli po’lat erituvchi pech;

ICHT-6 – hajmi 1 tonna bo’lgan induksion cho’yan erituvchi tigelli pech.

Boshqa kerak bo’lgan ma’lumotlari maxsus adabiyotda keltirilgan bo’lgan.

Po’lat eritish uchun hozirgi zamon yoy pechlari.

Hozirgi zamon po’lat eritish yoy pechlarining asosiy o’ziga xos xususiyatlari:



  1. Pechning yuqori qismidan mexanizatsiyali yuklash;

  2. Alohida ish jarayonlarini mexanizatsiyali uzatish;

  3. Ikkilamchi kuchlanish bosqichida o’zgarishni keng diapazonli pech transformatori kuchlanishni kamaytirib ta’minlashi;

  4. Eritish jarayonida elektrod aralashuvi avtomat boshqarilishida;

  5. Metallning elektromagnit aralashuvi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida (MDH da) ishlab chiqarilgan pech tavsiflari:

Sonlar tavsifi

Me’yoriy hajm , T

50

100

200

1. Pech transformatorining me’yoriy kuchlanishi.

20

32

50-08

2. Transformator ikkilamchi yuklamasi chegarasi.

430-116

480-150




3. Elektrod eng katta toki.

26,9 kA

38.5 kA

43.3 kA

4. Grafitlangan elektrod diametri, mm

500

550




5. 1 tonna shixta eritilgandan nisbiy elektroenergiya sarfi.

440

415

400

Hamma pechlarda yuklash bariy yordamida mexanizmlar orqali yuklatiladi, bunda yuklangan to’plam vertical o’q bo’ylab 90o burchakka aylanadi. Taglik ishdan chiqmasligini oldini olib va eritsh jarayonini tezlatish uchun pechning ustki himoya qatlamini futerovka bilan aylantirish mexanizmi bilan hamma pechlar ta’minlangan. Barcha pechlar metallni elektromagnit aylantirish moslamasi bilan jihozlangan.

Ishchi maydon shakli va o’lchamlari

Uzoq muddat po’lat eritish elektr yoy pechlar silindr qatlam bilan qoplanib tayyorlangan. Pech devorlarining o’tga bardoshli futerovkasini g’isht bilan yashirish bu yerda nordon futerovka) yoki pech tagiga quritilgan va to’ldirilgan bloklar o’rnatilgan: bloklar magnezit, dolomite, toshko’mir qum aralashmasidan tayyorlangan.

Po’lat yoy pechlarda tezlik bilan po’lat eritish kerak bo’lib qolsa, pech devorlarining mustahkamligi yetarli bo’lmagan. Shuning uchun kuchlanishni oshiruvchi transformator qo’llaniladi. Pech devoir futerovkasidagi eng nozik joy, pechning past belbog’i hisoblanadi. Pechning past belbog’i, pechning yoyi bilan bir xil sathda turadi.

Shuning uchun oxirgi yillarda po’lat eritish yoy pechlarining devor futerovkasi uchun boshqa konstruksiyali pechlar ishlab chiqarilmoqda. Ba’zi hollarda faqatgina pech qatlamining shakli o’zgartiriladi, xolos.(silindrsimon o’rniga konussimon, silindrsimon shakl o’rniga yana boshqa shakllar va hokazo). Hozirgi zamon silindr konussimon qatlamli po’lat eritish yoyli pech futerovkasi moslamasi sxemasi rasmda berilgan.





Pechning futirovkasi sxematik rasmi.

Pech to’plami (1) suv sovitish aylanasiga ega va u haroratbardosh magnizitoxromitli g’ishtlar (2) bilan bajariladi. Bu g’ishtlar aylanma yamoq (3) bilan to’ldiriladi. (3) yuqori glinazyom va dinas g’ishtlardan qilingan bo’lib, pechga elektrodlar kirishiga mo’ljallangan. Bu materiallar magnizitoxrom g’ishtlariga qaraganda yuqori haroratda yuqori elektr qarshilikka bardoshli hisoblanadi. Ular elektrodlar orasida qisqa tutashuv oldini oladi. Ichki qatlam (5) (…) magnezitli, xrommagnezitli va magnezitoxrom aralashmasidan tayyorlangan g’ishtlardan iborat. Devorning narxi va mustahkamligi shu tartibda o’sadi. Devorning issiqlik izolyatsiya qatlami shamot g’ishtlaridan iborat. (7) issiqlik izolyatsiyali sochma bo’lib, u bir va bir necha qatlam asbest listi (8) dan iborat. Bu listlar suyuq oyna bilan pechning ichki sirt qatlamiga yopishtiriladi.

Ochib-yopuvchi qumli aylanma (4) pech devorlari bilan to’plam zichlanish vaqtida to’qnashuv bo’lmasligi uchun ishlatiladi. Chiqish teshigi orqali (9) pech devorlari qilingan materialdan tayyorlanadi.

Pech pilobi shamot g’ishtlari bilan futerovkalanadi va bunda vanna burchagi 6 pilob burchagiga qarama-qarshi bo’lib, u otkos burchagidan kichik bo’ladi 8 va pechdan po’lat chiqqanda, pech egilish burchagidan ham kichik bo’ladi.

Pechning tagi zichlangan magnezit qatlam (11) dan, magnezit g’isht bo’shlig’i (12) dan, bir necha qavat shamot g’ishti (13) dan, issiqlik izolyatsiya sochmasi (14) dan, asbest listi (15) dan iborat. Ishchi oyna suv sovutish ramkasi (17) ga ega. Bu oyna oldin qo’llanilgan g’isht arklar o’rniga qo’yilgan. Bu esa pech kompaniyasini oshiradi. Oyna suv sovutgich qopqoq (16) bilan yopiladi va uning ichki sathi o’tga bardoshli qatlam bilan futerovka qilinadi.

Yoyli pech elektrodlari

Yoyli pechlarda ishlatiladigan elektrodlar ikkiga bo’linadi, ya’ni eritish sharoitida sarflanadigan va sarflanmaydigan turlardir. Sarflanmaydigan elektrodlarga uglerodli va qiyin eriydigan metallar (masalan, volfram) dan bo’lgan elektrodlar kiradi. Bu turdagi elektrodlar eritish sharoitida sarflanmaydi, faqat qisman bug’lanishi mumkin. Sarflanadigan elektrodlar esa metallar va qotishmalardan tayyorlanadi. Bu elektordlarning erish harorati, pechning ishchi zonasi haroratidan past bo’ladi. Ular ish jarayonida eritib, eritish jarayoni mahsulotlari tarkibiga qo’shiladi. Biz faqat uglerodli materiallardan yasalgan elektrodlarni ko’rib chiqamiz. Boshqa materiallardan yasalgan elektrodlar esa maxsus elektrodlarda qo’llaniladi.

Uglerodli elektrodlar quyidagi turlarga ajratiladi:

1. ko’mirli; 2. grafitsiz; 3. grafitli.

Dastlabki ikki tur grafitlar po’lat eritish pechlarida ishlatiladi. Uchinchi turi esa turg’un ferroqotishma pechida ishlatiladi.

Elektrodlar olinishida dastlabki materiallar bu: antratsit, koks (toshko’mirli, neftli) tabiiy grafitlar hisoblanadi.

Elektrodlar olinishida ishlatiladigan dastlabki qattiq materiallar maydalanadi, prokalka qilinadi, yanchiladi, dozirovka va aloqador materiallar bilan aralashtiriladi. Olingan bu qarishmadan elektrod yasaladi (ya’ni preslanadi). Bundan keyin kuydiriladi, graffitizatsiya va mexanik ishlov beriladi. Bu tekshiruvlardan keyin maxsus idishlarga joylanib iste’molchilarga yetkaziladi.

Materiallarni toblash, olovli yoki elektr pechlarida 1200-1250oC haroratda va havo ishtirokisiz olib boriladi. Dastlab materiallar pech zonasida pastroq Co da quritiladi, (prokalki) dan keyin esa bosqichma-bosqich 200oC haroratgacha sovutiladi.

Materiallarni aralashtirish, qizdiruvchi (120-130oC haroratgacha) aralashtirgichlarda amalgam oshiriladi. Oddiy haroratda smola juda qovushqoq, qirindi esa qattiq bo’lgani uchun aralashmaydi.

Elektrodlarni presslash odatda, quvvati gidravik presslarda elektrod massasini bosim ostida mundshtukdan o’tkaziladi.

Kuydirishdan bosh maqsad – aloqasi bor materiallarni kokslash va elektrodga mexanik mustahkamlikni oshirish va boshqa qator fizikaviy xususiyatlarni oshirish. Kuydirish 1250-1350oC haroratda havo ishtirokisiz olib boriladi. Bu jarayon o’rta va yirik mahsulotlar uchun 15-20 sutka davom etadi, kuydirishdan so’ng mahsulot sekin sovutiladi.

Grafitlash maxsus elektropechlarda olib boriladi. Bunda xomashyo ya’ni elektrodlar shtabellar bilan pechga taxlanadi va buning ustiga mayin koks sepiladi. Shu holdagi yuklashdan so’ng pechga elektr toki beriladi, shtabel orqali berilgan tok ta’sirida elektrodlarda issiqlik chiqadi. Buning natijasida elektrodlar asta-sekin 2000oC dan yuqori haroratgacha qiziydi. Bunda uglerod kristal grafit shakliga o’tadi.

Grafitlash jarayonidagi chegaraviy harorat 2300-2800oC da ochiqda bo’ladi. Shu tufayli elektrod pechlarini sovushi juda sekin bo’ladi. Grafitlash jarayoni to’liq amalga oshirish uchun bir necha ko’p sarflanadi. Elektrodlarni grafitlash natijasida uning bir qator xususiyatlarini yaxshilaydi va uning solishtirma qarshiligini kamaytiradi. Elektroeritish pechlarida po’latni, grafitlangan elektrod yordamida eritishda bir qator yo’qotishlardan holi bo’ladi, ya’ni po’lat eritishda sezilarli darajada kam sarflanishi. Shu tufayli shu turga mansub elektrodlar po’lat elektrometallurgiyasida keng qo’llanilishiga sabab bo’ladi.

Elektrodlarga nisbatan talablar

Elektrodlarga bo’lgan talablar quyidagilar:



  1. Yuqori elektroo’tkazuvchanlik;

  2. Kam issiqo’tkazuchanlik;

  3. Oksidlanish paytida yuqori harorat;

  4. Tarkibida azot va asosan oltingugurt miqdorini kam bo’lishi;

  5. Yetarlicha mexanik turg’unlik va ishlov beruvchanlik;

  6. Narxining arzonligi.

Yuqori elektroo’tkazuvchanlik va kam issiqlik o’tkazuvchanlik talablarini bajarish orqali elektrodlarning elektr va issiqliklar yo’qotilishi ancha kamayadi. Bu talablarni grafitli elektrodlar yuqori harorat yordamida bajariladi.

Elektrod materiallarining elektroo’tkazuvchanligini oshirish natijasida tok ko’ndalang kechimidagi zichligi oshadi, elektrod zonasida materiallarning tarqalib sochilib ketishi kamayadi, shu bilan birga elektrodning umumiy sarfi kamayadi.

Odatda grafitlangan elektrodlar solishtirma qarshiligi 0oC da (8-10) 10-4 Om*sm, ko’mirni elektrodlari esa (40-60) Om*sm.

Hozirgi vaqtda solishtirma elektr qarshiligi kam (7*8) 10-4 Om*sm bo’lgan grafitli elektrodlar ishlab chiqarilayapti. Elektrodlarga beriladigan tok zichligi 500-600 mm diametrli elektrodlarda 25-35 A/sm2 o’rniga 12-15 A/sm2 berilmoqda.

Grafitlangan elektrodlar oksidlanish boshlanishida yuqori harorat hosil qiladi, ya’ni (630-660oC). Agarda ko’mirli elektrodlar bilan taqqoslanganda bu harorat anchaga farq qiladi, ya’ni (400-450oC). Bu hol quyidagicha tushuniladi: ularning zichligi yuqori va kristal strukturasining tartibli joylashganligiga bog’liq. Ular tarkibida azotlarning (0,1-0,5%) va oltingugurt (0,1% ko’p emas) miqdorlari ancha kam bo’ladi, ko’mirli elektrodlarga nisbatan.

Grafitlangan elektrodlar mexanik ishlov berishga ancha tayin. Grafitli elektrodlar narxi uglerodli elektrodlarga nisbatan 3,0-3,5 qimmatroq. Bu shu bilan tushuntiriladiki ya’ni ularni sarflashda qimmat xomashyolardan foydalanish oqibatida yuzaga keladi. Bu narxlar orasidagi katta farq uglerodli elektrodlarga nisbatan 2,5-2 barobar kam sarflanishi va boshqa afzalliklari bilan qoplab ketadi.

Grafitli va ko’mirli elektrodlar quyidagi standart diametrli shakllarda tayyorlanadi. 75, 100, 150, 200, 250, 300, 350, 400, 450, 500 va 555 ko’mirli elektrodlar ham xuddi shu diametrli bo’ladi (faqat 75 va 555 m dan tashqari va qo’shimcha diametrli 600, 650 va 750m).

Shixta yuklash va pech aylantirish uchun qo’llanilinadigan mexanizmlar.

Pechga shixtani yuklash paytida , tok o’chirilgan va elektrolar o’tarilgan holda bundan tashqari sezirarli darajada pech futirovkasi sovigan bo’lishi kerak. Buni uchun jarayon davomiyligini uni mexanizasiyalash yo’li bilan va ishni to’g’ri tashkillashtirish yordamida iloji boricha minimumga tushurish kerak. Hozirgi zamonaviy pechlarda badiya yordamida yuklashning mexanizasiyalashgan usuli qo’llaniliniladi. Bunda davomiylik bir bodiya uchun 3-5 minutni tashkil etadi.



Elektrodlarni harakatlantiruvchi mexanizmlar

Elektrodalarni harakatlantirish mexanizmi, elektr yoyli pechlarda murakkab ekspluatatsion sharoitlarda ishlovchi eng javobgar mexanizmlaridan biri hisoblanadi. Eritish jarayonida ayniqsa shixtaning erish paytida, ular doimiy ravishda reversiv harakatda bo’ladi. Bunda ularning tezligi, o’rnatilgandagiga nisbatan ish faktik rejimining kichraytirish kattaliklariga bog’liq holda o’zgaradi. Bu ishonchli ishlashi uchun quyidagi zaruratlar yaratilishi shart:tutashchanlik, xizmat ko’rsatishning qulayligi, unchalik katta bo’lmagan quvvat, ko’zdan kechirish va ta’mirlash kabilardir. Elektrodlarni harakatlantirish mexanizmlariga quyidagi zaruriyatlar qo’yiladi:



  1. harakatlantirish tezligi yani elektrodlarni tushurishda eng kami (0.02-0.03m/s) , ko’pi bilan esa (0.05-0.08 m/s) bo’lishi kerak.

  2. Elektrodlarning o’z erkinligida tusgirishning va majburiy tushurish natijasida uning sinishini oldini olish.

  3. Mexanizmning harakatlanuvchi qismining kichik inertsionligi.

  4. Tez harakatlanish va shu bilan birgalikda tez to’xtatish

  5. Mexanizm alohida qismlari orasida imkoni boricha kichik bo’lishi

  6. Mexanizmning harakatlanuvchi va tayanch qismlarida hamda ular orasida harakatchan qismlarda ham deformatsiyaning yo’qligi.

Hozirgi vaqtda elektrodlarni harakatlantirishda ikki turli qurilma qo’llaniladi:

  1. Elektrodlarni uchlab turuvchi “qo’llar” tutgichlar bu pech qobig’iga bevosita mustahkamlangan bo’ladi.

  2. Elektrodlarni ushlab turuvchi tutgichlar, teleskop ko’rinishida qotirilgan bo’ladi. Bu korpusning ichki harakatlanadigan qismiga o’rnatilgan bo’ladi.

Pech gazlarini chiqarish va tozalash.

Elektrod yoy pechlarida eritish jarayonida kul miqdorida, tarkibida chang miqdori yuqori bo’lgan issiq gazlar oshiriladi. Gazlarni chiqarish va ularni tozalashda bir qancha muommolarni yechish talab qilinadi. Avvalambor pechning ishchi fazasidagi gazlarni to’liqligicha so’rib olish va chiqayotgan gaz oqimini qulayroq yo’l bilan chiqarish.

Gazlarni pechlardan chiqarishda, agarda ularning bosimi yetarlicha bo’lsa gazlarni chiqarish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunday holatda gaz tarkibidagi uglerod oksidining miqdori havfli chegara (60-75%) dan olinishini ta’minlash kerak bo’ladi.

Bundan keyin chang mavjud bo’lgan gazlarni pechdan, yoqilg’i saqlovchilarni to’liq yoqish va gazlarni sovutishni ta’minlangan holda iloji boricha gazlarni to’liqn chiqishini ta’minlash kerak. Keyingi jarayon bu gazlarni changlardan mukammal tozalanadi. Yoy pechlarida gazlarni tozalash qurilmalarni ishlatish murakkab va shu bilan birgalikda qimmat hisoblanadi. Bunda kapital harajatlardan 15-20% ini tashkil qiladi.

Pechlardan chang mavjud gazlarni chiqarishning quyidagi usuli qo’llanilinadi.


  1. Pech qurilmalari joyida kuchaytirilgan gidrasion sexlarda yordamida

  2. Pech bilan mexanik bog’lanmagan holda va elektrodlar ustiga o’rnatilgan suruvchi zontlar yordamida.

  3. Pechga qotirilgan, turli shakldagi so’ruvchi qurilmalar yordamida

Pechdan chiqayotgan gazlarning harorati 1000-14000C ni tashkil qiladi va ular svodlardagi maxsus silindrlarda chiqariladi. 5-12 tonna sig’imli pechlar svodlaridagi diametr amaliy jihardan taxminan quyidagicha bo’ladi:

D(tir) = (0.16-0.19) Dk,M

bu yerd Dk – pech qobig’ining tashqi diametri, m.

Pechda gaz bosimi agarda 5-25 m/m2 (0.5-2.5 mm.suv ust), harakatlanish tezligi 20-30 m/s ni tashkil qiladi.

Yoyli, qulab eritish pechlarida, gaz tozalovchi qurilmalarni tanlashda gaz tarkibidagi changlar xusisyatlariga e’tibor ko’rsatish kerak o’ladi.


  1. kichik dispersli chang ( 70% ga yaqin chang 2 mln. gacha o’lchamli zarralardan tashkil topgan, shu kumladan changning sezilarli qismi 0.5 ml dan kichik bo’lishi) suv bilan ham qo’llanadi, quyilishi kuzatiladi. Materialni filtrlarda qiyin ajraladigan, yuqori elektr qarshilikka ega bo’ladi.

  2. Changlarning kimyoviy tarkibi eriydigan po’lat shlak hosil qiluvchi materiallarga bog’liq; uglerodli po’larlarni eritish davridagi changlarning kimyoviy tarkibi quyidagicha, % 35-63 Fe2O3; 4-18 FeO; 6-15 CaO; 4-12 MgO; 3-13 H2O3; 2-14 SiO2 va boshqalar.

  3. Changlarning asosiy qismi (75 % gacha) shixtalarni qator eritish davrida va asosan metal vannasiga kislorod purkash davrida ajraladi.

Yoyli pechlarning elektr xususiyatlari.

Yoyli pechlar meyorida ishlashi uchun elektr va issiqlik xususiyatlarini hamda eritishning texnologik asosini mukammlar o’rganish kerak bo’ladi. Bu uchta holat pechning ishlash jarayoniga o’zaro chambarchas bog’liqdir. Bulardan har birini alohida ko’rib chiqamiz.



Yoyli pechlarni tok bilan ta’minlash sxemasi Rasmda keltirilgan.

Bu sxemada bir faza uchun poech qurilmalari alohida sohalaridagi barcha aktiv va induktiv qarshiligi mos ravishda birlashtiriladi.

Elektr xarakteristika tuzish uchun quyidagi shartlar qabul qilingan:



  1. Tarmoq kuchlanish va qarshiligi tik kuchiga bog’liq bo’lmaydi va ular doimiy qiymatga ega bo’ladi.

  2. Tok va kuchlanishning o’zgarishi sinusoidal bo’yicha sodir bo’ladi.

  3. Elektr yoyi bir jinsli elektrodlar orasida yonishi hosil bo’ladi. Ularning qarshiligi faol hisoblanadi.

  4. Shlak va metal qarshiligi 0 ga teng.

  5. Tok, kuchlanish va qarshiliklar qalohida fazalarda bir xil.

Bu sxemani Om qonuniga muvofiq quyidagicha ifodalash mumkin.

I =

bu asosida hamma tegishli xususiyatli kattaliklar olingan.

Uch fazali pech qurilmalari uchun

Umumiy quvvat S=3UI kVA

Induktiv quvvat Q=3Ix kVAr

Faol quvvat

Elektr quvvatining yo’qolishi Re.y =

Elektr yoylarining quvvati

Yoylardagi kuchlanish V

Quvvat koeffitsiyenti cos

Elektrik F.I.K.

Bu xususiyatlardan ko’rinib turibdiki, yoy quvvatini, elektrik f.i.k ni va pech qurilmalarining quvvat koeffitsiyentini oshirish uchun kuchlanish U ning oshishi, qarshilik r va x kamayishini oshirishni o’rganish maqsadga muvofiq. Bunda induktiv qarshilikni kamaytirishni ma’lum bir chegaragacha ya’ni yoylarning ezviy yonishini buzilishiga olib keladi. Buning oqibatida o’ta kuchli miqdordagi ekspluatasion toklarning qisqa tutashuvi ro’y beradi.

Katta hajmli pechlarda (40t) quyidagi qator konstruktiv o’lchamlar qo’llaniladi.



    1. tok yo’nalishi uzunligini qisqartirish; “qisqa tarmoq” yo’li bilan transformetrlarni pechga yaqinroq joylashtirish, kek uzatuvchi qismlarni qulayroq rotsional joylashtirish.

    2. “qisqa tarmoq” holatining maxsus sxemasini qo’llash, ya’ni tok yp’nalishi, kabel va shinalarning maksimal darajada yaqinlashtirish.

  1. shina uzatishi konstruktiv elementlarini magnitli va magnitsiz po’lat bilan almashtirish.

Pech transformetorlarining ichki qarshiligini kamaytirish.

Aktiv qarshilikni qisqartirish natijasida (doimiy tokda) elektr yo’qolishining kamayishiga va elektr qurilmalarining f.i.k. oshishiga olib keladi. O’rtacha elektr yo’qolishi 8*12% ni tashkil qiladi va bu qiymat quyidagi elektr qurimalarga quyidagicha taqsimlanadi. %

Shinalar va yuqori kuchlanishli apparatlarda va transformatorlarda 2-3%

Shinalar va kichik hajmli kabelda 3-4%

Elektr saqlagichlarda 0.5-1%

Elektrodlarda 3-4(6)%

Aktiv qarshilikni kamaytrish uchun (umuman deganda induktiv qarshilikni ham) quyidagi sharoitlarda ishlash zarurdir.


  1. kichik solishtirma qarshilikli elektrodlar qo’llash va ularni bir biri bilan

  2. Tok quyidagi borcha kontaklarni holati bo’lishi, kontaktlar sonini qisqartirish

  3. Kichik kontaktlar qarshilikli elektrosaqlagichlarni o’rnatish

Yoylarning elektr xususiyatlarininig nazariyasi 5 rasmda ifodalangan

Yoyli pechlarning issiqlik xarakteristikasi.

Issiqlik xususiyati sifatida pech devorlarining ichki yuzasi haroratining shlak haroratidan ancha yuqoriligi va uning quvvati, issiqlik qanchalik yo’qotilishi ko’rib chiqiladi.

Pech ichki yuzasi harorati bir tomondan pech quvvati va kuchlanishga bog’liq bo’lsa, ikkinchi tomondan pech ishchi fazasida issiqlik almashish xusuyatlariga bog’liq.

Bundan tashqari u metall va shlak haroratlariga bog’liq bo’ladi va yoyli pechning texnologik ishlash rejimiga ham bog’liqdir.

Issiqlik yo’qolish quvvatiga qarab yoyli pech ishlash rejimini aniqlash imkoni mavjud hamda metallurgik agregat issiqligi kabi pechning mukammallik darajasini aniqlash mumkin. Yoyli pech ishchi fazasida issiqlik almashinish ayrim bir qator eritish davrida pechga elektr energiya berish va undagi shixta metall, shlak holatlariga bog’liq holda keskin o’zgarib ketadi. Dastlabki eritishdan so’ng tok o’chiriladi. Shu tufayli pech ishchi yuzasi harorati dastlab tez tushishi kuzatiladi, so’ngra bu hol sekinlashadi. Pechga shixta yuklash paytida, shixtaning haroratidan pech devorlari harorati yuqori bo’ladi. Buning oqibatida futerovka o’zining issiqligini qismini shixtaga berishi kuzatiladi. Bu jarayon dastlab shixtalarni erishi kuzatiladi bu hol, to ularning harorati tenglashmaguncha davom etadi.

O’rtacha issiqlik yo’qotish quvvati bog’ligi uchun taxminan quyidagi ifodadan foydalaniladi:

PI.Yu.=A G0,5

Bu yerda: A – kichkina pechlar uchun 250 kVt va katta pechlar uchun esa 400 kVt ni tashkil qiladi.

Yoyli pechlarda issiqlik yo’qotilishi, elektr energiya yo’qotilishi va ular qiymatlari, pechning ishchi fazasi konstruksiyasiga uning sig’imiga va asosan eritishda issiqlik jarayonlariga bog’liq. Kichik sig’imli pechlar uchun bu qiymat 45, katta sig’imli pechlar uchun esa 30 % ga yaqin tashkil qiladi. Agarda bu qiymatlarni umumiy issiqlik kelishini inobatga olganda (ekzotermik jarayonlar va materiallarning fizik issiqligi) unda taxminan 40 va 25 %ni tashkil qiladi.

Pechning tegishli qismlari bo’yicha issiqlik yo’qotilishi quyidagicha taqsimlanadi(birinchi qiymatlar kichik pechlar uchun, ikkinchisi esa katta pechlar uchun) %.

Sovutuvchi suvlar bilan 6 – 10

Chiqib ketuvchi gazlar bilan 8 – 12

Pechning tashqi yuzasi bo’ylab 4 – 6

Pechni ochish va svod orqali 4 – 6

Ishchi oyna orqali 1 – 2

Elektrodlar yuzasi orqali 2 – 4

Pechda issiqlik yo’qotilishi, futerovkalarning yemirilishi, eskirishi oqibatida oshadi. Shu tufayli ortiqcha elektr sarfiga olib keladi.

Yoy pechlarining ishchi diagrammasi.

Ishchi diagramma yoy pechining elektr va issiqlik xususiyatlari orqali ifodalanadi va tuziladi. Bu diagramma orqali pechning qator ishlash ko’rsatkichlarini aniqlash imkonini beradi. Shu jumladan uning ishlab chiqaruvchanligini, eritishdagi elektr energiya sarfi aniqlanadi. Ishchi diagramma tok kuchi yoki pech faol qurilib quvvati orqali quriladi.

Birinchi sinfli diagramma odatda nazariy xususiyatlariga asosan hisoblash maqsadida qo’llaniladi. Ikkinchi sinfli diagramma odatda faqat diagramma qurilishida ya’ni bevosita amaliy ma’lumotlar asosida quriladi. Elektroenergiyaning umumiy sarfining asosiy qismi asosan metallni va shlakni qizdirish hamda endotermik jarayonlarga sarflanadi.



TEXNOLOGIK HISOBOTLAR

Yoyli po'lat eritish pechida erish jarayoni jarayonning xar bir davrining davomiyligini bildiradi va quyidagi asosiy davrlarda kechadi.



  1. Erish davri (60%)

  2. Oksidlanish davri (9,4%)

  3. Tozalash davri (18,2%)

4-2 ta eritish davri orasidagi turib qolishlar, bunga metalni chiqarish, yoqilg'i-moy quyishni pechni tozalashni va pechga shixta yuklashni o'z ichiga oladi (12,4%).

Birinchi davrda yuklangan metalning qizishi va erishi sodir bo'ladi, bunda pech elektroenergiyaning katta qismini iste'mol qiladi. Shuning uchun loyixalashda eritish davri uchun quyidagi ishlarni hisoblaymiz.

1. Material balansini hisobi

2. Pechning asosiy ulchamlarining hisobi

3. Energetika balansini hisobi

4. Transformatorning zaruriy quvvat hisobi



Download 345.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling