317
“uchburchak” va ularning elementlarini chizishdan boshlab oʻrgatiladi.
Albatta bu
tushunchalar alohida – alohida emas, balki biror bir uygʻunlikda bir – birlariga bogʻliq
holda oʻrganiladi. Bu oʻrganishlarda aniq bir
maqsadga qaratilgal vazifalar, ya’ni
geometrik masalalar muhim ahamiyatga ega.
Geometrik masalalar ma’lum bir shartlar asosida
qaralayotgan geometrik
ob’ektga tegishli boʻlgan geometrik kattaliklarni aniqlashga qaratilgan boʻladi.
Geometriya fanini oʻrganish davrida oʻquvchilarga masalalar turli xil usullarda va har
xil darajadagi murakkabliklarda beriladi. Shuningdek, masalani yechishning ham har
xil usullari talab qilinadi.
Biz umumta’lim
maktablari, akademik litsey va kasb –
hunar kollejlari
geometriya faniga oid masalalarni qoʻyilish usuliga qarab quyidagi uch tipga ajratdik.
1. Mazmuniy masalalar.
Bunda masalada qaralayotgan geometric ob’ektlar
mohiyati ham,
talab
qilinayotgan vazifa ham soʻzlarda bayon etiladi. Oʻquvchidan esa bu soʻzlar
mazmuniga tayangan holda, geometrik shaklni tasavvur qilishi, chizishi va vazifani hal
qilishi talab etiladi.
2. Mantiqiy masalalar.
Bunda geometrik masalaga oid aniq mantiqiy fikrlar berilib, boshqa bir fikrning
toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekani mantiqan koʻrsatiladi. Ba’zan
bunday masalalarni hal
qilishda oʻquvchi faqat tasavvur qilishining oʻzi yetarli boʻlib,
geometrik shakldan
foydalanishga zarurat boʻlmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: