Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


KASB TANLASHDA OʻQITUVCHINING OʻRNI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet205/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

 
KASB TANLASHDA OʻQITUVCHINING OʻRNI 
 
Xodjimatova D. - Sergeli tibbiyot kolleji 
Bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida “inson omili”ning roli ortib 
borishi kuzatilmoqda. Dunyo miqyosida hozirgi ijtimoiy-siyosiy hayot kishilik jamiyati 
taraqqiyotining ayni bosqichi shunday oʻziga xos xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat 
emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, ijodiy fikrlash, yangi texnika va 
texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Biroq shuni ham ta’kidlash oʻrinliki, 
bolalardagi tugʻma layoqat va iste’dodni, ularning qiziqishlari va imkoniyatlarini 
tizimli oʻrganish, kasb-hunarga toʻgʻri yoʻnaltirish va ular tomonidan kasb-hunarni 
mustaqil tanlay olishni tashkil etish ishlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishda 
oʻz echimini kutayotgan bir qator muammo va vazifalar mavjud. Bular qatoriga oila, 
maktabgacha ta’lim muassasasi, umumta’lim maktabi, kasb-hunar ta’limi muassasalari 
bilan ijtimoiy hamkorlikni kuchaytirish, ta’lim tizimini iqtisodiyot va ishlab 


363 
chiqarishdagi oʻzgarishlarga tezkor moslashtirishini tashkil etish, eng muhimi esa 
oʻquvchilarni erta yoshdan boshlab uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish ishlarining 
mazmunini belgilash, natijani tahlil etish va navbatdagi bosqichda amalga oshirilishi 
kerak boʻlgan ishni asosli rejalashtirish lozim. 
Kasb tanlashda ikkilanayotgan oʻquvchilar uchun maslahatlar. 
Mehnat bozoridagi holatni tahlil qiling. Yildan-yil yangi kasblar paydo 
boʻlayotganligiga e’tiboringizni qarating. Doimiy malakani oshirish, qoʻshma 
kasblarni egallashga toʻgʻri kelishiga tayyor boʻling. 
Hozirgi kunda, Siz maktabni tugatayotgan paytda kasb tanlashingiz, Sizning 
taqdiringizni butunlay hal qiladi deb qoʻrqmang. Navbatdagi tanlovdagi oʻzgarishlar, 
yangi mutaxassislikni oʻzlashtirish, Sizni fanlararo faoliyat boʻyicha qimmatli 
mutaxassis qilib tayyorlaydi. 
Birinchi kasb, garchand Siz keyinroq undan voz kechishingiz va oʻzingiz uchun 
qiziqrogʻini topsangiz ham hayotning turli kutilmagan holatlarida Sizga asqotadi. 
Bundan tashqari, e’tibor qiling-ki, har bir erkak uchun uyda chilangar ham, sartarosh 
ham, elektrchi ham, haydovchi ham boʻlishga toʻgʻri keladi. Ayollar uchun esa, 
tikuvchi, oshpaz, kir yuvish va boshqa maishiy mashinalar “operatori” boʻlishga toʻgʻri 
keladi. 
Albatta, kasbning nufuzliligi u yoki bu holda Siz tomoningizdan inobatga 
olinadi, lekin buni oʻzingizning qiziqishlaringiz va qobiliyatlaringiz, sogʻligʻingizning 
holatini hisobga olgandan soʻng amalga oshiring. Mehnat birjasidagi boʻsh oʻrinlar 
toʻgʻrisidagi gazetalarni tahlil qilish juda foydali (u yerda odatda har bir boʻsh oʻrin 
uchun qaysi ta’lim yoʻnalishidagi mutaxassis kerakligi koʻrsatiladi). 
Shunday kasblar borki, ular Sizga mos kelmaydi, chunki ular sizning 
sogʻligʻingizni yomonlashtirishi mumkin. Bunday kasblar koʻp emas va ular asosan u 
yoki bu jismoniy tizimlarning uzoq muddatli zoʻriqishini talab etadi. 
Oʻzingiz tanlamoqchi boʻlgan kasbning mazmun-mohiyatini oʻrganib chiqing. Shu 
kasb bilan shugʻullanishingiz lozimligini koʻz oldingizga keltiring. Oʻz mamlakatingiz 
va oilangiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishingiz lozimligi haqida fikr yuritying. 
Oʻquvchilarni kasb tanlashda fiziologik holatlarini e’tiborga olish zarurligi 
toʻgʻrisida tavsiyalar. 
Kasb tanlashda oʻquvchilar qobiliyatlaridan tashqari salomatlik holatini ham 
hisobga olishlari zarur, chunki kasb tanlovchilarning barchasi ham sogʻliklarini 
e’tiborga olgan holda kasbni toʻgʻri tanlaydi deb boʻlmaydi. 
Toʻgʻri, batafsil tavsiyalarni tegishli tekshiruvlardan soʻng vrach beradi, lekin 
dastlabki cheklovlarni (agar ular mavjud boʻlsa) tanlovchining oʻzi belgilashi lozim. 
Bu undan qandaydir maxsus bilimlarni talab qilmaydi, chunki, koʻpchilik asosiy qarshi 
koʻrsatgichlar organizm anomaliyasining (normadan chetga chiqish) toʻrt guruhi bilan 
belgilanadi: 
A. Skelet mushak apparati anomaliyalari-skelet, boʻgʻimlar, umurtqaning 
jarohatlanishi yoki kasalligi, muskullar kamchiligi bor boʻlgan oʻquvchilar uchun 
quyidagi kasblarni tanlashlari tavsiya etilmaydi. 
Koʻplab jismoniy energiyani, uzoq vaqt oyoqda turishni, tez-tez engashib turishni talab 
qiladigan kasblar (yukchi, gʻisht teruvchi, stanokchi, temirchi, metallurgiya ishlab 
chiqarishdagi bir qator kasblar va boshqalar). 


364 
B. Sezgi organlari (koʻrish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish) da kamchiligi bor 
oʻquvchilar uchun quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi. 
Haydovchilik mutaxassisligining barcha turlari, mayda detallar bilan ishlash, oziq-
ovqat, parfyumeriya sanoatining qator kasblari, oshpaz, degustator (mazasiga qarab 
ta’m bilish) va boshqalar. 
V. Asab tizimining buzilishi – bosh aylanishi, qoʻlning qaltirashi kabi 
kasalliklarga chalingan oʻquvchilar uchun quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi. 
Balandlikda (montajchi, minorali kran mashinisti,va h.k.z.) transportda ishlash bilan 
bogʻliq kasblar (yigʻuvchi, soatsoz, zargar, va boshqalar) tavsiya etilmaydi. 
G. Ichki organlar-yurak-tomir va nafas tizimi kasalliklariga chalinganlar uchun 
quyidagi kasblar tavsiya etilmaydi: 
Changlangan, gazlangan muhitda, havoning siyrakligi muhitida yoki uning 
teskarisi boʻlgan yuqori atmosfera bosimi ostida, yoki yuqori harorat sharoitlari bilan 
bogʻliq kasblar va boshqalar. 
Shunday qilib, kasb tanlashda yana bir qadam-bu oʻzining qobiliyatlari va 
sogʻligʻiga baho berishdir. Bunda ushbu baholashning zarur, lekin yetarli boʻlmagan 
muolaja ekanligini inobatga olish lozim.
Bu bir koʻrinishda oson narsa emas. Bundan tashqari koʻpgina oʻquvchilar 
oʻzlarining kamchiliklari va zaif tomonlari haqida bilishdan choʻchiydilar. Buning 
uchun ular haqiqatni bilish uchun oʻzlarida jasorat topa olishlari, aql-zakovatni ishga 
solib xatolarni tuzatishga intilishlari lozim. Bitiruvchining oʻzini anglashida 
tengdoshlari, yaqin insonlari va albatta kasbga yoʻnaltiruvchi mutaxassislar yordam 
beradilar. 
Kasb tanlashda yoʻl qoʻyiladigan tipik xatolarni bilish sizni ortiqcha yoki 
notoʻgʻri qadam qoʻyishingizdan himoya qilib, vaqtingizni tejab, oʻzingizning 
imkoniyatlaringiz, qiziqishlaringizga mos kasbni tanlashingizga yordam beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling