Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

Литература 
1. Алпатов А.П., Прокопчук Ю.А., Костра В.В. Госпитальные информационные 
системы: архитектура, модели, решения. - Днепропетровск: УГХТУ, 2005.
2. Г.И.Назаренко, Я.И.Гулиев, Д.Е.Ермаков. Медицинские информационные 
системы: теория и практика. – М.; ФИЗМАТЛИТ, 2005. 
3. Коннолли 
Т., 
Бегг 
К. 
Базы 
данных. 
Проектирование, 
реализацияисопровождение. Теорияипрактика Database Systems: A Practical 
Approach to Design, Implementation, and Management. — 3-еизд. — М.:Вильямс, 
2003.
4. Гарсиа-Молина Г., Ульман Дж., Уидом Дж. Системы баз данных. Полный 
курс. — М.: Вильямс, 2003.
5. Безнос О.С. Подходы при создание медицинских информационных 
систем,Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований 
2013. 
6. Фролова М.С. Принципы интеграции медицинской техники в медицинскую 
информационную систему, Журнал: Современные наукоемкие технологии 2013. 
7. Коробкина Д.В., ВарановскийН.В. Перспективы создания МИС Журнал 
Cloudofscience 2014. 
8. Дж. Уорсли, Дж. Дрейк PostgreSQLдля профессионалов 2003, 380 с. 
9. АкиловФ.А., Арипов М., Бабаев О., Мухтаров Ш., Элов Б.Б. К разработке 
медицинской информационной системы. Труды международной конференции 
“Актуальные проблемы прикладной математики и информационных технологий 
– Аль-Хорезми 2014”, Самарканд, 2014, 81-83.
10. Акилов Ф.А., Мухтаров Ш.Т.Локальная компьютерная сеть – центральная 
нервная система ЛПУ, или как эффективнее использовать компьютеры в 
медицинских учреждениях. 2011. 
IJTIMOIY FANLARNI OʻQITISHDA AXBOROT – KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINING TA`LIM VOSITASI SIFATIDAGI AHAMIYATI 
 
Sindarova F.A. – Toshkent shahar Sergeli politexnika 
KHK o‘qituvchisi, kasb-hunar ta`limi a`lochisi 
Ta`lim jarayonida axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash bugungi
kunning dolzarb va asosiy vazifalaridan biridir. 
Ta’lim sohasiga AKTni joriy etish:
- zarur o‘quv va ilmiy axborotni izlash vaqtining qisqarishi va ulardan foydalanish;


232 
- o‘quv va uslubiy adabiyotlarni yaratish va yangilash jarayonining jadallashuvi;
- individual mustaqil ishlash; 
- ta’lim jarayonining sifatini oshirish imkoniyatini beradi. 
Ko‘rgazmalilikni ta’minlash, turli hil didaktik materiallardan foydalanish, darsda 
bajaradigan ishlarning 1,5-2 barobar oshirish imkonini beradi. O‘quvchilar uchun 
iqtidor va qobiliyatni yanada o‘stirish, mustaqil izlanish ko‘nikmalarini shakllantirish, 
chuqur bilim olish istiqbolini rivojlantirish, bilim sifatini oshirish; fikrlashning yangi 
usullarini shakllantirish uchun sharoit yaratadi. 
Oʻquv jarayonini AKT yordamida ko‘rgazmali tashkil qilishda uchta asosiy 
vazifani bajarish lozim:
- ko‘rgazmali qurol asosida o‘rganilayotgan narsa yoki hodisaning original obrazini 
yaratish;
- ko‘rgazmali qurolning o‘zi oʻquvchilarning muayyan maqsad bilan kuzatishini 
tashkil etish;
- nazariy bogʻliqlik va mazmuniga mos tushunchalarni hosil qilish yoki o‘quv 
vazifalarini bajarish jarayonida obrazdan mohirona foydalanib, uning mazmunini 
ifodalovchi harakat kiritish va tushuntirish. 
O‘quv materiallarini AKT yordamida uzatishda ogʻzaki tushuntirish, 
ko‘rgazmali va amaliy metodlarni qoʻllash mumkin. O‘qitishning zamonaviy usullari 
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashda ta’limning maqsad va 
mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim 
ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarda o‘quvchining o‘quv 
materiallarini o‘zlashtirishini kuzatish, nazorat olib borish, zarur boʻlganda tuzatib 
borish imkoniyati yaratiladi. 
Ta`lim jarayonida ko‘rgazmali axborot ishlatilganda oʻquvchilarda taassurot 
hosil bo‘lishi ogʻzaki bayon qilishga nisbatan 5-6 marotaba tezroq kechadi. O‘quv 
materialini kompyuter texnologiyalari yordamida ko‘gazmali uzatish, axborotning 
oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishining samaradorligini ta`minlaydi. 
Ijtimoiy fanlarni axborot texnologiyalari yordamida tashkil etish, bir tomondan 
darsning sifati va samaradorligini oshirsa, ikkinchi tomondan o‘quvchilarda shu 
vositalarni chuqur o‘rganish bilim va ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bugungi kunda 
ijtimoiy fanlarni oʻqitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish uchun 
ishlatiladigan turli dasturiy ta’minotlar mavjud bo‘lib, ular: 
- MS-Word. Bu dasturda matn yozish, uni qayta ishlash va takomillashtirish, 
tasvirlar va matnlar joylashtirilgan hujjatlar yaratish mumkin. 
- MS-PowerPoint. Microsoft PowerPoint – ushbu dastur yordamida yuqori darajali
taqdimotni ishlab chiqish va slaydlarni namoyish qilish mumkin. 
- Adobe PhotoShop. Adobe Photoshop yoki oddiygina Photoshop, grafiklarni tahrir 
qiluvchi dastur. Photoshop dasturida yuqori darajali tasvirlar yaratishda keng 
foydalanish mumkin. 
Ijtimoiy fanlardan dars mashg‘ulotlarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan 
foydalanilganda: 
- o‘quvchilarning fikrlash qobiliyati shakllanadi va rivojlanadi; 
- dars jarayoninida o‘quvchilarning aniq tayyorgarlik darajasini, qobiliyatlarini, tarixiy 
ong va tafakkurini shakllantirishda yordam beradi; 


233 
- o‘quvchilarning bilish faoliyatni kuchaytiradi, texnologik yondoshishga o‘rgatadi; 
- dars jarayonida fanlararo integratsiyani kuchaytiradi; 
- dars jarayonida kompyuter vositalaridan unumli foydalanishga ko‘mak beradi; 
- dars jarayonining texnologik bazasini takomillashtirishga ko‘maklashadi; 
- dars jarayonida fanga oid yangi ma`lumotlardan foydalanish imkonini beradi. 
Kompyuterning didaktik imkoniyatlarini boshqa hech qanday texnik vosita bilan 
taqqoslab bo‘lmaydi. AKT ta`lim jarayonida quydagi vazifalarni amalga oshiradi:
- didaktik – kompyuter dasturlaridan ko‘rgazmali qurol sifatida foydalanish;
- uslubiy – mavzuni tushuntirishda, dars natijalarini tahlil etishda kompyuterni 
ishlatish usullarini belgilash; 
- tashkiliy – jarayonni qisqa vaqt ichida samarali tashkillashtirish; 
- ta`limiy – o‘quvchilarda o‘tilgan mavzuni mustahkamlash va ularda axborot 
texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Xulosa o‘rnida. Ijtimoiy fanlarni oʻqitishda AKTdan foydalanish o‘quvchilarning
tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirishlarida va ular 
to‘gʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlishlarida muhim omil boʻlib xizmat qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling