Hayotiy holatlar – inson uchun ahamiyatli bo‘lgan va uning ehtiyojlari, qadri va tushunchalari bilan bog‘liq, uning xulqi hamda dunyoqarashiga ta'sir qiluvchi hayotning ma'lum davridagi hodisalar yig‘indisi.
Hayotiy dunyo ( fenomenologiyada) – inson sub'ektining o‘z dunyosi, turli odatiy qoida va me'yorlar asosida harakat qiluvchi ijtimoiy amaliyot..
Sog‘lom turmush tarzi – jamiyatda inson hayot faoliyati tizimini o‘ngli tashkil etish bo‘yicha tadbirlar majmuasi.
Invariant (tizim nazariyasida) – barcha ichki va tashqi o‘zgarishlarda o‘z tizimining tengligini ta'minlaydigan tuzilmaning barqaror qismi.
Interaksiya – boshqa shaxslar va o‘zini o‘zgartiruvchi ramzlar, g‘oyalar va muhim ahamiyatli narsalarni o‘zgarishi, hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarga mo‘ljallangan dinamik izchillik. (Ch.Kuli, D.Mid).
Intervensiya ijtimoiy ish nazariyasida) – kasbiy faoliyat doirasidagi o‘zgarishlar va ijtimoiy tafovutlarni bartaraf etish bilan bog‘liq ijtimoiy muammolarni hal qilish jarayonida mutaxassislarning aralashuvi.
Do'stlaringiz bilan baham: |