Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Graphics Interchange Format (GIF)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
Graphics Interchange Format (GIF)
U 65535 X 65535 piksellardan iborat maksimal oʻlchamning 256 ta rangi (8 biti) uchun standartlashtirilgan. Bu grafikni siqish koʻp uchraydigan bitlar guruhini kichik bitlar kombinatsiyasi bilan almashtirish algoritmiga asoslanadi va bitlar miqdorini 2 dan 3 koeffitsiyentgacha qisqartiradi. Bunday siqish algoritmi uning ixtirochisi Lempel-Ziv-Uelch nomiga atab LZV siqish kabi nom berilgan. Bu yoʻqotishlarsiz siqish algoritmidir, ya’ni siqish jarayonida xechqanday axborot yoʻqolmaydi. Birinchi qadam sifatida, berilgan tasvirning 1 piksel uchun 24 bitlik ranglari skaner yordamida 1 piksel uchun 8 bitgacha qisqartiriladi. Bu 8 bitli guruhlar ranglar jadvalidagi 256 xil ranglarning birini ifodalash uchun qoʻllaniladi. Ranglardan birini, odatda VDU da qoʻllaniluvchi, masalan, ekran fonining rangiga oʻxshash rangni och (moviy) rang deb atash mumkin. Bitlarning 24 dan 8 bitga qisqartirilishi tasvirni 67 % ga siqish imkonini beradi. Bundagi ranglarning qisqarishini esa sifat nuqtai nazardan qaraganda katta yoʻqotish emas, chunki aksariyat insonlar 256 tadan ortiq rangni qabul qilishga qodir emaslar. GIF formatining ommabor boʻlib ketishiga sabab boʻlgan assosiy xususiyatlaridan biri – uning toʻqimasidir. Dekompressiya jarayonida tasvirning har bir alternativ chizigʻini boshidan uzatadi, natijada, odatda tasvirni tez koʻrishga shoshiluvchan foydalanuvchi koʻziga yuvilgan tasvir koʻrinadi. Barcha chiziqlar ketma-ket joylashtirilaganligi toʻliq va sifatli rasmni hosil qiladi. GIF formatli tasvirni ranglarni siqish va kombinatsiyalashning LZV usulida 1:6 dan 1:10 gacha siqishga erishish mumkin. GIF formatini oq va qora rangli yarim tonli tasvirlar fayllarida foydalanish qoʻlayroq, chunki bunday tasvirlar 1 pikseliga faqat 8 bit mos keladi. Agar tasvir tarkibida ranglar qorishmalari va rangli surat qismlari mavjud boʻlmagan rasm, multfilm, qoʻlyozmali matni yoki rentgen boʻlsa, u holda GIF formatli siqish yaxshi natija beradi. Bunday format koʻproq axborotning yoʻqotilishiga yoʻl qoʻyilmaydigan tibbiy tasvirlar uchun tavsiya etiladi. GIF formatda tasvirning ichki animatsiyasini tashkil etish mumkin, PNG formatda esa bu imkoniyat mavjud emas. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling