Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
5297 253 Информатика (респ-ка)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahmonova Gulhayo Saidjon qizi
- Kalit soʻzlar
Список литературы:
1. http.//intelmath.narod.ru/kangaroo-problems_1_5.html 2. www.Imo-official.org 3. http.//math.ru/lib/92 4. http.//festival/1september.ru ZAMONAVIY INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA IQLIMIY MA’LUMOTLAR BILAN ISHLASH USULI Abdurahimov Baxtiyor Fayziyevich - Fizika-matematika fanlari doktori, OʻzMU amaliy matematika va axborot tahlili kafedrasi professori, Rahmonova Gulhayo Saidjon qizi - OʻzMU magistranti Annotatsiya: zamonaviy iqlim metodi asosida iqlimning 4 asosiy xarakteristikasi (temperatura, shamol, namlik va bulutlik) boʻyicha oʻzgarishini aniqlash. Ma’lumotlarni animatsiya yordamida tahlil qilish. Kalit soʻzlar: iqlim, iqlimning global modeli, grafik karta, animatsion tahlil, vizuallashtirish. Zamonaviy iqlim metodi asosan matematik modellashtirish metodlari yordamiga tayanadi. Iqlimning global modeli [1,4] asosan toʻliq tizimda gidrotermodinamika tenglamalarini yechadi. Model orqali temperatura, shamol, namlik va bulutlik butun yer sharida yerdan to stratosferagacha boʻlgan hududda 256 aniqlanadi. Model asosiy xarakteristikalarni (temperatura, shamol, namlik va bulutlik) istalgan oniy vaqtda aniqlab berishi mumkin [3]. 1-rasm. Planet Simulator iqlim modeli ishlashi Ushbu model orqali oʻrtacha muddat 100 yilga modellashtirsak biz natija sifatida juda kata raqamlar bazasiga ega boʻlamiz. 2-rasm. Planet Simulator iqlim modeli orqali olingan ma’lumotlar Ma’lumki, buni tahlil qilish mushkul. Uzundan uzoq sonlarni har bir oniy vaqtda grafik kartaga muhrlasak, tahlil qilish osonlashadi, lekin bunda ham kartalar miqdori koʻp boʻlib, muammoga yechim boʻla olmaydi. 257 3-rasm. Har bir vaqt uchun Grafik karta Biz bir qarashdayoq koʻplab ma’lumotlarni qabul qiladigan namoyish turi bu – animatsiya. Animatsiya – ma’lumotlarning film koʻrinishida namoyish etilishidir. Bunday film asosan xulosa chiqarishda juda qulay, vaqt boʻyicha olingan asosiy parametrlarning oʻzgarish dinamikasini yaqqol koʻrish mimkin. 4-rasm. Grafik kartalardan Pinnacle Studio dasturida animatsion film yaratish Qisqacha qilib aytganda bizda hozirda bajarilgan va rejalashtirilagn vazifalar tartibi quyidagilar: 258 1. Model orqali olingan asosiy parametr temperatura, shamol, namlik va bulutlik maydonlarida hosil qilingan ma’lumotlarni tartibga solish[2]. 2. Tartiblangan parametrlardagi ma’lumotlarni visual grafik kartaga oʻtkazish. 3. Pinnacle Studio animatsion texnologiya dasturi orqali kartadagi ma’lumotlardan foydalanib, animatsiya yaratish. 5-rasm. Yaratilgan animatsion film Xulosa: Taklif qilingan animatsiya metodi ba’zi kamchiliklarga ega (grafik kartalar almashinuvi oʻrtasida ba’zan uzilishlar mavjud). Kelgusida vazifamiz bu nuqsonni bartaraf etishdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling