Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўрта махсус, касб-ҳунар таълими маркази


Download 4.59 Mb.
bet30/135
Sana21.11.2023
Hajmi4.59 Mb.
#1792145
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135
Bog'liq
B majmua

Darsning jihozlari: Sinf doskasi va bo’r, darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, ko’rgazmali stendlar, ko’rgazmali qurollar, izohli lug’atlar, muammoli toshiriqlar majmuasi, testlar, tarqatma materiallar va kartochkalar.
Darsda qo’llaniladigan usullar: Tarmoqlar texnologiyasi, umumlashtirish va sistemalashtirish darsi
Mashg’ulotning xronologik xaritasi va darsning borishi:
Tashkiliy qism (5 minut): dars xonasining darsga tayorligini va sanitariya holatini kuzatish, davomatni qayd etish va o’quvchilarning darsga ruhan tayyorligini tekshirish.
Kirish qismi (Motivatsiya) o’tilgan mavzuni mustahkamlash (20 minut): O'qituvchi jurnalga yo'qlama qiladi va yangi mavzuni doskaga yozib qo'yadi hamda mavzuni tushuntirishda qaysi metoddan foydalanish to'g'risida qisqacha aytib o'tadi. O'tilgan mavzuni o'zlashtirganliklarini tekshirish uchun o'quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib so`raydi
Yangi mavzu bayoni (45 minut)
Gaz yoqilg’isi xavfsiz va tejamkorligi bilan ishlatilishi uchun quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Minimal issiqlik berish qobiliyati 15000 – 16000 kJ/m3;
Kichik issiqlik berish qobiliyatiga ega bo’lgan gazlarni uzoq masofalarga uzatish iqtisod tarafdan o’zini oqlamaydi.
2. Gaz doimiy issiqlik berish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak, chunki har qanday yondirgich ma’lum issiqlik berish qobiliyatiga ega bo’lgan gazga mo’ljallab hisoblanadi. Agar issiqlik berish qobiliyati keskin kamaysa yoki ko’paysa, qozon va pechlarda texnologik jarayon buziladi va sifatsiz maxsulot ishlab chiqarishga olib keladi. Gazning issiqlik berish qobiliyatining o’zgarishi 5%dan oshmasligi kerak.
3. Gazning tarkibidagi kislorodning miqdori 1%dan kam bo’lishi kerak. Chunki gaz quvurlarini korroziyaga olib keladi. Bundan tashqari kislorod miqdori ko’p bo’lsa portlovchi gaz – havo aralashmasi hosil bo’lishi va quvurlarda portlashga olib borishi mumkin.
4. Gaz maxsus hidga ega bo’lishi kerak. Xonada tabiiy gazning miqdori 1%, yoki suyultirilgan gazning miqdori 0,5% bo’lganda gaz borligi sezilishi kerak, ya’ni metan gazining quyi portlash chegarasining 1/5 qismiga yetganda yoki 1% bo’lganda xonada gaz borligi sezilishi kerak.
5. Gazdagi zaharli va zararli qo’shimchalarni miqdori quyidagilardan oshmasligi kerak: vodorod sulfidi 100 m3 tabiiy gazda 2 gr, yoki 2%, suyultirilgan gazda esa 100 m3 gazda 5gr. Sioniy birikmalarining miqdori 5 gr/100 m3 dan oshmasligi kerak.
Zararli moddalar.
Naftalin. Bu quvur ichki devorlariga yopisha borib, uning kesimini kichraytiradi va gaz quvurini o’tkazish qobiliyatini pasaytiradi. Shuning uchun uning miqdori yozda 10 gr/100 m3, qishda 5 gr/100 m3 dan oshmasligi kerak.
Ammiak. Gaz quvurini korroziyaga olib boradi hamda zaharli moddalar ajrab chiqaradi, uning miqdori 2 gr/100 m3 dan oshmasligi kerak.
Karbonat angidrid (CO2). Zararsiz modda, lekin u yonmaydi, gazda ma’lum xajmni egallab, uning issiqlik berish qobiliyatini pasaytiradi. Shuning uchun miqdori 2% dan oshmasligi kreak.

Download 4.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling