360
Chunonchi, bu borada Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov
quyidagilarni qayd etadi: «Biz
yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini
tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli
kasb egalariga
suyanamiz va tayanamiz, ertaga oʻmimizga keladigan yoshlarning
ma’naviy dunyo- sini shakllantirishda ularning xizmati
naqadar beqiyos ekanini
oʻzimizga yaxshi tasawur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun oʻqituvchisiga
nisbatan qoʻyilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglanadi.
Yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish kadrlar tayyorlashda
yangicha yondashuvlarning paydo bo‘lishiga va ta’lim tizimi samaradorligi oshishiga
xizmat qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyati ta’limni
yuqori
darajada samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilash, ta’lim
natijasini oldindan qayd etish, o‘quv predmetlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun
zaruriy ta’lim
vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlash,
oldindan qayd etilgan, aniq
kafolatlangan natijaga erishishga qaratilgan zaruriy tadbirlar tizimini ishlab chiqish va
ta’lim jarayonini unga rioya qilib tashkil etishdan iboratdir.
O‘qitish metodlarini shartli ravishda “O‘qitishning an’anaviy metodlari”ga va
“O‘qitishning noan’anaviy metodlari”ga ajratish mumkin. Biz quyida “Fizika.
Astronomiya” fanini noan’anaviy oʻqitish usullari uchun tayyorlanadigan tarqatma
materiallarning turlaridan namunalar keltiramiz.
“Yer tipidagi va Gigant planetalar” mavzusini mustahkamlash uchun “Blits-
soʻrov” usulidan foydalanish.
Oʻquvchilarni har biriga quyidagicha “Blis-soʻrov” jadvali chizilgan qogʻoz
tarqatiladi va mashgʻulotni oʻtkazish tartibi boʻyicha vazifalar bajariladi. Bunga koʻra,
berilgan planeta nomlarini Quyoshdan uzoqligi boʻyicha ketma-ketligi boʻyicha
raqamlab chiqishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: