Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги Низомий номидаги


Download 114.64 Kb.
bet4/4
Sana19.07.2020
Hajmi114.64 Kb.
#124266
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs Ishi Ahmedova Muborak Z.M.Bobur Tarbiya(1)


Yangi mavzu:

Bobur turk va fors tillarida erkin ijod etgan. U turkcha she'rlarini to`plab, 1519- yilda Kobulda, 1528—1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzdi. Bu ikki devon o`sha joylar nomi bilan ,,Kobul devoni", ,,Hind devoni" deb ataladi. ,,Kobul devoni" topilgan emas. Bizgacha yetib kefgan sheMarining umumiy soni to`rt yuzdan ortadi. Shundan bir yuz o`n to`qqiztasi g`azal, ikki yuz o`ttiz bittasi ruboiy. Bobur she'rlarining ma'lum qismi hasbi hol xususiyatiga ega bo`lib, shoir hayotining muayyan bir lavhasi bilan bog`lairadi. Shoir she'rlarining hammasi benihoya samimiy tuyg`ular bilan yo`g`rilgan. Uning she'rlari janriga ko`ra ham xilma-xildir. Shoir tuyuq, qifa, muammo, masnaviy, fard kabi janrlarda ijod etgan.



Bobur g`azallari.

Bobur devonining katta qismi g`azallardan iborat. G`azalda, ko`pincha, ikkita markaz bo`lgan. Biri — lirik qahramonning ahvoli, ikkinchisi — ma'shuqa ta'rifi. Barcha obraz va ifodalar shu ikki markazga kelib tutashgan. Navoiy va Bobur davrida bevosita muallifning hayotiga oid tafsilotlar ham g`azalga kirib kela boshladi. G`azalning mavzu-mundarijasi kengayib bordi. Bobur ijodida hayotga qaynoq mehr aks etgan jo`shqin g`azallar ham, afsus-nadomat to`la she'rlar ham bor. Shoir goh dunyoning achchiq-chuchugini tatib ko`rgan kishi sifatida falsafiy mushohada yuritadi, odamlarni har qanday holda yaxshilik qilishga chorlaydi, goh taqdirning ayovsiz zarbalariga chiday olmay, el-yurtdan bosh olib chiqib ketmoqchi bo`ladi. Xullas, insonga xos quvonch ham, g`am ham bu g`azallarda bor. Boburning ,,Xazon yaprog`i yanglig` gul yuzung hajrida sargkardim" satri bilan boshianadigan g`azalida visol sog`inchi ifodalangan. Shoir kuz manzarasini chizadi. Bu manzara podshoh shoirning taqdiriga mos keladi. Muallifning munosabati hamda tuyg`ulari sharhi she"rdagi sog`inch va dardni, ayriliq fojiasini kuchaytirib boradi. .

Shoir umrning ayriliqda o`tayotganidan zorlanib, ,,lolarux" (lola yuzli)dan rahm qilishini iltijo etadi. Matla'da Bobur tazod san'atidan mohirona foydalanadi. Kuz ko`klamdan qanchalik uzoq bo`lsa, oshiq ham ma'shuqadan o`shanchalik yiroq. Shu bois oshiq yuzi ,,xa/on yaprog`i" singari jonsiz, qizning yuzi ,,gul" kabi yashnaydi, qahramonning ,,chehrasi zard", ma'shuqaniki ,,lolarux".

Shoir dunyoning bu yog`idan kirib, u yog`idan chiqqani, qismat kitoblarini birma-bir varaqlagani, ammo baxt yulduzi

topilmaganidan yozg`iradi. G`azal maqta'sida o`z e'tiqodidan zarra qadar qaytmagan, ochiq yiiz, ochiq ko`ngil, tanti va jolmard Bobur shaxsiyatiga xos sifatlar yorqin namoyon bo`ladi:

Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur,

Bu olamda o`zumni chun yamon-yaxshidin o`tkardim.

Oshiq uchun atrofdagilarning ta'nasi ham, maqtovi ham farqsiz. Chunki u yaxshilik bilan yomonlikni boshidan o`tkazmagan, balki o`zini yaxshi-yomondan o`tkazgan, ya'ni o`zligini saqlab qola olgan.

Shoir jahon ovorasi bo`lib yurishlarini taqdirdan ko`radi. G`azal:

Sendin bu qadar qoldi yiroq, o`lmadi Bobur,

Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur

bayti bilan tugallanadi. Buni, Bobur sendan shu qadar uzoqda yashab ham o`lmaydi ey yor. Holbuki, u sensiz allaqachon halok bo`lshi kerak edi. Sen uning bu qusur (taqsir)ini kechir, deb tushunish ham mumkin. Ayni vaqtda, ,,ul oy" ,.vatan" timsoli bilib, ota yurtdan shunchalar uzoqda yashab, o`lmagan farzanding-ni kechirgin, Vatan, tarzida ham tushunsa bo`ladi. Vatan ishtiyoqi, g`urbai iztirobi Boburga qadar hech bir shoirda bunchalik yorqin va betakror ifodalanmagan edi. She'rning o`noqi vazni mazmundagi dard va iztirobni kuchaytirib, ta'sirchanglikni oshirishga yordam bergan. Bobur -- so`zning jilvasini, tovlanish xususiyatlarini nozik his ctadigan va ijod jarayonida bundan ustalik bilan foydalana oladigan shoir. Uning ,,Yana" radifli g`azali fikrimizga dalil bo`la oladi:

She'rxon shoir nadomatlarining sababi uning ko`nglini telba qilgan xumor ko`zli jonon ekanini bilib oladi. Oshiq ishq yo`lida chekkan mashaqqatlari haqda keyingi ikki baytda yanada ozorlanib yozadi. Lekin maqta'da Boburning xulosasi tag`in umumiylik kasb etadi. U chinakamsuyukli, sherik Jonkuyar boladigan ,,yor" ,,topmagan"ligini bayon etadi va shu holga ko`nikish lozimligini asoslaydi:

Boburning ,,Yana ko`z uyida na`vo qilibsen" satri bilan boshlanadigan g`azali g`oyat sho`xchan ohangga ega. Bunda oshiqning ko`zidan uy (maVo) qilgan, ko`ngul koshonasidan joy olgan ma'shuqa an'anaviy tarzda oshiqni azoblashdan rohat qilishi tasvirlangan. Uning har bir xatti-harakati yigitga azob berishga qaratilgan:

Boburning nozik ruhiy sezimlari ,,Bul kecha kulbamga keldi ul quyoshim yoshurun" misrasi bilan boshlanadigan g`azalida yanada yaqqolroq ko`rinadi. Shoir hayotiy vaziyat bilan qahramon ruhiy holatini sabab-oqibat tarzida mutanosib tasvirlaydi. Kechqurun quyosh chiqishi mumkin emas. Lekin oshiqning quyoshi, ya'ni suyuklisi kechqurun keldi. Kechqurun bo`lgani uchun ,,yoshurun" keldiki, ochiq kelganida olam kunduzga aylanib ketgan bo`lardi. Oshiq shunchalar baxtliki, necha asrlar mobaynida bunday kechqurun qaytib kelmasa kerak deb o`ylaydi. Lekin yaxshilarga uzoq baxtiyor bo`lish buyurilmagan. Shu kungi quvonch ham kemtik:

Bobur—o`ktam shaxsiyat va buyuk iste'dod egasi. Shax-siyatidagi o`ktamlik, tafakkur parvozi, ruh erkinligi singarijihatlar uning g`azaliyotida ham yaqqol bo`y ko`rsatib turadi. Jumladan, shoirning ,,Bahor ayyomidir dag`i yigitlikning avonidur" satri bilan boshlanadigan g`azalida yigitlik shavqiga to`lgan, olamning barcha jihatlaridan go`zallik topishga, undan lazzat olishga qodir oshiq timsoli yaratilgan.

Shoir suyuklisining go`zalligini gullarning chiroyi biian yonma-yon qo`yib tasvirlaydi. She'rda sahroning yuzini loia qizartirgani singari, guizorni yor ,,chehrasi argLuvoniyVt qilgani aks ettiriladi. Eslasangiz, Atoyidan tortib, qator mumtoz shoirlarda yordan uyalgan gulning qizarishi tasvirlangan edi. Bobur ,,uyaldi" degan solzni tilga olmaydi. Lekin ,,Gahi sahni chaman gul chehrasidin arg`uvoniydur" deb yozar ekan, yor yuzining gulgunligi gullarning qizilligidan ortiq ekani va bu holdan gullar uyalishi kerakligi o`z-o`zidan anglashiJadi. G`azalning maqta'sida shoir mahorati bor bo`vi bilan ko`rinadi:

l-o`quvchi:

Sen, ey gul, qo`ymading sarkashligingni sarvdek hargiz, Ayog`inga tushub bargi xazondek muncha yolbordim

2-o`quvchi:

Latofat gulshanida gul kabi sen sabzu xurram qol,

Men archi1 dahr bog`idin xazon yaprog`idek bordim.

3-o`quvchi:

Xazondek qon yoshim, sorig` yuzimdin el tanaffurda,

Bahar rangi, bihamdilioh, ulusdin o`zni qutqordim.

4-o`quvchi:

Olg`ali jonimni hijrong`a havolaqildi yor,

Qo`yjtia hijrong`a, ajal, jonimni ol tengri uchun

5-o`quvchi:

Bobur, o`zingni o`rgatako`r, yorsizki men,

Istab jahonni muncha qilib bir yor topmadim.

6-o`quvchi:

Og`zidek tor fursati vasliyu hajri tuni,

Ul muanbar sochi yanglig` ham qorong`u, ham uzun.

7-o`quvchi:

G`aming yo'q jon agar bersam g`amingda,

o`zungni muncha beparvo qilibsen.

8-o`quvchi:

Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana,

Tiyra bo`ldi ro`zgorim ul qaro qoshtin yana.

9-o`quvchi:

Usruk ko`ziga toki ko`nguI bo`ldi mubtalo,

Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim

10-o`quvchi:

Maqdur1 boricha qiluram sa'yi visoling,

To tengrini bilmoniki, ne taqdir qilibtur

1-o`quvchi:

Ne yerda bo`lsang, ey gul, andadur chun joni Boburning, G`aribingga tarahhum' aylagilkim, andajonidur.

2-o`quvchi:

G`ofil o`lma, ey soqiy, gul chog`in g`animat tut,

Vaqti aysh erur boqiy, ol chog`ir, ketur, bot tut

3-o`quvchi:

G`urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,

Hijron bila g`urbat menga ta'sir qilibtur

4-o`quvchi:

Xushturur visoli yor, anda bo`lmasa dayyor,

Bo`lsa vasl e'tibor, davlatu saodat tut.

5-o`quvchi:

Kim ko`rubtur, ey ko`ngul ahli jahondin yaxshilig`,

Kimki ondin yaxshi yo`q, ko'z tutma ondin yaxshilig`

6-o`quvchi:

Ey ko`ngul, chun yaxshidin ko`rdung, yamonlig` asru1 ko`p, Emdi ko`z tutmoq ne, ya'ni har yamondin yaxshilig`.

7-o`quvchi:

Bori elg`a yaxshilig` qilg`ilki, mundin yaxshi yo'q,

Kim degaylar: dahr aro qoldi falondin yaxshilig`

8-o`quvchi:

Yaxshilig` ahli jahondin istama Bobur kibi,

Kim ko`rubtur, ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig`.

9-o`quvchi:

Oyog`im yetgancha Boburdek ketarerdim, netay,

Sochining savdosi tushti boshima boshtin yana.

10-o`quvchi:

Jonimdin o`zga yori vafodortopmadim,

Ko`nglumdin o`zga mahrami asror topmadim

1-o`quvchi:

Bahor ayyomidir dag`i yigitlikning avonidur',

Ketur soqiy, sharobi nobkim ishrat zamonidur.

2-o`quvchi:

G`urbatda ul oy hajri meni pir qilibtur,

Hijron bila g`urbat menga ta'sir qilibtur

Bobur g`azallari nafaqat mavzu jihatidan, balki ko`proq badiiy tarovati nuqtayi nazaridan o`ziga xos va original asarlardir. Shoirning g`azallari — hajman ixcham. Ko`pincha, besh-olti baytni tashkil etadi. To`qqiz baytdan ortiq g`azallari barmoq bilan sanarli. Bu hol tasvirning quyuq, ruhiyat ifodasining tarang, dramatizmning kuchli bo`lishiga imkon yaratadi. Shoir g`azallari oson o`qiladi, xotiraga yengil ko`chadi.

Xazon yaprog`i yanglig` gul yuzung hajrida sarg`ardim, Ko`rub, rahm aylagil. ey lolarux, bu chehrai zardim



Mustahkamlash :

1. Bobur g`azallariga xos asosiy belgilarni ajratib bering.

2. Boburning: ,,Xazon yaprog`i yanglig` gul yuzung hajrida sarg`ardim, Ko`rub, rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim" matla'li g`azaiini tahlil qiling. Undagi yetakchi ohang qaysi deb bilasiz?

3. Shu g`azal maqta'sida aytilishicha, shoirning ..ulus" ta'na-yu tavsifiga beparvoligi sababini izohlang.

4. ,,Sendin bu qadar qoldi yiroq, o`lmadi Bobur, Ma'zur tut, ey yorki, taqsir qilibtur" baytidashoirning kechirim so`rashigasababbo`lgan kamchilik nimadan iboratligi haqida to`xtaling.

Asru — juda.

Ra'd — momaqaldiroq.

Nafy qilish — yuz o`girish, rad qilish.

Tarahhum — rahm qilmoq.

Ahli dayyor — diyor ahli; bu yerda: begona ma'nosida.

Archi — carchi.

Maqdur — imkon, kuch-quvvat.

Avon — vaqt.

Sharobi nob — toza, tiniq may.



  • Arg`uvoniy — qizil.

Uyga vazifa : Bobur q`azallaridan yod olish.

II.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarida darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar orqali Zahriddin Muhammad Bobur merosini o’rganish.....................................................................................................
Sahnaga ikki boshlovchi chiqib keladi.

1- boshlovchi:

Assalomu-alaykum, hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar. Bugun biz shoh va shoir, davlat arbobi xamda buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 537 yil to‘lganligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bayram kechasiga to‘plandik.



2- boshlovchi:

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim ,

Kunglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilofgor ko‘rmadim,

Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

1- boshlovchi:

Ko‘ngli tilagan murodig’a yetsa kishi,

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,

Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,

Boshini olib bir sarig’a ketsa kishi.

Bugungi tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini maktabimiz direktori Nuraddin Sadullayevichga bersak .Marhamat



2- boshlovchi

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos munosib ta'lim - tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi.



1- boshlovchi

Bobur toj - taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab- yashnashida katta hissa qo‘shgan sevimli shoirimiz 1530 yil 26-dekabr kuni Agra shahrida olamdan o‘tdi.



2- boshlovchi

U o‘z umri davomida “Boburnoma”, “Mubayyin-al -zakot” (Zakot bayoni),”Xatti Boburi”, “Xarb ishi” kabi ko‘plab nasriy va she'riy asarlar yaratdi.


1- o‘quvchi , M.Sarvinoz

Davron meni o‘tkardi saru samondin

Ayirdi meni bir yo‘la xoni mondin.

Gah boshima toj, gah baloyi ta'na,

Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.
2- o‘quvchi Munira

Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,

Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi.

Ko‘nglim bu g‘ariblig‘da shod o‘lmadi oh,

G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.

Tole yo’g’i boshimg’a balolig’ bo’ldi,

Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi,

O’z yurtni qo’yib Hind sori yuzlandim,

Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi

.


4-o’quvchi
Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz,

Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.

Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,

Bir – birini necha kuni g’animat tutungiz.


5-o’quvchi
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,

Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor

Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.


6-o’quvchi
Sen gulsenu men haqir bulbuldirmen,

Sen shu’lasen,ul shu’lag’a men kuldirmen.

Nisbat yo’qdur,deb ijtinob aylamakim,

Shohmen elga,vale senga quldurmen



7-o’quvchi

Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,

Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,

Yaxshi kishi yomonlig’ ko’rmagay hargiz,

Ha kimki yomon bo’lsa jazo topgusidur!
8-o’quvchi
Ko’pdin berikim yor-u diyorim yo’qtur,

Bir lahza-yu, bir nafas qarorim yo’qtur.

Keldim bu sorig’a o’z ixtiyorim birla,

Lekin borarimda ixtiyorim yo’qtur.



9-o’quvchi
Bu xasta ko’ngil erdi, visoling ila xush,

Jonim ham erur sening jamoling ila xush.

Hijron g’ami garchi asm noxushdir,

Fikring bila shodman, xayoling bila xush

Sarvinozim qo’shig’iga raqsi
1- boshlovchi:

Bobur Hindistonda shoh bo‘lsada, bir umr Vatanim, uning tuprog‘ini bag‘rikeng odamlarini sog‘inib yashadi.

2- boshlovchi:

U o‘zga yurt toji taxtidan Vataning bir siqim tuprog‘ini afzal deb bildi. Shoir g‘azallarida, ruboiylarida armonga aylangan Vatan sog‘inchini his etamiz.

(Maktab o‘quvchilari tomonidan kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi.)
Mayin musiqa yangraydi.

Bobur taxtda o‘tiribdi. Atrofdagi uch-to‘rt mulozimlari bilan mamlakatdagi siyosiy axvol, soliqlar to‘g‘risida suhbatlashmoqda. Shunda soqchi kelib bir kishi Boburning huzuriga kirish uchun izn so‘rayotganini aytadi.

Bobur: -Ruxsat, huzurimga olib kelingiz. (Notanish kishi qo‘lida qovun bilan kirib keladi va ta'zim qiladi.)
Kishi: Assalomu alaykum, hazratim. (Ta'zim keltiradi.) Men savdogarman. Sizning huzuringizga kelishimdan maqsad Andijondan keltirilgan qovundan olib keldim. Ona yurtimizdan olib kelingan bu ne'matdan totib ko‘ring, hazratim. Zora sog‘inchingizga
malham bo‘lsa. (Bobur sekin taxtdan tushib kelib titroq qo‘llari bilan qovunni oladi. Uni uzoq hidlab yuz-ko‘zlariga surtadi va o‘ta g‘amgin holda gapiradi.)

Bobur: Rahmat, sizga. Vatanimning xush bo‘ylarini olib kelgan bu qovunda Andijon shamoli-yu, musaffo havosini, tabarruk tuprog‘ining isini, beqiyos ekinzorlarining go‘zalligini, bolaligim o‘tgan go‘zal vodiylar manzarasi, dilkash xalqimning nafasini, ota-onam mehrini tuydim. Kindik qonim to‘kilgan Vatan -mening beshigim, sog‘inchim va tuganmas armonlarimdir.

Tole yo‘qki jonimga balolig‘ bo‘ldi,

Har ishniki ayladim, xatoliq bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,

Yo, rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

Samarqandning go’zali qo’shig’i
2-boshlovchi:Endi navbatni buyuk mutafakkirlarning Zahiriddin Muhammad Bobur haqidagi fikrlariga qaratsak .Marhamat.
Javohirlal Neru, Rajiv Gandi,Erskin,Holden,Veselovskiy

Ozodbek Nazarbekovning Sev qo’shig’i
1-boshlovchi:Adabiyot kechasini bahru-baytsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Shunday ekan keling -hozir navbatni 4-g sinf o’quvchilari yod olingan Bobur ijodidan sarangan g’azallar,ruboiylar va tuyuqlardan tinglasak.Marhamat
Yaxshilig’ “ g’azali ,”Qoldimu?”g’azali, “Topmadim”, “Xazon yaprog’i yanglig’ ”g’azali ,”Topmasman”g’azali,“Lola “g’azali
1-o‘quvchi Anora

Tishing dur, labing marjon, xading gul, xating rayhon,

Yuzung hur, soching anbar, so'zung mul, menging meynon.

Meynon menging, so'zing mul, anbar soching, yuzung hur,

Rayhon xating, xading gul, marjon labing, tishing dur.
2-o’quvchi Shahnoza

Tafohur ko'zum, ko'nglum qilurlar magar bordur,

Ko'zunga ko'ngul vola, yuzunga ko'zum hayron.

Hayron ko'zum yuzunga, vola ko'ngul ko'zunga,

Bordur magar, qilurlar ko'nglum, ko'zum tafohur.

3- o’quvchi

Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,


Pariydek seni ko'rdum emassen magar inson.

Inson magar emassen, ko'rdum seni pariydek,

Misling sening topilmas qilsam necha tafakkur.

4-Behruz

Balodur manga hajring, davodur manga vasling,

Itobing manga ofat, hadising manga darmon.

Darmon manga hadising, ofat manga itobing,

Vasling manda davodur, hajring manga balodur.

5-Sayyora

Chu Bobur sanga quldur, nazar qil anga zinhor,

Topilmas yana bir qul aningdek sanga, ey jon.

Ey jon sanga aningdek, bir qul yana topilmas,

Zinhor anga nazar qil, quldur sanga chu Bobur

6-Ro’zaxon

Har ishda shitob qilmagaysan,

Bu demak murodga yetmagaysan.

7 Shoira o‘quvchi

Kishi yuz so‘z birla ko‘nglin olur.

Birovnikim birovdin ko‘ngil qolur,

5- o‘quvchi

Necha nafing‘a bo‘lursan tobe,

Necha umringni qilursan zoye.


O’ynayli qo’shig’i raqsi (Sanjarbek,Jasurbek,Behruzbek,Gulruhsor)



Anjanchasiga qo’shig’iga yigitlar raqs

1-boshlovchi: Buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Bobur she'riyati o‘zining nodir va badiiy qimmati bilan ham adabiyotimizda katta o‘rin egallagan.

2-boshlovchi: Ha, Bobur iymoni butun inson bo‘lgan, ana shu e'tiqod, uning o‘z iqroriga ko‘ra, uni doimo turli balo-qazolardan muhofaza qilgan.

Dunyoning tilagi, samari ham biz,

Aql ko‘zin qarosi, javxari ham biz.

To‘garak jahonni uzuk deb bilsak

Shaksiz, uning ko‘zi, gavhari ham biz.

Ozodbek Nazarbekning” Shaydo qilibsen”g’azali

1- boshlovchi: Mumtoz adabiyotimiz, tarixiy asarlarimizni mutolaa qilishdan maqsadimiz undagi zarra-zarra ganjinlarni bugungi yoshlarimiz ongiga yetkazib, hayotda to‘g‘ri, jamiyat uchun manfaatli yo‘lga kirishlariga ko‘maklashishdir.

Hurmatli mehmonlar, aziz o‘quvchilar bugungi kechamizni Zahiriddin Muhammad Boburning so‘zlari bilan yakunlasak.

Unda kishi umrini mazmunli, barakali, o‘zidan keyin dog‘ va malomat qoldirmasdan yashashi, bu zaminda yashashdan maqsad, odamlarni ezgulikka yetaklash garovi bor. Unga amal qilish hammamizga nasib etsin:

Bormu erkin hech nima olamda hijrondin yamon.

Har nekim ondin yamonroqdur,

budur ondin yamon.



2-boshlovchi: Tadbirimiz so’ngida yana so’z navbatini maktabimiz direktori Nuriddin Sa’dullayevichga bersak


Xulosa
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, “Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib qoʻshildi.

“Boburnoma” – adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda oʻz davridagi koʻplab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning koʻplab togʻlari, daryolari, oʻrmon va choʻllari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy ahvoli haqidagi maʼlumotlar jamlangan.


“Boburnoma” – oʻzbek nasrining goʻzal namunasi. Ungacha Yusuf xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” asari muqaddimasida, Rabgʻuziy ijodida nasr namunalari uchrar edi. Alisher Navoiy uni yuqori pogʻonaga olib chiqdi. Biroq “Boburnoma” bu borada oʻzbek nasrining oʻziga xos kashfiyoti sifatida yuz koʻrsatdi.

Tarixning shohidlik berishicha, insoniyat tarixida yuksak iz qoldirgan, kеyingi avlodlarga o`zining jamiyatdagi mavqеi, ilmiy, badiiy mеrosi bilan ibrat namunasi bo`la oladigan shaxslar dunyoga juda kam kеladi. XV- XVI asr uzbеk xalqi, adabiyoti, ma'naviyati tarixida Alishеr Navoiy va Zahiriddin Muhammad Mirzo Boburni bеmalol ana shunday shaxslar qatoriga kiritish mumkin.

Zahiriddin Muhammad Bobur umrining o`zi avlodlarga ibrat namunasidir. U 47 yoshli qisqa, ammo ijodiy barakali, barkamol hayotida yuz yil yashab ham uddalab bo`lmaydigan ishlarni ado etdi.

Bobur o`z davrining shoh va shoirligidan tashqari, ulkan tarixchisi, etnografi, o`lkashunosi, biolog, gеograf, dinshunos olimi sifatida ham dovruq topgan. Shariat ahkomlarini mukammal bilgan va bu borada ham risola yozgan. Arab alifbosining murakkab, o`rganish og’ir bo`lganligi bois, yangi «Xatti Boburiy» alifbosini yaratgan. Davlatchilikda vaqt mе'yorlarini qayta ishlab chiqqan, pochta tizimiga qulay tarzda tartib bеrgan va yana qanchadan-qancha islohotlarni amalga oshirgan. Borgan yеrida obodonchilik, bog’-rog’ barpo etgan, Movarounnahr siviliza- siyasini Sharqda tarqatgan buyuk shaxsdir.

Bobur buyuk podshoh, bobosi Amir Tеmurning munosib vorisi sifatida uning saltanatini barcha o`ziga tеgishli hududlarda qayta tiklash, yuksak saltanatni dovruqsiz, manmanlikka bеrilmay barpo etish va davlatchilik ishlarini amalga oshirishni umr maqsadi etdi. U mohir sarkarda sifatida eng og’ir bo`lgan davrlari: qarindosh-urug`lari, bеk va safdoshlari chap bеrib, bundan taxtni olishga intilib, nochor qolgan holida ham maqsad sari intildi. Boburning bu xislati, kеlajakka umid bilan qarashi bugun ham ibrat namunasi bo`lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Vohidov R., Eshonqulov H. O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi. -Toshkent: Yangi asr, 2006.

2. Valixo’jaev B., Tohirov Q. O`zbek adabiyoti tarixi. XVI asr. – Sam.: SamDU nashri, 2002.

3. Abdug’afurov A. Bobur she’riyati. Bobur. Devon. –T.: Fan, 1994, 3-14 –betlar.



4. Adizova I. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. (XVI-XIXasr I yarmi) -Toshkent, Fan, 2006. -240 b.

5. Zahiriddin Muhammad Bobur. Devon. -T.: Fan, 1994.
Download 114.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling