Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети кимё факультети Органик кимё кафедраси
Download 1.47 Mb.
|
1539870785 67857
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alkaloidlar asosini tashkil qiluvchilar
Dorilar
Alkaloidlar asosini tashkil qiluvchilarPiridin sikli ega bo‘lgan eng muhim birikmalardan biri bu nikotin kislotasidir. Bu kislotaning molekulasida karboksil guruhi, agar azot geteroatomidan boshlab sanalgandagi, ikkinchi tartib bilan turuvchi uglerod atomiga bog‘langan bo‘ladi. Nikotin kislotasi B guruhi vitaminlari qatoriga mansub bo‘lib, u eng kamida uchta turli xil kofermentlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Odam organizmi o‘zi uchun zaruriy nikotin kislotasi miqdorini o‘zi hosil qila olmaydi va shuning uchun u albatta iste’mol qilinayotagn oziq-ovqat tarkibida bo‘lishi kerak.Agar oziq-ovqat tarkibida I, II, va III – kofermentlar bo‘lmasa, organizm ularni o‘zi uchun o‘zi hosil qila olmaydi (bu kofermentlar molekulasining nisbatan katta qismini ishlab chiqara olsa ham, lekin to‘liq molekulani hosil qila olmaydi). Mazkur kofermentlarning yetishmasligi esa, organizmning butun boshli kimyoviy mashinasini sustlashishga olib keladi. Natijada esa, nomi italyan tilida «dag‘al teri» ma’nosini beruvchi pellagra kasalligi kelib chiqadi. Sababi pellagraga uchragan bemorlarda teri dag‘allashadi va yallig‘lanadi, shuningdek, yana boshqa nohush simptomlar yuzaga chiqadi.
Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling