Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети кимё факультети Органик кимё кафедраси


Download 1.47 Mb.
bet5/6
Sana15.11.2023
Hajmi1.47 Mb.
#1776704
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1539870785 67857

Alkaloidlar saqlovchi dorilar

  • Piridin siklining benzol sikli bilan kondensatsiyalanishi natijasida– xinolin hosil bo‘ladi.
  • Uning nomi, juda qiziqarli tarixga ega bo‘lgan xinin nomli alkaloiddan kelib chiqqan. Bir vaqtlar u bezgak kasalligiga qarshi qo‘llanadigan yagona vosita sifatida ma’lum edi. U bezgakni davolamasa ham, lekin o‘z davri uchun, bezgakning eng og‘ir simptomlarini bartaraf etishga ko‘mak beradigan yagona vosita bo‘lgan.
  • Bezgak hozirgi davrda ham jahondagi eng og‘ir va asoratli kasalliklardan biri sanaladi. Birgina Hindiston davlatining o‘zida har yili kamida bir million kishi bezgak tufayli vafot etadi. Yana qanchadan-qancha odam uning asoratlaridan aziyat chekib turmush kechirmoqda.

Zang zambrug‘ining barcha alkaloidlarini qisman gidrolizlash mumkin. Bu jarayonda, ularning molekulasining qismlaridan biri bo‘lmish - lizergin kislotasi ajralib chiqadi.

Lizergin kislotasi va uning barcha hosilalari tarkibiga indol yadrosi kiradi.

Tanasiga lizergin kislotasi yuborilgan odamda, vos-vos hamda, og‘ir ruhiy hastalik bo‘lmish shizofreniyaning boshqa belgilari yuzaga chiqadi. Bu esa tibbiyot tarixida ilk bora kimyogarlarning inson miyasidagi ruhiy jarayonlarning kimyoviy mexanizmlari asoslarini tushunish arafasida turganliklariga ishoradir. Buning qanchalik muhim ekanligini isbotlashga hojat bo‘lmasa kerak, chunki, masalan, birgina AQSHning o‘zidagi ruhiy kasallarning yarmidan ko‘pini aynan shizofreniya bilan hasatalangan bemorlar tashkil qiladi.

Piridin va benzol sikllari boshqacha usul bilan ham o‘zaro kondensatsiyalanishi mumkin: Natijada– izoxinolin hosil bo‘ladi. Agar siz izoxinolin va xinolin formulalarini taqqoslasangiz, ularda azot atomining joylashuv o‘rni turlicha ekanligini ko‘rasiz. Tarkibida izoxinolin tutuvchi eng muhim birikmalar ko‘knor o‘simligining ba’zi turlarining hali yetilib ulgurmagan urug‘ donachalarida bo‘ladi. Bunday o‘simlik urug‘lari shirasining quritilgani opiy deb ataladi. Opiy yunonchada «shira» degani. Opiy moddasi olish mumkin bo‘lgan o‘simlik esa, opiy ko‘knorisi deyiladi. Opiyda alkaloidlarning 25 turi bor. Ulardan ba’zilari odamzotga ma’lum alkaloidlar ichida uchun eng muhimlari sanaladi. Zamonaviy og‘riqsizlantiruvchi va tinchlantiruvchi vositalar hali mavjud bo‘lmagan zamonlarda, tabiblar bu maqsadlarda aynan opiydan foydalanishar edi. Baz’ilar bo‘sh va yengiluvchan tabiatli odamlar esa uni shunchaki hayot tashvishlarini unutish uchun iste’mol qilishgan. Lekin bu vaqt o‘tishi bilan unga o‘rganib qolishga sabab bo‘lib, giyohvandlikka olib kelgan. Bu ham, mayxo‘rlikka o‘xshash narsa bo‘lib, avval oz-ozdan iste’mol qilishning boshlanishi o‘ziyoq, vaqt o‘tgan sayin unga o‘rganib qolgan odamni xarob qilib, xorlikka duchor qiladi.

  • Piridin va benzol sikllari boshqacha usul bilan ham o‘zaro kondensatsiyalanishi mumkin: Natijada– izoxinolin hosil bo‘ladi. Agar siz izoxinolin va xinolin formulalarini taqqoslasangiz, ularda azot atomining joylashuv o‘rni turlicha ekanligini ko‘rasiz. Tarkibida izoxinolin tutuvchi eng muhim birikmalar ko‘knor o‘simligining ba’zi turlarining hali yetilib ulgurmagan urug‘ donachalarida bo‘ladi. Bunday o‘simlik urug‘lari shirasining quritilgani opiy deb ataladi. Opiy yunonchada «shira» degani. Opiy moddasi olish mumkin bo‘lgan o‘simlik esa, opiy ko‘knorisi deyiladi. Opiyda alkaloidlarning 25 turi bor. Ulardan ba’zilari odamzotga ma’lum alkaloidlar ichida uchun eng muhimlari sanaladi. Zamonaviy og‘riqsizlantiruvchi va tinchlantiruvchi vositalar hali mavjud bo‘lmagan zamonlarda, tabiblar bu maqsadlarda aynan opiydan foydalanishar edi. Baz’ilar bo‘sh va yengiluvchan tabiatli odamlar esa uni shunchaki hayot tashvishlarini unutish uchun iste’mol qilishgan. Lekin bu vaqt o‘tishi bilan unga o‘rganib qolishga sabab bo‘lib, giyohvandlikka olib kelgan. Bu ham, mayxo‘rlikka o‘xshash narsa bo‘lib, avval oz-ozdan iste’mol qilishning boshlanishi o‘ziyoq, vaqt o‘tgan sayin unga o‘rganib qolgan odamni xarob qilib, xorlikka duchor qiladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling