Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
АUTOCAD GRAFIK DASTURIDA DETALNING VAZIYATLARINI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
АUTOCAD GRAFIK DASTURIDA DETALNING VAZIYATLARINI OʻZGARTIRISHNING OʻZIGA XOS IMKONIYATLARI. Aminov Akmal Shavkatovich - Buxoro davlat universiteti Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma`naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog`liq boʻlgan uzluksiz ta`lim tizimi orqali har tomonlama barkamol, shaxs-fuqaroni shakllantirish nazarda tutadi. Shu tarzda talabalar bilim olish va ijodiy qobiliyatni namoyon etishi, fazoviy tassavurlarni shakllantirish mazkur masalaga yanada qulaylik yaratadi. Bugungi kun va zamon talabidan kelib chiqgan holda “Kompyuter grafikasi” fani har bir soha bilan uzviy bogʻlanib, kompyuter dasturiga boʻlgan ehtiyoj tobora oshib borayotganligi aniq. Kompyuter grafikasining qoʻllanish koʻlami juda keng 261 boʻlib, avvalom bor ushbu sohani vizualligi diqqatga sazovvordir. Ya’ni kompyuter grafikasida tasvir asosiy omil boʻlib xizmat qiladi. “Kompyuter grafikasi” fani birinchi navbatda informatika fani bilan bogʻliqdir. Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini oʻzlashtirib boʻlmaydi. Demak ta’lim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab oʻrganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bogʻliq boʻlganligi uchun ham geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi. Oddiy geometrik yasashlar (aylanani teng boʻlakarga boʻlish, aylana yoyi, urinma, vatar, burchak bissektrisalarni oʻtkazish, perpendikulyarlik va parallellik xossalari…)ni bilish talab etiladi. Aks holda oʻzimiz buyruqlar majmuasini notoʻgʻri berib dasturdan biron bir amalni bajarishini talab etishimiz oʻrinsiz. Qisqa qilib aytganda AutoCAD grafik dasturini oʻrganishda dastlab informatika soʻng chimachilik va chizma geometriya fanlari oʻzlashtirilgan boʻlishi lozim [1, 15-b]. Oʻrta maktab chizmachilik fanining proyeksion boʻlimi parallel proyeksiyalash va yaqqol tasvir mavzulari oʻquvchilarning fazoviy tassavurini oshirishda nazariy va amaliy ma`lumotlar berib oʻtiladi. Oʻqituvchi faqat bitta taqdimotdan foydalanib oʻtishida bazi passiv oʻquvchilarga oʻzlashtirolmay mavzuga tushunmaydi. Dars mavzusini noananaviy tarzda oʻtish axborot texnologiyalardan foydalangan holda qisqa muddatda yetkazish oʻqituvchining mahoratiga bog`liq albatta. Kompyuter dasturlardan unumli foydalanib, darsni mustahkamlash uchun oʻyinli texnologiyalar qoʻllash mumkin. Chizmachilik fani mavzularida axborot texnologiyasidan foydalanib oʻtish kompyuter grafik dasturlaridan biri AutoCAD grafik dasturidir. Bu dasturdan foydalanib detal koʻrinishlari berilgan boʻlib, uning yaqol tasviri modellashtiriladi (1- shakl). 1-shakl Yaqqol tasvirni modellashtirishda . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling