Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- OʻQITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDLANISHNI YOʻLGA QOʻYISH Abidova N.S. - Sergeli tibbiyot kolleji
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдурахимов Б. Ф., Рахмонова Г. С. Развитие учебно-исследовательского веб-портала по изучению климатических особенностей центрально-азиатского региона. ВЫСШАЯ ШКОЛА Научно-практический журнал №5 / 2017. [79-82]. 2. Гордов Е.П., Фазлиев А.З., «Научные информационные ресурсы для поддержки исследований об атмосфере в сети Интернет», Вычислительные технологии, Новосибирск – 2004 г. 3. https://www.mi.uni-hamburg.de/en/arbeitsgruppen/theoretische- meteorologie/modelle/plasim.html 4. Fraedrich K., Jansen H., Kirk E., Luksch U., Lunkeit F. Planet Simulator: Towards a user friendly model – MeteorologischeZeitschrift, 2005, vol.14, №3, [299-304]. OʻQITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDLANISHNI YOʻLGA QOʻYISH Abidova N.S. - Sergeli tibbiyot kolleji Mustaqillikka erishgach, ta'limda, umuman, barcha jabhalarda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, hech qanday to‘siqlarsiz axborot izlash, olish, tekshirish, uzatish hamda axborotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qator 259 chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Ushbu chora-tadbirlarning uzluksiz amalga oshirilib borilishi O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar bilan kafolatlangan. Globallashuv jarayoni ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dan keng foydalanishni talab etadi. O‘qitishning zamonaviy usullari va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarning qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun ham axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, o‘zini - o‘zi boshqarish, yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi. Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi. Axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi bilan “Inson va kompyuter” muammosi markaziy muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ta'lim jarayoni - axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish jarayonidir. Bu jarayonning to‘g‘ri, maqsadli tamonga qaratilgan yo‘nalish, imkoniyatlarini topishga to‘g‘ri keladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish orqali axborotlarni qayta ishlash ta'lim samaradorligining muhim omillaridan biri bo‘lib qoldi. Yurtimizda barcha tarmoqlar kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ham jadallik bilan rivojlanib borishi pedagoglar oldiga yangidan – yangi vazifalarni yuklamoqda. Ushbu tarmoqni yetuk malakali kadrlar bilan ta'minlash zamon talabi bo‘lib, talimda axborot texnalogiyalarini qo‘llash pedagogdan quyidagilarni bilishni talab qiladi: - axborotdan jarayon sifatida bilim olish va ijod qilish; - fan-texnika va madaniyatdagi axborot va kreativ jarayonlar; - axborotda jamiyatni rivojlantirish muammolari; - sun'iy intellektning axborot tizimlari va bilim berish usullari; - axborotlashning texnik vositalari va telekommunikatsiya vositalari; - o‘quv materiallari haqida axborotli ma'lumot tizimini bilish va qo‘llay olish; - universal va muammoli-masofali axborot texnologiyalarini amalga oshirishning dasturiy vositalari haqida tasavvurga ega texnologiyalarni; - axborotni modellashtirish asoslari; - o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirish tizimi; - global internet kompyuter tarmog‘idan foydalanish; - o‘quv jarayonida amaliy dastur paketlarini qo‘llash; - o‘quv jarayonida elektron pochtadan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish. 260 - diskka yozilishi mo‘ljallangan o‘quv predmeti strukturasi, mazmunini ishlab chiqish. - mustaqil ishlash, o‘zlashtirish va mustahkamlash uchun savollar to‘plamini ishlab chiqish. - bilimni sinash uchun test savollarini tuzish, sinov va imtihonlarni o‘tkazish. - materialni chuqur o‘rganish uchun manbalar ro‘yxati, adabiyotlar katalogi, ijodiy ishlar mavzularini ishlab chiqish. telekonferensiyalar uyushtirish, faol muhokamani tashkil etish, referat, mustaqil ishlar uchun mavzular ro‘yxatini tayyorlash. - o‘quv mashqlarini bajarish, ketma-ketligini nazorat qilish va baholash shakllarini aniklash. - o‘qitish natijalarini tahlil qilish va takomillashtirish bo‘yicha taklif berish. - nazorat ishlarini o‘tkazish. Ta'kidlash joizki, ta'lim va tarbiya elektron resurslar pedagoglar imkoniyatlarini oshiruvchi vosita bo‘lib xizmat kiladi, lekin ular pedagog o‘rnini bosa olmasligi tabiiy. Kompyuter va kishilarning birgalikdagi faoliyatida kishilar ehtiyoji o‘z aksini topadi. Bunda ushbu jarayonning boshqaruvchisi bo‘lgan pedagog ta'lim oluvchi maqsadlarini ma'lum bir asosda yo‘naltirib boradi. Birgalikdagi faoliyat va muloqot ijtimoiy nazorat sharoitida ro‘y beradi. Bu jarayon esa ta'lim oluvchi va kompyuter o‘rtasida o‘zgacha tarzda namoyon bo‘ladi. Bunda o‘qituvchi o‘z vazifalarining bir qismini kompyuter zimmasiga yuklaydi, ammo, boshqaruvchilik rolini o‘zida saqlab qoladi. “Teskari aloqa” turlarini ham belgilab boradi. Ya'ni kompyuterda natijalarning qayd qilib borilishi, nazoratlarning olib borilishi va shu asosda o‘quvchilarning bilimini nazorat qilib borishi kabilar. Shunday qilib, kompyuter vositalari yordamida olib boriladigan dars an'anaviy darsdan o‘quv jarayonini tashkil etish va unda ishlatiladigan metodlar bilan ham farqlanadi. O‘qish jarayoni o‘quvchining mustaqil bilim olishiga asoslanadi. Bu tamoyil o‘qitish jarayonida ishtirok etuvchi sub'ektlarning munosabatini va o‘qituvchining jarayondagi rolini aniqlaydi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling