Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet177/217
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817381
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   217
Bog'liq
5297 253 Информатика (респ-ка)

3. Tasvirli masalalar.
Tasvirli masalalarda geometrik shakl masalaning asosiy qismi boʻlib xizmat 
qiladi. Oʻquvchi esa shakl(tasvir)ga qarab talab qilingan vazifani hal qilishi zarur. 
Umumta’lim maktablarida dastlab geometrik tushunchalar boshlangʻich 
sinflardayoq tasvir koʻrinishida tushuntiriladi. Umumta’lim maktabining 3 – sinfida 
oʻquvchilar berilgan tasvirga qarab uchburchak, toʻgʻri toʻrtburchak, kvadrat, aylana 
kabi geometrik shakllarni farqlay oladilar, ularga doir amaliy masalalarni yechadilar.
6 – sinfda parallelepiped, kub, shar, sfera kabi geometric shakllar tasvir koʻrinishida 
berilib, oʻquvchilar ongida fazoviy tasavvur shakllanadi. Umumta’lim maktabining 7 
– sinfidan boshlab geometriya fani oʻqitiladi va geometrik tushuncha va shakllarga 
ta’rif beriladi. Mening fikrimcha geometrik tushunchalarni oʻrgatish tasvir yordamida 
berilsa va uni oʻrganishda tasvirli masalalardan foydalanish ancha sodda va qulay. 
Keltirilgan bu uch holat geometriya fanida uchraydigan masalalarning koʻp 
qismini qamrab oladigan holatlardir. Bundan tashqari ba’zi masalalarda aytib oʻtilgan 
uch holatning oʻzaro uygʻunlashishini ham koʻrishimiz mumkin. Aytilgan hollardan 
birinchisida oʻquvchi qoʻyilgan masala mohiyatidan kelib chiqib, masalaga oid shaklni 
chizish talab etiladi. Albatta masalaning bu koʻrinishda berilishi oʻquvchida geometrik 
shakllar haqida tasavvurni hosil qilishga xizmat qiladi. Bunda shakl, ya’ni tasvir 
masalani yechish uchun vosita oʻrnida ishlatiladi. Tasvirni hosil qilish uchun esa, 
oʻquvchi masalada soʻzlar bilan ifoda etilgan geometrik ob’ektlarni tasavvur etishi 
zarur. Masalaning bu holda berilishi geometriya fanining klassik usullaridan boʻlib 
qolgan. 
Ammo soʻnggi 20 yillar ichida masalaning biz uchinchi tip shaklida ajratgan 
tasvirli usuli keng rivojlanib bormoqda. Masalaning tasvirli shaklda berilishi koʻpincha 


318 
test materiallarida uchraydi, shuningdek oʻquv darsliklarida ham muvofaqiyatli 
qoʻllanib borilayotir. 
Biz umumta’lim maktablarida geometriya fanidan oʻqitib kelingan va hozirda 
oʻqitilayotgan adabiyotlar kesimida tasvirli masalalarning qoʻllanilishini tahlil qilib 
chiqdik. 
A.V. Pogorelov. Geometriya. Umumta’lim maktablari 7 – 11 sinflari uchun 
darslik. Toshkent. Oʻqiyuvchi. 1994 yil. kesimida 
№ 
Sinflar 
Berilgan jami 
masalalar soni 
Tasvirli 
masalalar soni 
Foiz 
koʻrsatkichi 

7 – sinf 
178 
16 
9% 

8 – sinf 
298 
19 
6,3% 

9 – sinf
206 
19 
9,2% 

10 – sinf 
140 
11 
7,8% 

11 – sinf
223 
21 
9,4% 
Jami: 
1045 
86 
8,2% 
№ 
Darslik sinflar kesimida 
Berilgan jami 
topshiriq va 
masalalar 
Tasvirli 
masalala
r soni 
Foiz 
koʻrsatki
chi 

A.A’zamov, B.Haydarov, E.Sariqov, 
A.Qoʻchqorov, U.Sagʻdiyev 
Geometriya. Umumta’lim 
maktablarining 7 – sinfi uchun darslik. 
Toshkent. Yangiyoʻl poligraf. 2013 yil. 
668 
187 
28% 

A.A’zamov, B.Haydarov, E.Sariqov, 
A.Qoʻchqorov, U.Sagʻdiyev 
Geometriya. Umumta’lim 
maktablarining 7 – sinfi uchun darslik. 
Toshkent. Yangiyoʻl poligraf. 2017 yil. 
838 
223 
26,6% 

N.Gʻaybullayev, A.Ortiqboyev 
Geometriya. Umumta’lim 
maktablarining 8 – sinfi uchun oʻquv 
qoʻllanma. Toshkent. Mehnat. 2002 yil 
426 
47 
11% 

A.A.Rahimqoriyev Geometriya. 
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining
8 – sinfi uchun darslik. Toshkent. 
Yangiyoʻl poligraf servis. 2010 yil 
552 
61 
11% 

A.A.Rahimqoriyev, 
M.A.Toʻxtaxoʻjayeva Geometriya. 
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining
8 – sinfi uchun darslik. Toshkent. 
Yangiyoʻl poligraf servis. 2014 yil 
666 
91 
13,6% 


319 

B.Haydarov, E.Sariqov, A.Qoʻchqorov 
Geometriya. Umumiy oʻrta ta’lim 
maktablarining 9 – sinfi uchun darslik. 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 
Toshkent. 2010 yil
526 
148 
28,1% 

B.Haydarov, E.Sariqov, A.Qoʻchqorov 
Geometriya. Umumiy oʻrta ta’lim 
maktablarining 9 – sinfi uchun darslik. 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 
Toshkent. 2014 yil
578 
130 
22,5% 
Jami: 
4254 
887 
20,8% 
Mavjud geometriya fani darsliklarining tahlili shuni koʻrsatadiki, 1994 yilda chop 
etilgan A.V. Pogorelov darsligidagi tasvirli masalalar jami masalalarning 8,2% ini 
tashkil etar ekan. Soʻnggi yillarda paydo boʻlgan geometriya fani darsliklarida esa 
tasvirli masalalar 20,8% ni tashkil etmoqda. Biz bu borada har xil mualliflar guruhlari 
tomonidan darsliklarni koʻrib chiqdik. 
Test materiallarini ham tahlil qilganimizda soʻnggi yillarda tasvirli masalalarning 
soni sezilarli darajada ortganini kuzatdik.
№ 
DTM test materiallari kesimida 
Berilgan jami 
testlar soni 
Tasvirli 
masalalar 
soni 
Foiz 
koʻrsat
kichi 

1996-2003 yillarda chiqarilgan 
axborotnoma test materiallari 
6389 
32 
0,5% 

Matematika fanidan kirish imtihonlari 
DTM test variantlari 2012 yil 
1440 

0,35% 

Matematika fanidan kirish imtihonlari 
DTM test variantlari 2013 yil 
1440 
33 
2,29% 

Matematika fanidan kirish imtihonlari 
DTM test variantlari 2014 yil 
900 
58 
6,44% 

Matematika fanidan kirish imtihonlari 
DTM test variantlari 2015 yil 
990 
37 
3,73% 

Matematika fanidan kirish imtihonlari 
DTM test variantlari 2016 yil 
900 
32 
3,5% 

Matematika fanidan abituriyent 
gazetasi materiallari 
1 – 6 
4584 
107 
2,33% 
Fikrimcha maktab darsliklarida tasvirli masalalarning paydo boʻlishi va ularning 
umumiy masalalarning beshdan bir qismini tashkil etishiga sabab ushbu omillardir: 
- Personal kompyuterlarning va tasvirni ifoda qilish imkonining jadallik bilan 
rivojlanishi; 
- Oʻquvchilarda fazoviy tasavvurning erta rivojlanish tendensiyasi borligi; 


320 
- Chizish va yasash uchun oson texnik imkonlarning paydo boʻlishi; 
- Test materiallariga tasvirli masalalarning kiritilishi. 
Meningcha soʻnggi paytlarda maktab geometriyasida juda koʻp qoʻllanilayotgan 
tasvirli masalalarni ilmiy metodik jihatdan oʻrganish va ularni yechish usullarini berish 
zarurati mavjud deb hisoblayman. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling