Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги
Download 159.54 Kb.
|
Мажмуа. Ижтимоий иш назарияси 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-Mavzu . Deviant axloq va ijtimoiy xizmat
O‘zini tekshirish uchun savollar
Sog‘lik hayotning asosiy boyligi sifatida. Sog‘lom turmush tarzi nima? Insonning jismoniy holatiga ta'sir qiluvchi asosiy omillar. Sog‘likning asosiy tarkibiy qismlarini ayting. Irsiyat va uning salomatlik va kasallanishga ta'siri Atrof muhitning sog‘likka ta'siri. Sog‘likka shaxsning madniy rivojlanishining ta'siri. 11-Mavzu . Deviant axloq va ijtimoiy xizmat Deviant (farqli) axloq. Delikvent axloq. Deviant axloqning ijtimoiy nazariyadari va tipologik konsepsiyasi. R. Mertona deviatsiyasi tipologiyasi . Ularni bartaraf etishning deviatsiyaviy sabablari. Deviant xulq turlari Jamiyat doimo inson axloqining nomaqbul shakllarini yo‘qotishga urinadi. Nomaqbul axloq sifatida daholik va qotillik, dangasalik va mehnatsevarlik, kambag‘allik va boylik deyarli teng darajada ko‘riladi. O‘rtacha me'yorlardan ham ijobiy ham salbiy farqlar jamiyat barqarorligiga salbiy ta'sir qiladi. Deviant, me'yorlardan farqlik, axloq insoniy harakatning keng doirasini qamrab oladi. Chetlanish darajasi, shuningdek me'yorlarning buzilish xususiyatiga ko‘ra ularni uchta darajaga ajratish mumkin: Axloq va etiketdan katta bo‘lmagan darajada chetga chiqish, shaxsiy deviant. Xuquqiy me'yorlarning buzilishi, jinoiy javobgarlik uchun yetarli miqdorda bo‘lmasa sotsiologiyada delikvent axloq deb yuritiladi. Jinoyat yoki kriminal xulq deb ataluvchi jinoiy huquq me'yorlarining jiddiy buzilishi. Shunday qilib, jamiyat fikricha ma'qullanmaydigan axloq deviant axloq deyiladi. Deviant axloqning asosiy shakllariga Ya.I. Gilinskiy va V.S. Afanasev fikricha quiydagilar kiradi: Ichkilikbozlik va alkogolizm; giyohvandlik; jinoyatchilik; O‘z joniga qasd qilish; fohishalik; Gomoseksualizm 46 . Ba'zan bularga qimor o‘yinlari, ruhiy buzilishlar. Shuningdek jinoiy ishlar kiradi. Farq qiluvchi axloqning barcha ko‘p shakllarini uchta guruhga bo‘lish mumkin: xususiy deviant, delinkvent va kriminal (jinoiy). Bugungi kunda tadqiqotlar orasida deviant axloq muammosiga katta e'tibor qaratilmoqda. Tafovutlarni ilmiy o‘rganish kriminologiya, psixopatologiya, sotsiologiya, ijtimoiy xizmat, pedagogikada amalga oshirilmoqda.47. Tafovutlarni o‘rganish o‘zining tarixiga ega. Platon ham inson axloqidagi turli ko‘rinishlarni tushuntirib o‘tadi. Rossiyada deviant axloqni madniy jihatini asoschisi Ya.I.Gilinskiy muomalag deviant axloq tushunchasini kiritdi, bugungi kunda u farq qiluvchi axloq atamasi bilan teng qo‘llanilmoqda. Xorijiy tadqiqoqchilar , E.Dyurkgeym, Klages, R.Merton, N.Smelzer, Shibutani, Shuessler va boshqalar deviantlikning kutilayotgan ijtimoiy me'yorlarga mosligi yoki mos emasligini aniqladilar. Deviant shunday axloqki mazkur jamiyatning ijtimoiy kutadigan talablarini qondira olmaydi. Download 159.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling