Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
GEOMETRIYA DARSLARIDA ELEKTRON O‘QUV MAJMUALARIDAN
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
GEOMETRIYA DARSLARIDA ELEKTRON O‘QUV MAJMUALARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI Elmurodov Jamshid Asatillayevich - T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tatqiqot insituti tayanch doktoranti О‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohatlar respublikaning ravnaqini ta’minlaydigan istiqboldagi rejalarini amalga oshirishda muhim о‘rin tutadi. Hozirgi zamon yoshlari bilimi va tarbiyasi davr talabiga javob beradigan hamda umuminsoniy ta’lim-tarbiya shakli va tamoyillari bilan hamohang bо‘lishi zarur. Axborot texnologiyalari rivojlangan davrda kompyuter texnologiyalari yordamida darslarni о‘tkazish: o‘quvchilarni darsda befarq bо‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi, kompyuter savodxonligini oshirish hamda о‘zi tanlagan kasbiga bо‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish bugungi kunning dolzarb masalalaridandir. Bu esa o‘quvchilarni puxta kasbiy tayyorgarlikka ega bо‘lishi va о‘z kasbining mohir ustasi bо‘lib yetishishiga katta yordam bо‘ladi. Hozirgi kunda yoshlarning kompyuter va zamonaviy mobil texnologiyalaridan hamda internet resurslaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqishlari kuchayib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning ta’lim va tarbiya jarayonga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Shuning uchun o‘quvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda darslarda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish, qolaversa, ta‘lim jarayonini to‘ldiradigan turli tuman elekron o‘quv majmua va multimedia ilovalaridan o‘quvchilarni xabardor qilish hamda ulardan ta‘lim jarayonida foydalanishga yo‘naltirish lozim bo‘ladi. Ta’limni axborotlashtirish zamonaviy tendensiyalardan biri bо‘lib, elektron ma’lumotlar, ensiklopediyalar, ta’lim beruvchi dasturlar, ta’lim oluvchilar bilimlarini avtomatik nazorat qilish vositalari, elektron o‘quv majmualar, trenajyorlar va virtual stendlar kabi elektron vositalarni yaratishga zarurat tug‘dirdi. Respublikamiz ta’lim muassasalarida о‘quv jarayonini axborotlashtirishga intilish jarayoni ta’lim tizimi uchun elektron o‘quv majmualar yaratishga keng yо‘l ochib berdi. Elektron o‘quv majmua о‘zining tuzilishi jihatidan odatda ochiq axborot tizimi sifatida yaratilib, unda kо‘rgazmalilik asosan animatsiyalar, tovushlar, videolavhalar kabi multimediali texnologiyaladan foydalanish orqali ta’minlanadi. Majmuadan foydalanish jarayonida foydalanuvchi tomonidan uni tо‘ldirish hamda takomillashtirib borish imkoniyatlari yaratiladi. Elektron o‘quv majmualarga ularning qo‘llanish yo‘nalishlaridan kelib chiqib, quyidagi talablarni qo‘yish mumkin: о‘quv mashg‘ulotlarini samarali darajada о‘tkazilishini ta’minlash; bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirish hamda nazorat va o‘z-o‘zini baholash imkoniyatlarini yaratish; 374 ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni о‘zaro uyg‘unlashtirish; matnli va elektron axborot resurslari va o‘quv materiallarini muttasil yangilab boriladigan (gipermatnlar va havolalar) hamda jonli animatsiya va illyustratsiyalangan (multimedia vositalari, dinamik rasmlar, jadvallar, daigrammalar va boshqalar) bо‘lish. Elektron o‘quv majmualarning samaradorligini quyidagi mezonlar asosida aniqlanishi mumkin: elektron o‘quv majmuani fan dasturiga tо‘la mos kelishi va uni tо‘ldirishi; majmuaga kiritiladigan materiallarni tanlashda о‘quv fanining maqsadi va о‘quvchilarning bilimga bо‘lgan ehtiyojlarini hisobga olish; mazmunning aniqligi, interfeys va dizaynning qulayligi, ranglarning mosligi, matnning bexatoligini ta’minlash. mavzuga oid nazariy materialni aniq, qisqa, tushunarli va mantiqan to‘g‘ri ifodalash, о‘rganish jarayonini soddalashtirish uchun illyustratsiya va chizmalardan samarali va o‘rnida foydalanish; o‘quv materiallarini tanlashda o‘quvchilarning yoshi, fiziologik xususiyatlarini hisobga olish; majmua tuzilishi, modullari va ularga tegishli bo‘limlarining o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi; elektron o‘quv majmuaga о‘quvchilarni berilgan material ustida ishlashga va amalda qо‘llashga undovchi topshiriqlarni kiritish; o‘quvchilar o‘z imkoniyatlari, bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib, o‘z o‘rganish trayektoriyalarini tuzishi hamda o‘zlarini baholash imkoniyatlarini yaratish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geometriya fanini o‘qitishda elektron o‘quv majmualarining o‘rni beqiyosdir. Elektron o‘quv majmualardan foydalanish ta’lim olishning amaliy jihati hisoblanadi. Geometriya darslarida innovatsion texnologiyalardan va internet resurslaridan, online o‘qitish tizimlaridan foydalanish о‘qituvchi va о‘quvchining darslarda о‘rgatilishi va о‘rganishi lozim bо‘lgan materiallarning o‘zlashtirilish darajasi oshishiga katta yordam beradi. Bu esa о‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini oshiradi. Geometriya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda mashg‘ulotlarni o‘tkazish o‘quvchilarda: kompyuter savodxonligini rivojlantirishi, darsda bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishi, axborot madaniyatini shakllanishi, o‘quvchilarni bilim saviyasini oshishi, darsni ikki tomonlama olib borilishi, bilimi past o‘quvchilarni darsga qiziqishlarini oshishi, o‘quvchilar o‘z-o‘zini baholashi hamda bularning natijasida o‘quvchilarni kelgusi faoliyatiga etuk mutaxassis bo‘lib etishishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini orttiradi, o‘rganishga, mustaqil bilim olishga bo‘lgan faolligini oshiradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling