Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Jinsiy kasalliklar asosisdagi deviant axloq..Z


Download 159.54 Kb.
bet50/58
Sana13.12.2021
Hajmi159.54 Kb.
#180614
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58
Bog'liq
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1

Jinsiy kasalliklar asosisdagi deviant axloq..Zamonaviy seksopatoloiya shaxsiy jinsiy axloqida patologik va boshqa tafovutlarni ajratadi. Patologik deviatsiya jinsiy buzilish shaklida tibbiyot va psixiatriyaning tadqiqot predmeti bo‘ladi. Nopatologik deviant me'yor doirasidagi tafovut bo‘lib, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarning predmeti bo‘ladi.

Jinsiy deviatsiya quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:



  • jinsiy qoniqish ob'ektiga munosabatdagi tafovut (zoofiliya);

  • jinsiy ehtirosni amalga oshirish usulidagi tafovut (sadizm, mazoxizm i.);

  • o‘z jinsidagi shaxslarga yoki yaqinlarga jinsiy ehtiros shaklidagi tafovut (gomoseksualizm, lezbilik, yaqin qarindoshlarning jinsiy yaqinligi);

  • jinsiy o‘zini anglashning buzilishi bilan bog‘liq tafovut (transeksualizm);

  • jinsiy axloq stereotiplari o‘zgarishi bilan bog‘liq tafovut (maskulinlik).

Narkomaniya – bu narkotiklarga jismoniy va ruhiy qaramlikda aks etadigan kasallik bo‘lib, bosqichma-bosqich organizmning jismoniy va ruhiy buzilishiga olib keladi.

Narkomaniya ijtimoiy oqibatlarga ega. Jinoiy elementlar uchun bu pul topishning oson yo‘lidir. Narkotiklar iste'moli o‘limning ko‘payishiga, ayniqsa yoshlar orasida somatik va ruhiy kasalliklar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

Narkomaniya asosida jinoyat turib, narkoman uni olish uchun har qanday jinoyatga tayyor bo‘ladi. Narkotiklar xarid qilish bir qator jinoyatlar o‘g‘rilik, firibgarlikning o‘sishiga olib keladi. Narkotiklar avlodlarga ta'sir qiladi. Bolalar jiddiy jismoniy va ruhiy kasallkilar bilan tug‘ilib, oilalar buzilishiga sabab bo‘ladi.

Narkomaniya sabablari etnologiyasida narkoman shaxsi katta o‘rinni egallaydi. U demografik, yosh va ijtimoiy-tibbiy jihatlarga ega. Narkomanlar orasida erkaklar ko‘proq. Narkotiklarning asosiy iste'molchilari 12-15 oralig‘idagi yoshlardir.54

.

Narkomaniya – yoshlar kasalligi. U insonni jamiyatdagi me'yoriy hayotdan chetga chiqaradi. Aynan shu narsa mamlakat kelajagiga xavf tug‘diradi. Butun dunyoda 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslar narkotik iste'molchilaring katta qismini tashkil qiladi. Bu yoshda narkomaniya o‘sib boryapti. Narkotiklarning qo‘shilishning o‘rtacha yoshi 13 ni tashkil qilyapti.



Narkomaniyaning turli shakldaligi toksikomaniya deb yuritiladi. Ken tarqalgan narkotik moddalarga quyidagilar kiradi:

  • Morfiy geroin – alkoloyd opium;

  • Uyqu dorilar ,;

  • Gashish (anasha, marixuana);

  • Asab tizimiga ta'sir qiluvchi moddalar.

  • Kokain – koka o‘simligi alkoloydi.

  • Narkomaniya va toksikomaniyaning motivlari quyidagilar:

  • Narkotik modda ta'sirida hayotdan rohatlanish;

  • Ma'lum guruhga kirish maqsadida sinab ko‘rish;

  • Atrofdagilar bilan munosabatlarda dushmanlarcha kayfiyat;

  • To‘liq zaiflashish tuyg‘usiga erishish;.

Narkomaniya uchun sinov asosi mikro muhit sanaladi. Oila va ko‘cha muhiti katta ahamiyatga ega. Maktab, Ko‘cha,ishda hyech bo‘lmaganda bitta narkoman paydo bo‘lsa u atrofdagilarga salbiy ta'sir qiladi. Dastlab narkotiklar bepul, keyinchalik qarzga va pulga beriladi.

Shunday qilib har bir jamiyatda ijtimoiy tafovutlarning u yoki bu shakllari mavjud. Bugungi kundagi eng dolzarb muammolar har bir mamlakat xavfsizligi uchun jiddiy xavf bo‘lgan narkotiklar ishlab chiqarish, sotish va tarqatishdir.

Narkomaniya o‘tkair ijtimoiy oqibatlarga ega bo‘lib, huquqbuzarlkilar miqdori oshishi, insonlar ayniqsa yoshlarning jismoniy va axloqiy sog‘ligiga ta'sir ko‘rsatadi. Ayanan voyaga yetmaganlar, bolalar va o‘smirlar yuqorida keltirilgan salbiy ta'sirlarga tez tuzib qoladilar.


Download 159.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling